Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar
1. Termik fosfor kislotasi ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash.
2. Fosfatli xomashyodan kompleks foydalartish.
3. Kaliyli o ‘g ‘it ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash.
4. Kalsinirlangan soda ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash.
Tayanch so‘z va iboralar
Oltingugurtli kolchedan, oltingugurt, temir, pirit kuyindilar,
aglyumeratsiya, pigment, sariq oxra, selen, fosforli o‘g‘it, fosfatli xomashyo,
fosfogips, sement, ammoniy sulfat, uchkalsiy fosfat, quyqani utilizatsiyalash,
ft or, kaliyli silvinit, gallit chiqindilar, kalsinirlangan soda, dietilar quyqasi.
160
Ю -ВОВ. ORGANIK M ODDALAR УА M AHSULOTLAR
ISHLAB CH IQA RISH CH IQ INDILARINI QAYTA
ISH L A SH
10.1. Neft kimyosi va neftni qayta ishlash korxonalari
chiqindilarini qayta ishlash
Asosiy organik m oddalar aksariyat hollarda yonuvchi foydali
qazilmalari va yog‘ochdan olinadi. Eng ko‘p qattiq chiqindilari neftni
qayta ishlash, koks kimyosi, neft va organik sintez jarayonlarida, rezina
— texnik mahsulotlari, plastmassa va boshqa polimer moddalari ishlab
chiqarishda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari yana foydalanish natijasida
ham plastmassa, avtomobil g‘ildiraklari kabi
bir qancha tur chiqindilari
ham hosil bo‘ladi.
Neft kimyosi va neftni qayta ishlash sanoatining asosiy qattiq
chiqindisi nordon gudron bo‘lib, u bir qator neft mahsulotlarini (yog‘lar,
parafinlar, kerosin — gazoylli fraksiyalar) sulfat kislotasi bilan yuvishda
va sulfanatli moddalar, sun’iy yuvuvchi vositalar, flotoreagentlar ishlab
chiqarish jarayonida hosil bo‘ladi. Nordon gudronlar yuqori qovushqoq
smola shaklida bo‘lib, uning tarkibida asosan sulfat kislotasi,
suv va
turli organik moddalar bor. Organik moddalar miqdori 10% dan 93%
gacha bo‘ladi. Ushbu hosil bo‘lgan nordon gudronlar hajmi juda kattadir
va ularning 25% gina foydalanadi. Qolgan qismi yig‘uvchi hovuz va
omborlarda to‘planib qolayapti.
Asosiy moddaning miqdoriga binoan kislotali gudronlar odatda
ikki turga bo‘linadi:
1. Tarkibida kislotasi ko‘p boigan (1,50% monogidrat).
2. Tarkibida organik moddalari ko‘p bo‘lgan (1,50%).
N ordon gudronning tarkibiga qarab uning qo‘llanish sohasi
aniqlanadi. Ular ammoniy sulfatga
qayta aylantirib olinishi, yoqilg‘i
sifatida foydalanishi (bevosita yoki kislotasi yuvib olingandan so‘ng)
yoki neft mahsulotlarini tozalovchi reagent shaklida qoilanilishi
mumkin. Ammo nordon gudron asosida am m oniy sulfat olish
texnologiyasining murakkabligi va u bilan ta’minlashning cheklanganligi,
shuningdek, nordon gudronlardan yoqilg‘i va tozalovchi agent sifatida
foydalanish jarayonida ularni tozalash uchun katta xarajat kerakligi
ushbu jarayonlar sanoatda keng qoilanilishi uchun to ‘siq bo‘layapti.
Nordon gudronga ulardan oltingugurt (IV) —
oksidini, yuqori
oltingugurtli koksni, bitumni va boshqa mahsulotlarni olish uchun
161
qayta ishlab berish ancha istiqbollidir. Nordon gudronlardan oltingugurt
(IV) — oksidini olish maqsadida juda ko‘p miqdorda hosil bo‘ladigan
ishlatib bo‘lingan sulfat kislotasidan iborat eritmalar (350 ming t/yiliga)
qo‘shimcha shaklida qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan aralashmani bir joydan
ikkinchi joyga olib borish va purkash ancha osondir. Aralashma 800—
1200°C da yoqish pechlarda termik parchalanadi.
Bunday sharoitda
organik moddalar to‘liq yonib, oltingugurt (IV) — oksidi hosil bo‘ladi.
Bir qancha davlatlarda mana shu texnologiya bilan ishlaydigan quwati
700—800 t/sut. moslamalar mavjuddir. Nordon bitumning organik qismi
tarkibiga oltingugurtli birikmalar, smolalar, qattiq asfalt shaklidagi
moddalar — asfaltenlar, karbenlar, karbondlar va boshqa komponentlar
kirganligi tufayli ulardan yo‘l qurilishi materiali sifatida qo‘llaniladigan
bitum olish mumkindir.
Nordon gudronlar qizdirilganda uning tarkibida bor bo'lgan sulfat
birikmalar va erkin sulfat kislotasi parchalanadi
va organik qismini
oksidlashi hisobiga tarkibida ko‘p miqdorda karbondlar bor bo'lgan
zichlangan geterogen massa hosil bo'lishiga olib keladi. Gomogen butun
massasini hosil qilish maqsadida nordon gudronlarni to ‘g‘ri haydab
olingan gudronlar (neft yoqilg‘isi va yog‘li fraksiyalarni haydab
olingandan keyin hosil bo'ladigan smola holatidagi massa)
bilan
aralashmasiga qayta ishlov beriladi, bunda zichlashtirish reaksiyalari
(oltingugurtli birikmalar parchalanishini hisobiga hosil bo‘layotgan erkin
radikallar va oksidlovchining konsentratsiyasi kamayishi hisobiga)
smolalar va asfaltenlar hosil qilish yo‘li bilan ancha sayoz holda boradi.
Ushbu jarayonning oddiy texnologik sxemasi 62-rasmda keltirilgan.
Nordon gudronlar 160-350°C da oson parchalanib oltingugurt (IV)
oksidi va yuqori oltingugurtli koksni hosil qilishi tufayli ulardan sanoatda
foydalaniladi.
Sanoatda ayniqsa nordon gudronlarni koksli issiqlik eltuvchilarda
past tem peraturada parchalash m oslam alari keng qo'llaniladi.
Shuningdek, nordon gudronlar bilan birga bu moslamalarda naftenli
qoldiqlar va organik m oddalarga
boy nordon gudronlar bilan
aralashtirilgan. Ishlatib bo‘lingan sulfat kislotasi eritmasini ham parchalash
mumkin. 63-rasmda ana shunday sxemalardan biri keltirilgan.
Boshlang‘ich ashyo — kislotaliligi 50% bo‘lgan aralashmani tayyorlash
maqsadida 1,2 sovitgich va nasoslardan iborat tizimda nordon gudron
va ishlatib bo‘lgan sulfat kislotasi aralashtiriladi. Agar H 2S 0 4 50%
bo‘lgandagina nordon gudron reaksiyasi kirishish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: