S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

< = KAp- ' V (D'lO*
К - massa almashish koeffitsienti,
Ap - qattiq va suyuq fazalar zichliklari farqi,
|i. - suyuqlikning dinamik qovushqoqligi,
D V - erigan moddaning effektiv diffuziya koeffitsienti. 
т= 6*31п(ДС„ /Д С .) / K„-Fn (AC, - ДС,)
bu yerda: ДСп, ACk — jarayonni boshi va oxiridagi harakatlantiruvchi 
kuchlar,
Fn — erishi kerak bo'lgan zarrachalarning umumiy yuzasi.
Qattiq chiqindilarni qayta ishlashda to ‘yingan eritm alardan, 
suyultmalar va bug‘lar tarkibidan qattiq fazalarni kristallar shaklida 
ajratib olish jarayoni ham qo'llaniladi.
Eritmalarni kristallizatsiyalash jarayonida ratsional olib borish usulini 
tanlash uchun eritm alar holat diagram m alaridan foydalaniladi. 
Kristallizatsiya jarayoni ikki usul — issiq to ‘yingan eritmalarni sovitish 
va bir qism erituvchini bug‘latish yoki ikkila usulni kombinatsiya qilish 
bilan olib boriladi.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar
1. Qattiq chiqindilarning tasniflanishi.
2. Qattiq chiqindilarni boyitish.
3. Qattiq chiqindilarni ekstraksiyalash.
4. Qattiq chiqindilarni kristalllash.
Tayanch so‘z va iboralar
Qattiq chiqindilar, mexanik, mexanotermik, termik, boyitish, 
maydalash, tasniflash, saralash, elash, yiriklashtirish, briketlash, 
ekstraksiyalash, kristallash.
145


9-B O B . NOORGANIK MODDALAR ISHLAB
CHIQARISH CHIQINDILARINI QAYTA ISH LA SH
9.1. Sulfat kislota ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash
Sanoatda sulfat kislotasi ikki usul bilan: kontakt va nitroz usuli 
bilan olinadi. Ikkala usulda ham awalo xomashyodan S 0 2 ajratib olinib, 
so‘ng u H2S 0 4 ga aylantiriladi. Sulfat kislotaning asosiy qismi kontakt 
usuli bilan oltingugurtli kolchedanni kuydirish bilan olinadi. Toza 
oltingugurtli kolchedan tarkibida 53,5% oltingugurt va 46,5% temir 
bor. Ammo aralashmalar (qum, tuproq, rangli metall sulfldlari, 
karbonatlari, mishyak birikmalari, selen, kumush va boshqalar) flotatsion 
kolchedan tarkibidagi oltingugurt miqdorini 32 - 40% ga kamaytiradi. 
Kolchedanni kuydirish vaqtida hosil bo‘ladigan temir oksidi pechlardan 
kuyundi holida chiqarib tashlab yuboriladi. Pirit kuyundilari tarkibida 
asosan 40 — 6% temir, 1 — 2% oltingugurt, 0,33 — 0,47% rux, 0,32 — 
0,58% qalay, 10 — 20 g/t qimmatbaho va boshqa metallar bor.
Kuydirish pechidan chiqayotgan oltingugurt oksidi kuyundi chang 
va boshqa aralashmalar bilan aralashgan holda bo‘ladi. Ushbu gazlardan 
sulfat kislotasini hosil qilish uchun awal ular siklonlarda va quruq 
elektrofiltrlarda changning miqdori 0,1 g/m 3 ga teng bo‘lguncha 
tozalanadi.
Shunday qilib, H2S 0 4 ishlab chiqarishda hosil boiadigan qattiq 
chiqindilarga quyidagilar kiradi: pirit kuyundilari, siklon va quruq 
elektrofiltrlarda ushlab qolingan chang, yuvuvchi m inoralarda, 
tindirgichda hosil bo‘layotgan, yig‘gich va sovitgichlarda hosil 
bolayotgan quyqalar, ho‘l elektrffltr quyqalaridir.
Kuyundilardan rangli metallarni ajratib olish jarayonida pirit 
kuyundilaridan qimmatli komponentlarni ajratib olish uchun turli 
kuydirish usullari qo‘llaniladi (xlorlovchi, sulfatlovchi va h.k). Agar 
kolchedan tarkibida 0,5% mis bo‘lsa, u holda xlorlash usuli yordamida 
nafaqat 85 — 90% mis, balki ko‘pgina nodir metallarni ham ajratib 
olish, kuyundilami to‘liq oltingugurtdan tozalab olish mumkin.
Xlorli kuydirishdan awal kuyundiga 20% gacha maydalangan NaCl 
aralashtiriladi.
Boradigan jarayonlar anchagina murakkab bo‘lib, quyidagicha 
boradi:
2M eS+302 -* 2M e0+2S02
MeO+ S 0 2 +0.502-> M eS04
146


Fe2(S 04)3 + 6N aC 1^3N a2S 0 4+2FeCl3
So'ng gazlar shixta bilan ta’sirlanib, xlorlovchi agentlarni hosil qiladi:
2NaCl + S 0 2 + 0 2^ N a2S 0 4 + Cl2
4NaCl + 2S03+ 0 2^ 2Na2S 0 4 + 2C12
2NaCl + S 0 3+ H 20 - ^ Na2S 0 4 +2HC1
4FeCl3 + 3 0 2-> 2F e03 + 6C12
2FeCl3 + 3H20 -> Fe20 3 + 6HC1
Hosil bo‘lgan Cl2 va HC1 kuyundi tarkibidagi m etallar bilan 
ta’sirlanadi:
MeS+Cl2 + 1.502—►
MeCl2 + S 0 3 
MeS+Cl2 + 0 2-> MeCl2 + S 0 2 
MeS+2HCl2 + 1.502—►
MeCl2 + S 0 2 + H 20
2Me +3C12 -* 2MeCl3
Umumiy holda jarayon quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
Cu + 2S+4NaCl + 3.502 + H 20 -> CuCl2 + 2N aS04 + 2HC1 
Kuydirish natijasida 85 — 90% kuyundi misi suvda eriydigan tuz 
CuCl2 ga aylantirib olinadi. Kuydirilgan aralashma tarkibidan mis iliq 
suv bilan bir necha bosqichda ajratib olinadi: avval oldingi 
operatsiyalarda hosil bo‘lgan eritma bilan, so‘ng suyultirilgan kislota 
bilan yuviladi.
Shuningdek, pirit kuyundilarini xlorli haydash usuli ham qo‘llaniladi. 
Xlorli haydash jarayonida vodorod xloridni gaz holatida, suvli eritma 
holatida yoki (NH4, FeCl2) tuz shaklida qo'llash mumkin.
Yuqorida keltirilgan usullar yordamida kuyundilardan misni ajratib 
olish bilan birga kuyindilardan cho‘yan va po‘latni olish uchun ham 
tayyorlaydilar. Tarkibida 40-63 % temir bor bo‘lgan kuyundi qora 
metallurgiya uchun qimmatbaho xomashyo hisoblanadi.
Pirit kuyundilaridan domna pechlarida foydalanishi uchun asosiy 
to ‘siq ularning maydalik darajasi, kuyundi tarkibida Pb, Cu, Zn, As 
larning borligi, kuyundi tarkibida ko‘p miqdorda 1-3,5% gacha 
oltingugurt borligidir. Ana shu aralashmalarni asosan aglomeratsiya -
ya’ni kuyundini yuqori temperatura ta’siri ostida ishlov berish yo‘li 
bilan tozalab olish mumkin. Aglomeratsiya jarayoni turli moslamalarda 
olib boriladi. Eng keng tarqalgan aglomeratsiya usuli pishirilayotgan 
shixta qatlami havo orqali o‘tkazishdir. Pishirish moslamasi esa davriy 
yoki uzluksiz ravishda ishlaydigan turlarga bo‘linadi. Asosan uzluksi/. 
ishlaydigan mosiamalar keng qo'llaniladi. Aglomeratsiyaga yoqilg'i va

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin