S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


-rasm. Kokslash uchun shixtaga qo‘shiladigan koks kimyo



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

65-rasm. Kokslash uchun shixtaga qo‘shiladigan koks kimyo
korxonalari chiqindilarini tayyorlash sxemasi.
Fuslardan yoqilg‘i sifatida yoki gazlantirish va kokslash uchun 
foydalaniladigan shixtaga komponent sifatida foydalanishni ta’minlash 
uchun ulami asosiy komponentlar va boshqa sanoat chiqindilari bilan 
aralashtirilib yiriklashtiriladi. Quyidagi sxemaga koks kimyosi 
korxonalari chiqindilarini, ko‘mirni kokslash shixtasida ishlatish uchun 
tayyorlash imkoniyati keltirilgan.
169


66-rasm. Smolani gazogeneratorga qaytarish sxemasi;
1-naycha; 2-shlang; 3-gazogenerator; 4-plunjerli nasos; 5-tindirgich.
Torf va qo‘ng‘ir ko‘mirda ishlaydigan gazogenerator stansiyalari 
gazlarni tozalash sxemalarida ko‘p miqdorda juda ifloslangan va suvli 
smolalar hosil bo‘ladi. Ularni juda oddiy sxemaga binoan (65-rasm) 
katta iqtisodiy samara bilan gazogeneratorlarga qaytadan gazlashtirish 
uchun qaytarish mumkin. Bunda kondensatssion gazni tozalash jihozida 
ushlab olinayotgan smolaning ancha qimmatli qismi haydaladi va 
natijada smolaning sifati yaxshilanadi.
Bundan tashqari suvli smolani haydash (krekinglash) natijasida gazda 
N2 va CO ning miqdori kamaytirilishi bilan bir vaqtda C 0 2, CnHm, 
CH2 miqdori ortadi. Smolani gazogeneratorga berish vaqtida qatlamning 
qarshiligi 15—20% ortadi.
170


Koks gazining smolali mahsulotlarining ammoniy sulfat olish 
jarayonida sulfat kislotasi bilan ta’sir etish vaqtida nordon gudronlar 
hosil bo‘ladi.
Shuningdek, koks kimyoviy slanetsni qayta ishlash korxonalarining 
benzol rektifikatsion bo‘limlarida ham benzol yoki uning to ‘yinmagan 
uglevodorodlardan konsentrlangan sulfat kislotasi bilan tozalash vaqtida 
quyuq to ‘q smolali nordon chiqindilar hosil bo‘ladi. Gudronlardan bir 
nechta yo‘nalishlarda foydalanish mumkin: shixtaga (neytrallangandan 
so‘ng) kokslash (gazlashtirish) uchun q o ‘shim cha sifatida, turli 
markadagi qovushqoq moddalar (bitum) ishlab chiqarishda, S 0 2ni olish 
va undan qayta ishlash yo‘li bilan sulfat kislotasi yoki boshqa moddalar 
olishda. Xom benzolni rektifikatsiya qilishda hosil b o ‘layotgan 
quyqalardan yo‘l qurilishida ishlatiladigan gudronlarga komponent 
sifatida, qurum olish va stirolli undan smolalar olishda foydalanish 
mumkin.
Suyuq yoqilg‘ilardan ammiak va spirt ishlab chiqarish uchun ularni 
gazlantirish jarayonlarida gazlarni qurumdan tozalash vaqtida qurumli 
pulpalar hosil bo ‘lib, ular (qurumning konsentratsiyasi 10% ko‘p 
bo‘lganda) bo‘tqasimon quyuq moddalar shaklida bo‘ladi va tashlab 
yuboriladi. Tashlangan chiqindi changlari tuzg‘ab, uchib ketmasligi 
uchun qurum suvli qatlam tagiga ko‘mib qo‘yilib, ustidan tuproq 
bostiriladi. Bunday qurumli chiqindilardan turli yo‘nalishlarda, xususan 
yoqilg‘ilarga qo‘shimcha sifatida va gazlantirish jarayonlarida qayta 
ishlash uchun foydalanish mumkin.
Oxirgi yo‘nalishi bo‘yicha utilizatsiya qilish uchun pulpadan ajratib 
olingan qurumdan gazogeneratorga xomashyo sifatida foydalaniladi. 
Buning uchun qurumli shlam (pulpa) suyuq yoqilg‘i bilan aralashtiriladi, 
so‘ng suvni ajratib olish uchun dekantatsiya qilinadi va xomashyo 
sarflovchi idishga berilib, u yerdan asosiy xomashyo oqimi bilan birga 
gazlashtirish uchun gazogeneratorga beriladi.
Ushbu usulning asosiy kamchiliklari filtrlar va gazogeneratorning 
forsunkali teshiklari qurum bilan to iib qolishidir. Shuning uchun 
qurumli pulpalami (25%) mazut bilan aralashtirib, suvli qurumli-ma/utli 
suspenziyani alohida gazogeneratorda havo bilan puflab turib 
gazlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda asosiy xomashyo qurum 
bilan ifloslanmaydi va gazlashtirish natijasida hosil boMayotgan 
tozalangandan so‘ng umumiy gaz oqimi bilan aralashtirilishi mumkindir. 
Pulpadan (masalan, floto agent sifatida qarag'ay yoki ho'llash yo‘li
171


bilan flotatsiya qilib olingan) ajratib olingan qurumdan yoqilg‘i sifatida 
foydalanishi mumkin. Qurum pulpasiga kerosin (lm 35% li shlamga 
140 L) qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan qurumli konsentratlardan 
briketlash yoki granulalash yo‘li bilan tarkibida 25% qurum, 70% kerosin 
va 5% namlik bo‘lgan yoqilg‘i olish mumkindir. Qurumli chiqindilarni 
saqlash imkoniyati yo‘q bo‘lgan hollarda, ularni yoqib yuboriladi. 28- 
rasmda suyuq yoqilg‘idan sintez-gaz olish jarayonida hosil bo‘layotgan 
qurumni yoqish sxemasi keltirilgan.
Tarkibida 5—7% qurumi bor bo‘lgan suvli-qurumli suspenziya ichki 
devori o ‘tga chidamli qoplamali pechning yoqish kamerasiga forsunka 
orqali beriladi. Pechda 900°C temperaturada namlik bugManadi va 
qurumni yopadi. Qurum yonishi natijasida hosil bo‘layotgan issiqlik 
yetarli bo‘lmagani uchun pechga qo‘shimcha suyuq yoki gaz holatidagi 
yoqilg‘i beriladi.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin