5-BOB. CHIQINDI GAZLARNI ABSORBSION
TOZALASH USULLARI
5.1. Atmosfera havosini zaharli
gazlardan tozalash usullari
Atmosfera havosini zaharli gazlardan
tozalash jarayoni asosan
gazlarni suyuqlik va qattiq jism chegara sirtlarida boruvchi kimyoviy
t>‘zgarishlar hisobiga olib boriladi. Zaharli gaz moddalarining fizik-
kimyoviy xossalaridan kelib chiqib ulami tozalash uchun ajratib olishda
aksariyat hollarda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
1
) absorbsiya \ regenerat;v
USullar
2
) adsorbsiya /
3) katalitik \
,,
4
) termik >
regenerativ usullar
Absorbsiya va adsorbsiya usullaming afzalligi shundan iboratki,
ular
gazlarni ajratib olib, qaytadan foydalanish (rekuperatsiya qilish)
imkonim beradilar. Shuning uchun ular regenerativ usullar deb ham
ataladi.
Katalitik va termik usullari esa zaharli gazlar murakkab aralashma
holida boiganda va ular tarkibiga kirgan gazlar o‘ta zaharli bo'lib,
xalq xo‘jaligida ushbu gazlarga ehtiyoj yo‘q bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Bu usullar gazlar strukturasini parchalash
hisobiga ulaming zaharlilik
darajasini kamaytiradi, murakkab birikmalarni oddiy modda holigacha
parchalaydi. Shuning uchun ushbu usullami destruktiv usullar deb
ataladi.
Suyuqlikda gaz yoki suyuqlik bug‘lari tanlab yutilishi jarayoniga —
absorbsiya deb ataladi. Absorbsiya usuli bilan havoni zaharli gazlardan
tozalash suyuqlik-gaz chegara sirtida boruvchi
diffuzion jarayonlar
hisobiga gaz moddasi gaz fazasidan suyuqlik fazasiga o ‘tishiga
asoslangan.
Gazlarni absorbsion tozalash usullari quyidagi belgilari bo‘yicha
ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: