1. Tezkor tahlil o’tkazish usuli.
U statistik ma’lumotlarni o’rganish asosida
qat’iy belgilangan muddatlarda o’tkaziladi. Uning maqsadi – mehnat me’yorlarining
holatini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlarini doimiy ravishda nazorat qilish va yangi
texnologik operatsiyalarni chuqur tahlil qilishdan iborat.
Kuzatish davrida quyidagilar tekshiriladi: me’yorni bajarishning o’rtacha
darajasi, ishbay ishchilarning texnologik operatsiyani bajarilishiga ko’ra
taqsimlanishi, mehnat me’yorlarini o’rtacha ko’rsatkichlardan chetga chiqishi, texnik
asoslangan me’yorning salmog’i, ish va ishchilarning malaka darajalari va boshqalar.
131
2. Maqsadli tahlil qilish usuli.
Maqsadli tahlil usuli tezkor kuzatish va hisobot
natijalari asosida o’tkaziladi. Uning vazifalariga korxonaning alohida bo’limlarida
mehnat me’yorlarini chuqur o’rganish kiradi. Maqsadli kuzatish yordamida
harakatdagi me’yorlarni texnik asoslangan me’yorlardan cheklanish sabablari
o’rganiladi, buning uchun ishlab chiqarishning maromi, kadrlar bilan
ta’minlanganligi me’yorlarni bajarilishini aniq hisoboti asos qilib olinadi. Ayniqsa,
ishlab chiqarish uchastkalarida mavjud bo’lgan ish vaqtlarining zoye ketishi, bekor
turib qolishlar va boshqalar chuqur tahlil qilinadi. Kuzatish vaqtida me’yorlarni
bajarmaslikning sabablarini o’rganishga alohida e’tibor qaratish kerak, chunki ular
tasodifiy yoki haqiqatda doimiy bo’lishi mumkin.
Aniq me’yorlarni kuzatish maqsadi kuzatishning bir bo’lagi sifatida yoki
me’yorlarning sifatini aniqlash uchun belgilangan yagona reja asosida mustaqil
o’tkaziladigan tahlil usulidir. Tezkor va maqsadli tahlilda asosan statistik malumotlar
asos qilib olinadi, tezkor hisoblash ma’lumotlaridan ham foydalaniladi. Aniq
me’yorlarni tahlil qilish esa alohida kuzatishlar asosida amalga oshiriladi.
Bu ishni samarali bajarish uchun korxonada kerakli me’yoriy hujjatlar va
uslubiy ma’lumotlar bo’lishi kerak va mamlakatdagi ilg’or korxonalar tajribasidan
keng foydalaniladi.
Korxonalarda mehnat me’yorlarining bajarilishi va o’zlashtirilishini hisobga
olish va nazorat qilishning ahamiyati katta bo’lib, uning asosida mehnat
unumdorligini o’sish darajasi belgilanadi.
Har bir ishchining ishlab chiqarish topshirig’ini bajarishni hisobga olish yoki
nazorat qilish ikkita ko’rsatkich orqali amalga oshiriladi:
- mahsulot ishlab chiqarish me’yorini bajarilishi;
- mahsulot ishlab chiqarish me’yorini o’zlashtirilishi.
Mahsulot ishlab chiqarish me’yorini bajarish koeffitsientini ishchi belgilangan
mehnat me’yorini amalda qay darajada bajarganligini ko’rsatadi.
Mehnat me’yorlarini o’zlashtirish koeffitsienti esa, ishchi belgilangan me’yorni
qay darajada bajarishga qodir ekanligini ko’rsatadi.
132
Mehnat me’yorlarini bajarish va o’zlashtirish koeffitsientlari quyidagi usullar
yordamida aniqlanadi:
1. Ishlab chiqarilgan mahsulotning soni orqali;
2. Sarflangan vaqt orqali;
3. Ishchilarning ish haqi orqali.
I-usul.
a) Ishlab chiqarilgan mahsulot soni orqali mehnat me’yorlarini bajarish foizi
quyidagicha aniqlanadi:
100
×
=
m
haq
baj
M
V
K
Bunda: V
haq
- haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot soni, dona juft, M
m
– mahsulot
ishlab chiqarish me’yori: dona, juftda.
b) Mehnat me’yorlari o’zlashtirish foizi quyidagicha aniqlanadi:
100
1
'
×
=
m
haq
zl
o
M
V
K
Bunda:
1
m
M
– haqiqiy ishlangan vaqti uchun belgilanadigan mahsulot ishlab
chiqarish me’yori.
Masalan, A operatsiyani bajarish me’yori bir smena uchun 500 donaga teng,
smena davomiyligi 8 soat va smena davomida ishchi haqiqatda 7 soat ishlagan va 1
soat o’ziga bog’liq bo’lmagan sababga ko’ra ish vaqtini yo’qotgan. Haqiqatda ishlab
chiqargan mahsulot soni 480 ta.
Me’yorni bajarish foizi quyidagicha aniqlanadi:
%
96
100
500
480
=
×
=
v
P
Me’yorni o’zlashtirish foizi esa quyidagicha aniqlanadi:
%
7
,
109
100
8
500
7
480
=
×
×
=
o
P
Mehnat me’yorlarini bajarilishi va o’zlashtirilish koeffitsientlari orasidagi
tafovut ish vaqtidan foydalanishdagi yo’qotishlarni ko’rsatadi. Ish vaqtini yo’qotilishi
asosan tashkiliy yoki boshqa texnik sabablarga ko’ra paydo bo’ladi, shu sababli bu
ikkala ko’rsatkich orasidagi farq qancha katta bo’lsa, bu ishlab chiqarish
133
uchastkasida, sexlarda va pirovard natijada korxonada mehnatni to’g’ri tashkil
qilinmaganligidan dalolat beradi.
II-usul. Sarflangan vaqt bo’yicha aniqlash.
a) Mahsulot ishlab chiqarish me’yorini bajarish foizi quyidagicha aniqlanadi:
100
100
×
×
=
×
=
T
V
N
T
T
K
haq
vr
ishch
m
baj
b) Mahsulot ishlab chiqarish me’yorini o’zlashtirish foizi quyidagicha
aniqlanadi:
ket
zoye
haq
vr
ishch
m
zl
o
T
T
V
N
T
T
K
-
×
=
×
=
100
'
Bunda;
T
m
– bajarilgan ishni vaqt me’yori bo’yicha kattaligi, sek, min, N
vr
-
operatsiyani bajarishda vaqt me’yori, sek, min, T – ish vaqtining davomiyligi, sek,
min, T
ishch
– ishchining haqiqatda ishlagan vaqti, min, soat, T
zoye ket
– ish vaqtining
zoye ketishi, min, soat.
III-usul. Ish haqi orqali hisoblash.
a) Mehnat me’yorlarini bajarish foizi:
100
×
=
TS
IX
K
ishb
boj
b) Mehnat me’yorlarini o’zlashtirish foizi:
100
1
'
×
=
TS
IX
K
ishb
zl
o
Bunda: IX
ishb
- ishbay ish haqi, TS - ishbay ishchining tarif stavkasi, so’m, TS
1
– ishbay ishchining haqiqatda ishlagan vaqti uchun aniqlangan tarif stavkasi, so’m.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni me’yorlashni takomillashtirishning
asosiy yo’nalishlari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
- me’yorlash jarayonini kengaytirish, uni har bir toifa ishchi va xodimlar uchun
joriy etish;
- texnik asoslangan me’yorlarni ishlab chiqarishga keng joriy etishni
tezlashtirish, bunda tarmoqlararo, tarmoq bo’yicha va boshqa ilg’or me’yoriy
hujjatlardan foydalanish;
- me’yorlarning ilg’orligini qo’llab-quvvatlash, mehnat me’yorlarini o’z
vaqtida almashtirish va qayta ko’rib chiqish;
134
- mehnat me’yorlarini hisoblash, yaratish uslublarini takomillashtirish, ularning
texnik asosini oshirish;
- mehnat me’yorlarining mehnat unumdorligiga ta’sirini oshirish maqsadida
texnik asoslangan me’yorlarni qo’llash;
- texnik asoslangan me’yorlarni hisoblashda tarmoqlararo va tarmoqlar
me’yorini qo’llash.
Mehnatni me’yorlashni takomillashtirishda me’yorlarning ilg’orligiga
ahamiyat berish, eskirgan me’yorlarni o’z vaqtida almashtirish va qayta ko’rish,
ularning ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Bu bilan bog’liq ishni davom ettirish kerak, ishlab chiqarish ilg’orlari
tomonidan qo’llaniladigan ish usullarini o’rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida
qo’llash va yangi mehnat me’yorlarini loyihalash, mikroelementlar bo’yicha mehnat
me’yorlarini hisoblash zarurdir.
Dostları ilə paylaş: |