S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


Kaliyli o ‘g‘it ishlab chiqarish chiqindisini qayta ishlash



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

9.3. Kaliyli o ‘g‘it ishlab chiqarish chiqindisini qayta ishlash
Ishlab chiqarilayotgan va qazib olinayotgan kaliyli tuzlarning 
90%dan ko‘prog‘i mineral o‘g‘it sifatida qo‘llaniladi.
Asosi kaliyli mineral silvin KC1 va agalit NaCl aralashmasidan 
iboratdir. Suvda erimaydigan minerallar hozirgi kunda kaliyli o‘g‘it 
ishlab chiqarishda qo‘llanilmaydi. Ammo ulardan nefelinni olish 
jarayonida qo‘shimcha mahsulot sifatida kaliyli tuz hosil bo‘ladi.
Kaliy sanoati xomashyosini boyitish va qayta ishlash jarayonida 
millionlab tonna galitli chiqindilar va yuzlab tonna tuproqli-tuz 
quyqalari hosil bo‘ladi.
Kaliyli ruda turli usullar yordamida qayta ishlanadi. Ulardan 
asosiylari eritmadan alohida kristalizatsiyalash va mexanik boyitish 
usullaridir. Silvinit rudasidan It KC1 olish vaqtida 3—4t galitli chiqindi 
hosil bo'ladi, Uning tarkibida asosiy komponent — NaCl dan tashqari 
KC1, C aS04, MgCl2, suvda erimaydigan boshqa moddalar ham bor. 
Masalan, silvinitli rudalami flotatsion usul bilan qayta ishlash jarayonida 
hosil bo‘ladigan galitli chiqindilar tarkibida o‘rtacha 89—90% NaCl, 
4.4—5.0%KC1, l.l% CaS04, 0.1 %MgCl2, 4 .4 - 4.8 % erimaydigan qoldiq 
moddalari bor. Silvinit rudalarini galurgik qayta ishlash jarayonida 
hosil bo'ladigan chiqindilar tarkibidagi esa 85—90% NaCl va 2,5%gacha 
KC1 bor. Ushbu chiqindilar namligi 10-12% ni tashkil qiladi. Kaliy 
xloridning asosiy miqdori silvinit rudasidan galit usuli bilan olnib,
157


hosil bo‘layotgan chiqindilarni qayta ishlash hozirgi kunning eng 
dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
12-rasmda galurgik fabrikada hosil bo‘layotgan galit chiqindilaridan 
osh tuzi olish sxemasi keltirilgan. Ushbu texnologiya standart talablarga 
javob beruvchi osh tuzi ishlab chiqarish imkonini beradi.
158


Silvinitli rudani qayta ishlash jarayonida hosil boMayotgan tuproq
— tuzli quyqalarni qayta ishlash natijasida kaliy xlorid, osh tuzi va xlor 
magniyli mahsulotlar olish mumkin. Tuproq -tuzli quyqalar yana 
aralashtirilgan kaliyli tuz ishlab chiqarishda qo'shimcha sifatida; torfli 
va qumli tuproqlarga ozuqalantiruvchi va struktura hosil qiluvchi 
qo‘shimcha sifatida; aglopirit va qurilish sopol mahsulotlari ishlab 
chiqarishda xomashyo sifatida; burg‘ulovchi eritmalar ishlab chiqarishda 
qo‘llaniladi.
Kalsinirlangan soda ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash. 
Ammiakli usul bilan It kalsinirlangan soda ishlab chiqarish jarayonida 
asosiy chiqindi sifatida 8—12m3 distiller suyuqligi hosil bo‘lib, uning 
tarkibida 200—250 kg m3 quruq cho'kma bordir. Ular korxona atrofida 
300—350 gektar maydonni tashkil qiluvchi maydonlarda to ‘planadi. 
Vaqt o‘tishi bilan ular sekin-asta suvsizlanib, qurib boradilar. Quruq 
holdagi distiller quyqasi kul rangli massani tashkil qilib, uning zichligi 
970 kg/m 3 atrofida, namligi esa 70—80%, zarrachalari o‘lchami 0,1—
0,2 mm ga tengdir. Uning tarkibi foydalanilayotgan xomashyoga, ba’zi 
texnologik va boshqa omilllarga bog‘liqdir. Masalan, Sterlitamak soda 
ishlab chiqarish birlashmasida 500 ming tonna chiqindi hosil bo‘lib, 
uning tarkibi quyidagichadir:
56,7—75,5% C03,
Shunday qilib, hosil b o ‘layotgan distiller suyuqligi tarkibiga 
bog‘lovchi xususiyatiga ega bo‘lgan bir qator oksidlar kirganligi uchun 
ular asosida bog'lovchi moddalar olish imkoniyati tug‘iladi. Faqat 
buning uchun yetishmayotgan kremezem o'rniga qavariqli qumni 
qo‘shish lozimdir.
20-rasmda kuydirilgan distiller quyqasidan bog'lovchi modda olish 
sxemasi keltirilgan. Ushbu texnologiyaga binoan .olingan bog'lovchi 
moddasi asosida sanoat miqiyosida qo'shma texnologiyaga binoan 
yacheykali beton bloklari ishlab chiqarish hozirgi kunda keng yo‘lga 
qo‘yilgandir.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin