S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

159


Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar
1. Termik fosfor kislotasi ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash.
2. Fosfatli xomashyodan kompleks foydalartish.
3. Kaliyli o ‘g ‘it ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash.
4. Kalsinirlangan soda ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash.
Tayanch so‘z va iboralar
Oltingugurtli kolchedan, oltingugurt, temir, pirit kuyindilar, 
aglyumeratsiya, pigment, sariq oxra, selen, fosforli o‘g‘it, fosfatli xomashyo, 
fosfogips, sement, ammoniy sulfat, uchkalsiy fosfat, quyqani utilizatsiyalash, 
ft or, kaliyli silvinit, gallit chiqindilar, kalsinirlangan soda, dietilar quyqasi.
160


Ю -ВОВ. ORGANIK M ODDALAR УА M AHSULOTLAR
ISHLAB CH IQA RISH CH IQ INDILARINI QAYTA
ISH L A SH
10.1. Neft kimyosi va neftni qayta ishlash korxonalari
chiqindilarini qayta ishlash
Asosiy organik m oddalar aksariyat hollarda yonuvchi foydali 
qazilmalari va yog‘ochdan olinadi. Eng ko‘p qattiq chiqindilari neftni 
qayta ishlash, koks kimyosi, neft va organik sintez jarayonlarida, rezina
— texnik mahsulotlari, plastmassa va boshqa polimer moddalari ishlab 
chiqarishda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari yana foydalanish natijasida 
ham plastmassa, avtomobil g‘ildiraklari kabi bir qancha tur chiqindilari 
ham hosil bo‘ladi.
Neft kimyosi va neftni qayta ishlash sanoatining asosiy qattiq 
chiqindisi nordon gudron bo‘lib, u bir qator neft mahsulotlarini (yog‘lar, 
parafinlar, kerosin — gazoylli fraksiyalar) sulfat kislotasi bilan yuvishda 
va sulfanatli moddalar, sun’iy yuvuvchi vositalar, flotoreagentlar ishlab 
chiqarish jarayonida hosil bo‘ladi. Nordon gudronlar yuqori qovushqoq 
smola shaklida bo‘lib, uning tarkibida asosan sulfat kislotasi, suv va 
turli organik moddalar bor. Organik moddalar miqdori 10% dan 93% 
gacha bo‘ladi. Ushbu hosil bo‘lgan nordon gudronlar hajmi juda kattadir 
va ularning 25% gina foydalanadi. Qolgan qismi yig‘uvchi hovuz va 
omborlarda to‘planib qolayapti.
Asosiy moddaning miqdoriga binoan kislotali gudronlar odatda 
ikki turga bo‘linadi:
1. Tarkibida kislotasi ko‘p boigan (1,50% monogidrat).
2. Tarkibida organik moddalari ko‘p bo‘lgan (1,50%).
N ordon gudronning tarkibiga qarab uning qo‘llanish sohasi
aniqlanadi. Ular ammoniy sulfatga qayta aylantirib olinishi, yoqilg‘i 
sifatida foydalanishi (bevosita yoki kislotasi yuvib olingandan so‘ng) 
yoki neft mahsulotlarini tozalovchi reagent shaklida qoilanilishi 
mumkin. Ammo nordon gudron asosida am m oniy sulfat olish 
texnologiyasining murakkabligi va u bilan ta’minlashning cheklanganligi, 
shuningdek, nordon gudronlardan yoqilg‘i va tozalovchi agent sifatida 
foydalanish jarayonida ularni tozalash uchun katta xarajat kerakligi 
ushbu jarayonlar sanoatda keng qoilanilishi uchun to ‘siq bo‘layapti.
Nordon gudronga ulardan oltingugurt (IV) — oksidini, yuqori 
oltingugurtli koksni, bitumni va boshqa mahsulotlarni olish uchun
161


qayta ishlab berish ancha istiqbollidir. Nordon gudronlardan oltingugurt 
(IV) — oksidini olish maqsadida juda ko‘p miqdorda hosil bo‘ladigan 
ishlatib bo‘lingan sulfat kislotasidan iborat eritmalar (350 ming t/yiliga) 
qo‘shimcha shaklida qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan aralashmani bir joydan 
ikkinchi joyga olib borish va purkash ancha osondir. Aralashma 800— 
1200°C da yoqish pechlarda termik parchalanadi. Bunday sharoitda 
organik moddalar to‘liq yonib, oltingugurt (IV) — oksidi hosil bo‘ladi. 
Bir qancha davlatlarda mana shu texnologiya bilan ishlaydigan quwati 
700—800 t/sut. moslamalar mavjuddir. Nordon bitumning organik qismi 
tarkibiga oltingugurtli birikmalar, smolalar, qattiq asfalt shaklidagi 
moddalar — asfaltenlar, karbenlar, karbondlar va boshqa komponentlar 
kirganligi tufayli ulardan yo‘l qurilishi materiali sifatida qo‘llaniladigan 
bitum olish mumkindir.
Nordon gudronlar qizdirilganda uning tarkibida bor bo'lgan sulfat 
birikmalar va erkin sulfat kislotasi parchalanadi va organik qismini 
oksidlashi hisobiga tarkibida ko‘p miqdorda karbondlar bor bo'lgan 
zichlangan geterogen massa hosil bo'lishiga olib keladi. Gomogen butun 
massasini hosil qilish maqsadida nordon gudronlarni to ‘g‘ri haydab 
olingan gudronlar (neft yoqilg‘isi va yog‘li fraksiyalarni haydab 
olingandan keyin hosil bo'ladigan smola holatidagi massa) bilan 
aralashmasiga qayta ishlov beriladi, bunda zichlashtirish reaksiyalari 
(oltingugurtli birikmalar parchalanishini hisobiga hosil bo‘layotgan erkin 
radikallar va oksidlovchining konsentratsiyasi kamayishi hisobiga) 
smolalar va asfaltenlar hosil qilish yo‘li bilan ancha sayoz holda boradi.
Ushbu jarayonning oddiy texnologik sxemasi 62-rasmda keltirilgan.
Nordon gudronlar 160-350°C da oson parchalanib oltingugurt (IV) 
oksidi va yuqori oltingugurtli koksni hosil qilishi tufayli ulardan sanoatda 
foydalaniladi.
Sanoatda ayniqsa nordon gudronlarni koksli issiqlik eltuvchilarda 
past tem peraturada parchalash m oslam alari keng qo'llaniladi. 
Shuningdek, nordon gudronlar bilan birga bu moslamalarda naftenli 
qoldiqlar va organik m oddalarga boy nordon gudronlar bilan 
aralashtirilgan. Ishlatib bo‘lingan sulfat kislotasi eritmasini ham parchalash 
mumkin. 63-rasmda ana shunday sxemalardan biri keltirilgan.
Boshlang‘ich ashyo — kislotaliligi 50% bo‘lgan aralashmani tayyorlash 
maqsadida 1,2 sovitgich va nasoslardan iborat tizimda nordon gudron 
va ishlatib bo‘lgan sulfat kislotasi aralashtiriladi. Agar H 2S 0 4 50% 
bo‘lgandagina nordon gudron reaksiyasi kirishish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin