87
11-mavzu. Karamdoshlar (Brassicaceae),Gulxayridoshlar (Malvaceae) oilasi
Karamdoshlar oilasi – Brassicaceae.
Bu tartibga 4 ta oila kiradi. Ularga
kovuldoshlar (Capparidaceae) va karamdoshlar (Brassicaceae)oilalari ham kiradi.
Karamdoshlar (Brassicaceae)
oiLasi 380 ta turkum va 3000 ga yaqin turni
birlashtirib, gulli o‘simliklarning eng qadimiy shu bilan polimorf oilalaridan biri
hisoblanadi. Oila vakillari asosan 1, 2 va ko‘p yillik o.‘t o‘simliklar ba’zi
vakillari chala buta va buta shaklida shimoliy yarim sharning mo‘tadil va sovuq
iqlimli hududlarida o‘suvchi o‘simliklar orasida muhim o‘rinni egallaydi. Barglari
oddiy, butun yoki qirqilgan, poyada navbatlashib o‘mashgan, yon bargchasiz.
Gullari oddiy yoki murakkab shingil, ro‘vakto‘pgulIarda joylashgan. Gullari
to‘g‘ri, ikki jinsli, qo‘sh gulqo‘rg‘onli kosachabarglari va gultojibarglari 4
tadan, erkin qarama-qarshi bo‘lib, butasimon joylashgan. Chanchisi 6 ta,
bulardan 4tasi uzun, ikkitasi qisqa, ikki doirada joylashgan urug‘chisi bitta,
ikkita mevabarchalarning qo‘shilib o ‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki,
ikki uyali, tumshuqchasi ko‘pincha sharsimon. Mevasi odatda pastdan yuqoriga
qarab ikkita pallaga bo‘linadigan ko‘p urug‘li qo‘zoq, qo‘zoqcha yoki bir
urug’i chatnamaydigan yong‘oqcha. Ba’zan qo‘zoq chatnamaydigan bo‘g‘imli
bo‘lib, faqat bo‘g‘imidan parchalanadi. Urug‘i endospermsiz. Bu oilaga
mansub o‘simliklarning ko‘pchiligi sabzavot o‘simliklari hisoblanib, oziq-
ovqat sifatida ko‘p ishlatiladi. Boshqa turlari esa dorivor, bo‘yoq beruvchi,
yem-xashak va manzarali o‘simliklar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: