2.6 Xronometraj
Xronometraj kuzatuvning keng tarqalgan turi bo’lib, uning yordamida
elementlari qisqa muddatda bajariladigan va davriy ravishda qaytariladigan
texnologik operatsiyalarni bajarishga sarflanadigan vaqtni kuzatish va o’lchash yo’li
bilan o’rganiladi.
Operatsiyalarni o’rganish jarayonida jihozlarning ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan qanday foydalanayotganligi, ish o’rinlarini qanday tashkil
qilinganligi, ishchining ortiqcha unumsiz harakatlarining mavjudligi, operatsiyani
bajarish uslubiyoti ish o’rnining tashkiliy-texnikaviy sharoitlarga muvofiqligi va
boshqalar aniqlanadi. Operatsiyani ayni mana shunday qilib elementlarga taqsimlab
o’rganish xronometrajning asosiy vazifasidir. Bu esa mehnat unumdorligini o’stirish
imkoniyatlarini qidirib topishda, ulardan foydalanishda mazkur ish o’rnidagi og’ir
mehnat talab ishlarini kamaytirishda juda katta ahamiyatga egadir.
Xronometraj ham boshqa kuzatuvlarga o’xshab bir qancha bosqichlarda
o’tkaziladi:
1. Tayyorgarlik bosqichi.
2. Kuzatuvni o’tkazish.
3. Kuzatuv natijalarini o’tkazish.
1. Tayyorgarlik bosqichida bir qancha ishlar amalga oshiriladi. Ularning
mohiyati quyidagicha:
99
Kuzatuvning maqsadi belgilanadi. Xronometraj kuzatuvi texnik asoslangan
vaqt me’yorini aniqlash, operativ ishning tarkibini o’rganish, asosiy, yordamchi
elementlarga sarflanadigan vaqtlarni hisoblash, ilg’or ish usullarini o’rganish, targ’ib
qilish, ishlab chiqarishga joriy qilish, me’yorlarning bajarilishini nazorat qilish va
boshqa maqsadlar uchun o’tkaziladi.
Kuzatuvning maqsadiga ko’ra kuzatish tayanchi tanlab olinadi, agar kuzatuv
mazkur operatsiyani me’yorlash yoki normativlar ishlab chiqish uchun dastlabki
ma’lumotlar olish maqsadida o’tkazilsa, kuzatish uchun mehnat unumdorligi ishlab
chiqarish ilg’orlarining barqaror o’rtacha ish natijasiga ega ishchilar tanlab olinadi.
Agar ilg’or ish usullarini o’rganish va joriy etish maqsad qilib olinsa, ilg’or ishchilar
tanlab olinadi va h.k. Tanlab olingan ishchilar bilan kuzatuv maqsadi haqida
suhbatlar o’tkaziladi, ishchilarga aniq ko’rsatmalar beriladi.
Tayorgarlik bosqichida o’rganilayotgan operatsiya mayda bo’laklarga
ajratiladi, ya’ni texnologik operatsiya ish usullariga: detallarni olish, aylantirish,
tekislash, mashina mokisini tagiga qo’yish, tikish, ipni qirqish kabilarga ajratiladi.
Kuzatuvchi usullarning aniq mazmunini va ularning qayd nuqtalarini bilishi kerak.
Qayd nuqtasi operatsiya elementini boshlanish yoki tugallanish momentini aks
ettirishi kerak.
Kuzatuvchi kuzatuv natijalarini shu qayd nuqtasiga ko’ra kuzatuv varag’iga
belgilaydi. Kuzatuvning natijasi kuzatuv usullarini tanlashga ham bog’liq.
Xronometraj kuzatuvi ikki xil usulda: joriy vaqt bo’yicha uzluksiz va tanlanma
usulda uzlukli ravishda o’tkaziladi.
Joriy vaqt bo’yicha kuzatuv texnologik operatsiyaning davriy ravishda
qaytarilib turadigan hamma elementlarini o’rganish uchun o’tkaziladi. Uzluksiz
usulda har qaysi usul uchun bitta, odatda elementning tugashini ko’rsatuvchi qayd
nuqtasi belgilanadi, chunki shu nuqtaning o’zi keyingi usulning boshlanish qayd
nuqtasiga mos keladi. Tanlanma xronometraj usulida esa operatsiyaning har qaysi
elementi uchun ikkita: boshlanish va tamom bo’lish qayd nuqtasi belgilanadi.
Kuzatuv varag’iga elementning boshlanish va tamom bo’lish vaqti yoziladi.
100
Texnologik operatsiyalar aniq bir ketma-ketlikda bajariladigan tikuvchilik,
poyafzal korxonalarida asosan xronometraj joriy vaqt bo’yicha uzluksiz ravishda
o’tkaziladi, lekin notekis to’qimachilik ishlab chiqarishida esa tanlanma alohida
hisoblar bo’yicha usulidan foydalaniladi. Bunday xronometraj kuzatuvchiga ish
usullarining bajarilish texnikasiga ko’proq e’tibor berish, usullarning boshlanish va
tugallanish payitlarini aniqroq qayd etish, yanglish o’lchashlarni birdaniga belgilab
qo’yish va chiqarib tashlash imkonini beradi. Operatsiyani elementlari bo’yicha
ularni bajarilish vaqti hisoblangan bo’lib, xronometraj qatori tayyor holda chiqadi.
Xronometraj o’tkazishning tayyorgarlik bosqichida takror kuzatuvlarning
taxminiy soni belgilanadi. Kuzatuvlarning soni operatsiyani, uning usullarini davom
etish vaqti, ularni bajarilish usullariga (mashina, mashina aralash qo’l, qo’l) ko’ra
normativdan olinadi. Masalan mashinada bajariladigan bir minutgacha davom
etadigan operatsiyalar uchun kuzatuvlar soni 40 taga teng.
Kuzatuv natijalari xronometraj kuzatuv varag’iga yoziladi, shu sababli kuzatuv
o’tkazishni boshlashdan avval kuzatuv varag’i to’ldiriladi, unda texnologik
operatsiyaning nomi, operatsiya usullarining nomi, ishchining ismi sharifi, razryadi,
ish ko’nikmasi, texnologik jihozning nomi, kuzatish maqsadi, kuzatish vaqti va
boshqalar yoziladi.
2. Kuzatuvni o’tkazish. Kuzatuv kuzatuvchi tomonidan o’tkaziladi, bir va ikki
strelkali sekundomerlardan foydalaniladi. Kuzatuv varag’iga, kuzatuvning boshlanish
vaqti 0 deb, keyingi elementlar uchun esa ularning tamom bo’lish vaqti yoziladi.
Kuzatuvchi elementlar bo’yicha vaqt sarfini belgilab, ularni xronometraj kartasiga
yozib borish bilangina cheklanmasdan, balki ishchi operatsiyaning mazkur elementini
qanday bajarayotganini kuzatib borish kerak. Kuzatish davomida ishdagi
to’xtalishlar, nuqsonlarni tuzatish, mexanikni chaqirish yoki boshqa sabablar bilan
paydo bo’lgan tanaffuslar ham xronokartaning maxsus bo’limiga boshlangan va
tugagan vaqtlari qayd etiladi.
Xronometraj kuzatuvi fiziolog olimlarning tavsiyasi bo’yicha ishchilarning ish
unumdorligi bir maromda boradigan vaqtida o’tkazilishi kerak, chunki smenaning
101
boshida ishchilar charchamagan bo’lib, ularning ish qobiliyati yuqori darajada,
smenaning oxirida esa past bo’ladi.
Shu sababli xronometraj kuzatuvi ish smenasi boshlanganidan 1-1,5 soat
o’tgandan keyin o’tkaziladi.
3. Kuzatuv natijalarini tahlil qilish kuzatuvning tugallovchi bosqichi bo’lib,
unda quyidagilar bajariladi:
- operatsiya elementini davom etish vaqti aniqlanadi, buning uchun elementni
tugallagan vaqtidan boshlanish vaqti ayirib tashlanadi. Operatsiyaning har bir
elementining qancha davom etishini ko’rsatuvchi qatorning miqdor o’lchovlari hosil
bo’ladi, bu qatorni xronometraj qatori deb ataladi.
- har qanday xronoqatorda operatsiya elementlarini davom etish vaqtida bir-
biridan keskin farq qiladigan tafovutlar bo’ladi, ushbu tafovutlar kuzatuv natijalariga
salbiy tasir ko’rsatmasligi uchun, ularni xronoqatordan olib tashlash kerak bo’ladi,
ya’ni xronoqator xato ko’rsatkichlardan tozalanadi, normativ bo’yicha kuzatuvlar
soniga nisbatan 10% miqdordagi kuzatuvlar soni xronoqatordan o’chirib tashlanishi
mumkin, ular kuzatuv natijalarini tahlil qilishda ishlatilmaydi.
- xronoqator bu kamchiliklardan holi bo’lgandan keyin xronoqatorning
barqarorlik koeffitsienti aniqlanadi. Barqarorlik koeffitsienti xronoqatordagi
maksimal qiymatni minimal qiymatga taqsimlab aniqlanadi.
min
max
t
t
K
bar
=
Bu yerda: K
bar
– xronoqatorning barqarorlik koeffitsienti.
Kuzatuv natijalarining aniqliligi haqiqatdagi barqarorlik koeffitsientini
normativ barqarorlik koeffitsienti bilan taqqoslab aniqlanadi.
Xronometraj qatorlarining barqaror bo’lishi uchun haqiqatdagi barqarorlik
koeffitsienti normal koeffitsientdan kichik yoki teng bo’lishi kerak,
haq
bar
nor
bar
K
K
³
Xronometraj qatorlarining normal barqarorlik koeffitsienti operatsiya
elementlari (usullari)ning bajarilish usuli va davom etish vaqtiga ko’ra quyidagi 2.1-
jadvaldan olinadi.
|