S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

8.2. Tasniflash va saralash
Ushbu jarayonlar qattiq chiqindilarni yiriklik darajasiga binoan 
fraksiyalarga ajratish uchun qo‘llaniladi. Ularga qayta ishlanayotgan 
ashyolami elash va ularni gravitatsion-inersion, gravitatsion-markazdan 
qochma kuch ta ’siri ostida ajratish jarayonlari kiradi. Agar tasniflash 
mustaqil xarakterga ega bo‘lib, mahsulot tayyor mahsulot sifatida 
fraksiyalarga ajratilayotgan bo‘lsa, u holda u saralash deb ataladi.
Elash esa turli o'lcham dagi bo ‘laklarni yacheykali yuzalarda 
harakatlanishi natijasida ajratib olishga aytiladi. Yacheykali yuzalar 
sifatida boshoqli panjaralar, shtampovkalangan panjaralar, simli setkalar 
va teshikli elaklar va boshqalar qo‘llaniladi. 54-rasmda elash jarayonini 
olib borish sxemalari keltirilgan.
Boshlang'ich ashyo
54-rasm. Elash jarayonini olib borish sxemalari:
a) yirikdan maydasigacha; b) maydadan yirikkacha;
d) kombinatsiyalangan usul bilan.
139


Elash jarayonini asosan uning samaradorligi E — xarakterlaydi va 
u quyidagicha aniqlanadi:
E = 104 (a-v) / a (100-v)
bu yerda,
a va v — past toifa mahsulotining tegishli ravishda 
boshlangich moddada va panjara tepasidagi mahsulotdagi miqdori, %
Tasniflash samaradorligi ham quyidagicha aniqlanadi:
E= 100-у/а-ф-а) / (100- а)
Rekuperatsiya qilish texnologiyalarida, yuqorida keltirilgan usullar 
bilan bir qatorda mayda zarrachali ikkilamchi ashyolami yiriklashtirish 
jarayoni ham juda keng qoMlaniladi. Ularga: granulalash, tabletkalash, 
briketlash va yuqori temperaturali aglomeratsiyalash jarayonlari kiradi. 
Bu jarayonlar foydali qazilmalar qazib olish chiqindilarini, ko‘mir qazib 
olish chiqindilarini, issiqlik elektrostansiyalari kullarini qayta ishlash 
yo‘li bilan qurilish mahsulotlariga aylantirishda, fosfogips ishlab 
chiqarish chiqindilarini qishloq xo‘jaligida va sement ishlab chiqarishda 
utilizatsiya qilish jarayonida, plastmassa, kul, chang, qipiq chiqindilarini 
utilizatsiya qilish jarayonlarida qo‘llaniladi.
Granulalash jarayonida granulalar asosan poroshok, pasta va qayta 
ishlanilayotgan mahsulotlar eritmalaridan shar shaklida yoki silindr 
shaklida tayyorlanadi.
Poroshoklardan olinadigan granulalar asosan rotatsion (barabanli, 
tarelkali, markazdan qochma) va vibratsion granulatorlarda tayyorlanadi.
Granulanayotgan ashyoning granullanish qobiliyati ularning 
granullanish koeffitsientlari K, va K2 bilan xarakterlanadi:
К , = ( 1Г / Y.) / P *
K2 =? / P ,
bu yerda:
у va y0 — granulanayotgan ashyoning doimiy va boshlang‘ich 
zichligi, t/m 3;
C,
— granulalarning chegaraviy siqilish mustahkamligi, Pa;
P . — zichlashtirish bosimi, Pa.
K, va K2 ning qiymatlari granulalash usulini tanlash uchun asos 
bo‘la oladi.
Briketlash usullari amalda qattiq chiqindilarni tayyorlashda 
qo‘llaniladi. Briketlash jarayoni bog'lovchi modda qo‘shmasdan 
presslash bosimi 80 mPa da va bog'lovchi modda ishtirokida 15—25
140


mPa bosimda olib borilishi mumkin. Briketlash jarayoniga dispers 

ashyolarning tarkibi, namligi va yiriklik darajasi, tem peratura va 

presslash davomiyligi katta ta ’sir etadi. Briketlashdan awal ashyo odatda 
I
elash, m aydalash, q u ritish , sovitish va boshqa tayyorlash 

operatsiyalaridan o‘tkaziladi.

Pressning mahsuldorligi quyidagicha aniqlanadi:
Q =610 _5g-m-nv 

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin