S. M. Turobjonov, M. M. Niyazova


68-rasm. Termomexanik usul bilan regenerat ishlab chiqarish sxemasi



Yüklə 4,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/101
tarix21.10.2023
ölçüsü4,83 Mb.
#159057
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M

174


68-rasm. Termomexanik usul bilan regenerat ishlab chiqarish sxemasi:
1-maydalangan rezina uchun bunker; 2-yumshatgich uchun sig‘im; 3-
dozator; 4-aralashtirgich; 5-chervyakli devulkanizator; 6-rafmirlovchi valslar;
7-mahsulot.
Shuningdek, tarkibida metallar bor bo‘lgan rezina chiqindilaridan 
olingan regeneratdan qora metallurgiyada foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Rezina chiqindilaridan foydalanishni boshqa yo‘nalishiga binoan 
esa ular mayda uvoq holatigacha maydalanib, turli qurilish materiallari 
ishlab chiqarishda, tarkibida 10-40% rezina uvoqlari bor bo‘lgan (turli 
inshootlami korroziyadan saqlash uchun qoilaniladigan bitum-rezinali 
qoplamalar, gidroizolatsiyalovchi va tom ustiga yopiladigan rulon 
materiallar) material sifatida foydalanishdir. Lekin hozirgi kunda rezina 
chiqindilarining miqdori juda ko‘p bo‘lganligi sababli, ularni qayta 
ishlash va utilizatsiya qilish usullarini izlab topish borasida to'xtovsiz 
ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
10.4. Plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish chiqindilarini
qayta ishlash
Qattiq rezina chiqindilari kabi plastmassa chiqindilari ham odaltla 
sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilariga bo‘linadi.
Plastik massa xomashyosini ishlab chiqarish jarayonida turli quyma, 
bolaklar, brak tolalar shaklidagi texnologik chiqindilar hosil qilinndi, 
Turli plastmassa buyumlariga shakl berish uchun quymalar yasnsh
m


jarayonida ham brak mahsulotlar, bo‘laklar, quymalar kabi qattiq 
chiqindilar hosil qilinadi. Bunday chiqindilar aksariyat holatlarda 
quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha qayta ishlanadi:
1) qattiq chiqindi qanday mahsulot ishlab chiqarish jarayonida hosil 
bo‘lgan bo‘lsa, shu jarayonda qaytadan foydalanish;
2) boshqa mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish.
Plastmassa chiqindilari bilan biiga ko‘p miqdorda qimmatli organik
moddalar yo‘qotilib, ulardan foydalanish tashkil qilinsa, tabiiy neft va 
gazdan foydalanish ko‘lami kamaytirilib, atrof-muhit ifloslanishining 
oldini olishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, iqtisodiy muammolami ham hal qilish imkoniyati 
tug‘iladi, ya’ni ikkilamchi polivinilxlorid, polietilen, polistirolning 
tannarxi birlam chilariga nisbatan 2.5—6 m arotaba, ikkilam chi 
kapronning tannarxi birlamchisiga nisbatan 12 marta kamdir.
Plastmassa qattiq chiqindilarini qayta ishlashdan awal ular yig'ilib, 
saralanadi, boshqa aralashmalardan tozalanadi va zichlanadi hamda 
granulalanadi. Ushbu qattiq plastmassa chiqindilarini qayta ishlash 
usullari asosan ularni tozalash darajasi, geometrik o'lchamlari, tashqi 
ko‘rinishi, qo‘shimcha aralashmalarning borligiga bog‘liqdir. Plastmassa 
qattiq chiqindilarini qayta ishlashning eng muhim usullariga maydalash, 
ekstruziya, to ‘ldirish, depolim erizatsiyalash, eritish, kimyoviy 
modifikatsiyalash kiradi.
Quyida (69-rasm) plastmassa chiqindilarini qayta ishlab qishloq 
xo'jaligida qo‘llaniladigan quvur hamda ikkilamchi polietilen plenkasi 
olish sxemasi keltirilgan.

Yüklə 4,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin