S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


-rasm. Qurumli pulpalarni yoqish sxemasi



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

67-rasm. Qurumli pulpalarni yoqish sxemasi:
1-tutun chiqadigan naycha; 2-pech; 3-portlatish membrana; 4-tayanch;
5-havoni isitgich.
172


Qurum va yoqilg‘ini yoqish uchun zarur bo‘lgan havo chiqib 
ketayotgan tutun gazlar yordamida 500—600°C gacha isitiladi. Bunday 
moslama ishlaganda 1kg quruq yoqilayotgan qurum uchun o‘rtacha 
hisobda 165 kg mazut, 3150 m3 havo, 2 m3 suv va 100 kvt. soat elektr 
energiyasi sarflanadi.
10.3. Rezina mahsulotlari ishlab chiqarish chiqindilarini qayta
ishlash
Rezina-texnika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida rezina 
omixtalari va mahsulotlarni tayyorlash bosqichida, vulkanizatsiya 
qilingan va vulkanizatsiya qilinmagan rezina va rezinali matodan 
tayyorlangan buyumlar ishlab chiqarish sanoati juda ko‘p qattiq 
ch iq in d ilarn i hosil qiladi. Bu ch iq in d ilar tark ib id a qim m atli 
komponentlar bo‘lmish kauchuk bo‘lib, ba’zi chiqindilar tarkibida uning 
miqdori 50% gacha yetadi va ular axlatxonalarga tashlab yoqib 
yuboriladi. Taxminan 20—30% chiqindi o‘sha korxonaning o ‘zida keng 
iste’mol mollari (rezina gilamlar, shifer, qo‘lqop, fartuk va boshqalar) 
ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ulardan yedirilgan avtomobil (aviatsion, traktor) shinalari, turli 
rezino-texnik buyumlari (transporter lentalar, qo‘lqop va h.k.) va shaxsiy 
foydalanish buyumlari (poyafzal) tarkibi jihatidan bir xildir. Ushbu 
buyumlardan foydalanib bo‘lgandan 
so ‘ng
ular boshlang‘ich massalarini 
15—20% yo‘qotib, hosil qilingan chiqindilari tarkibida xalq xo‘jaligida 
foydalanish uchun qaytarilishi mumkin boig an 75% ga yaqin kauchuk 
va boshqa qim m atli ingridientlarni saqlab qoladi. Maxsus ishlov 
berilgandan so‘ng rezina-texnik buyum lari ishlab chiqarishda 
foydalaniladigan xomashyo bo‘lmish rezina omixtalariga qo‘shiladigan 
plastik mahsulot — regeneratga aylantirib keng foydalanish yo‘lga 
qo‘yilgandir.
Rezina chiqindilari regeneratsiya qilinishdan avval quyidagi 
bosqichlardan iborat bo‘lgan tayyorlash jarayonlaridan o ‘tkazilishi 
zarurdir: rezinani maydalash, ulardan tekstil matolami ajratib olish, 
maydalangan rezina bo‘laklarni plastik holatga o‘tkazishga yordam 
beruvchi yumshatgich va devulkanizatsiya jarayonini tezlatgichlar bilan 
aralashtirish. Regenerat ishlab chiqishda devulkanizatsiya jarayoni asosiy 
jarayon hisoblanib, u yuqori haroratda (160—190°C) m a’lum vaqt 
davomida maydalangan rezina qo'shimchalari bilan birgalikda olib 
boriladi. Bunda vulkanizatsiyalangan kauchukning destruksiyalanish
173


jarayoni, ya’ni qisman oltingugurt atomi birikkan joylaridan, molekular 
zanjirdan uning fazoviy strukturasi buzilishi sodir bo‘ladi.
Devulkanizatsiya natijasida kauchukning ko‘ndalang va asosiy 
bog‘lari soni qisqaradi, buning oqibatida o ‘rtacha molekular massasi 
6000—12000 boigan eruvchi fraksiyalar hosil bo‘ladi.
Regenerat olishning bir nechta usullari mavjud bo‘lib, ularga 
quyidagilar kiradi: bug‘li usul, suvli neytral usul va termomexanik usul. 
Amalda 15% regenerat bug‘li usul yordamida, 40% regenerat suvli 
neytral usulda, 45% regenerat termomexanik usulda olinadi.
Bug'li usulda m e’yorlangan miqdordagi maydalangan rezina 
bo‘laklari yumshatgichlari bilan aralashtiriladi va devulkanizatsiyalash 
qozonida 0,8—1,0 MPa bosim ostida 175—185°C temperatura 7—8 soat 
mobaynida (shina rezinasi uchun) issiq bug‘ bilan ishlov beriladi. 
Aralashmani gomogenizatsiyalash va plastifikatsiyalash maqsadida hosil 
qilingan devulkanizatga jo ‘valar yordamida ishlov beriladi va filtr- 
pressdan o‘tkaziladi.
Bug‘li usulning asosiy kamchiligi devulkanizatsiya qilinuvchi 
massaning aralashmasligi natijasida plastiklik darajasi bo‘yicha bir xil 
bo‘lmagan regenerat hosil qilinishi.
Suvli neytral usulda bug‘li usulga nisbatan sifatliroq regenerat olinadi. 
Bu usulda aralashm a uzluksiz aralashtirib tu rilish i hisobiga 
yumshatgichlarda yaxshi bo‘kishni ta’minlab beradi.
Termomexanik usul bilan regenerat olish qismi texnik jihatdan 
eng mukammal usul hisoblanadi va bu usul texnologik jarayonni 
tezlashtirish va regenerat tannarxini kamaytirish imkoniyatini beradi. 
Regeneratni termomexanik usul bilan ishlab chiqarishda (68-rasm) 
qoldiq tola miqdori < 2 % gacha tozalangan rezinaning maydalangan 
qismlarga bo‘laklashtiriladi va 4—12 daqiqa davomida, 140—210°C 
temperaturada korpusi uzaytirilgan chervyakli devulkanizator, chervyakli 
filtr-press orqali o‘tkaziladi. Pressdan chiqayotgan devulkanizatga 
tozalovchi jo ‘valarda ishlov bergandan so‘ng regenerat olinadi. Bunday 
usulda ishlab chiqariladigan regenerat suvli neytral usulda olingan 
regeneratga nisbatan ancha bir jinsli va plastikdir.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin