S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


9.2. Fosforli o ‘g‘it ishlab chiqarish



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

150


9.2. Fosforli o ‘g‘it ishlab chiqarish
chiqindilarini qayta ishlash
Qazib olinayotgan fosfatli rudalarning asosiy qismi fosfatli mineral 
o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Ulardan apatitli va fosfatli 
rudalarning umumiy formulasi 3M3(P 0 4) 3CaX2 bo‘lib bu yerda M -
kalsiy, natriy, stronsiy va boshqa elementlarning ionlari, X-ftor, xlor
ionlari, OH-gruppa.
Tabiiy fosforlar kimyoviy qayta ishlash vaqtida rudaning tarkibi va 
boshqa omillarga binoan turli usullar qollaniladi; ruda aw al maydalab 
olinadi, so‘ng boyitiladi. Boyitilish jarayonida ko‘p miqdorda chang, 
qattiq chiqindilar hosil bo‘ladi va ular aspiratsion sistemalardan, quritish 
moslamalaridan tashqariga chiqarib tashlanadi.
Fosfatli xomashyo kimyoviy yo‘l bilan ikki xil usulda qayta ishlanadi: 
1 - xomashyoga to‘g‘ri kislotali va termik qayta ishlov berish yo‘li 
bilan superfosfat va ftorsizlantirilgan fosfatlar shaklidagi tayyor 
mahsulotni olish; 2-mineral o ‘g‘itlar va boshqa moddalar olish uchun 
kerak bo‘ladigan ekstraksion va termik fosfatli kislotalami fosfatli 
xomashyoni parchalash.
Rudaning tarkibi va boshqa omillarga binoan tabiiy fosfatlami qayta 
ishlashning turli usullari qo‘llaniladi. Ko‘pgina hollarda ruda maydalab 
olingandan so'ng to‘liq usullar bilan boyitiladi. Rudani boyitish 
jarayonida aspiratsion sistemadan chiqayotgan havo va quritgichlardan 
chiqayotgan gazlar bilan birga uchib chiqadigan chang va qattiq 
chiqindilar hosil bo'ladi.
Sulfat kislotali usul bilan fosfor kislotasi ishlab chiqarish chiqindilari 
sifatida fosfogips-fosfatlar bilan kalsiy sulfat aralashmasi hosil bo‘ladi. 
Fosfor kislotasi tarkibidagi P 20 5ning lt.g a foydalanayotgan 
xomashyoning turiga qarab 3,6t. dan 6,2t. gacha fosfogips hosil bo‘ladi. 
Ushbu chiqindilar 25-40% namlikka ega bo‘lib, kul rang, yopishqoq 
mayda kristall kukun shaklida bo‘ladi. Quruq moddaga nisbatan 
hisoblanganda C aS 04 ning miqdori 95% gacha bo'ladi. Uning 
tarkibidagi qo‘shimcha aralashmalarga reaksiyaga kirishmay qolgan 
fosfatlar, oksidlar, ftor va stronsion birikmalari, yuvilmay qolgan fosfor 
kislotasi kiradi.
Fosfatli xomashyo konsenrantlari 2-guruh usullar yordamida 
kimyoviy qayta ishlanadi. Birinchi guruhga xomashyoni to‘g‘ri kislotali 
yoki termik qayta ishlash kirib, bunda tayyor mahsulot sifatida 
superfosfatlar, ftorsizlantirilgan fosfatlar va boshqalar olinadi. Ikkinchi
151


guruhga esa fosfatlarni parchalash usuli kirib, natijada termik va 
ekstraksion fosforli kislotalar olinadi.
Masalan, to ‘g‘ri sulfat kislota yordamida fosfatlarga ishlov berish 
yo‘li bilan oddiy superfosfat olinadi.Uning tarkibida R20 5ning miqdori 
20%dan ko‘p bo'lmaydi. Shuning uchun u past konsentraksiyali fosforli 
o ‘g‘it hisoblanadi. Sanoat miqyosida asosan fosfatlardan sulfat kislotali 
(ekstraksion yoki ho‘llash) va eklektrotermik usullar bilan olinadi.
Organik moddalar tarkibida marganets, molibden, kobalt, rux, mis, 
nodir va boshqa elementlarning birikmalari bor.
Hozirgi kunda hosil bolayotgan fosfogips tashlab yuboriladi. Uni 
tashlab yuborish uchun transport xarajatlari va uni saqlash asosiy ishlab 
chiqarish jihozlarining narxi va foydalanish uchun sarflanadigan 
xarajatlarning 40% ni tashkil qiladi. Shuning uchun allaqachon uyulib 
borayotgan fosfogips tog‘larini xalq xo'jaligida foydali maqsadlarda 
ishlatish yo'llarini topish zaruriyati tug‘ilgan. Quyida fosfogipsdan 
foydalanish uchun qo‘llaniladigan usullar ko‘rib chiqiladi.
0 ‘simliklar uchun ozuqa elem entlar qatorida agrokimyoviy 
ahamiyati bo‘yicha oltingugurt 4-o‘rinni egallaydi. Shu nuqtayi nazardan 
fosfogips tarkibida 22,l%gacha oltingugurt va 0,5%gacha yuvilmay 
qolgan fosfor kislotasi bo‘lganligi uchun, qishloq xo‘jaligida oltingugurt 
va fosforli mineral o‘g‘it sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Fotogipsni sement ishlab chiqarishda (kuydirishda minelizator 
sifatida va sement klinkeriga qo'shimcha sifatida); sho‘rlangan yerlarni 
kimyoviy melioratsiya qilish uchun; ammoniy sulfat, sement va sulfat 
kislotasi, elementli oltingugurt, ohak va sulfat kislotasi, gipsli bog‘lovchi 
ashyolar va ulardan mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llash mumkin.
Sement ishlab chiqarishda qo‘llash uchun fosfogips granulalab 5% 
namlikka ega bo‘lguncha barabanli quritgichlarda quritiladi. Fosfogipsni 
bu ishlab chiqarishda qo'llash hisobiga yoqilg'i sarfi kamayadi, pechlar 
quw ati oshadi va sement klinkeri sifati yaxshilanadi, pechlarning 
futerovkasi xizmat muddati uzaytiriladi.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin