S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Dorivorlik xususiyati
. CHitrang‘i turlarining yer ustki qismi tarkibida erizimin va 
erizimozid yurak glikozidlar, urug‘ida ko‘p miqdorda yog‘ bor. Dori preparatlari 
yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Kulrang chitrang‘ining 
quritilmagan yer ustki qismining shirasi yurak kasalliklarini davolashda 
ishlatiladigan kardiovalen preparati tarkibiga kiradi 
Chitrang‘i-
 
Erysimum diffusum Ehrh.
 
Gulxayridoshlar (Malvaceae) oilasi 
Gulxayridoshlar
(Malvaceae) - ikki pallalilardan ayritojlilarga mansub oʻt 
va butalar oilasi. Barglari panjasimon oʻyma. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yirik, 
oq, sariq yoki pushti. Kosachasi ikki kavat. Changchilari juda koʻp, ipchalari 
tutash. Urugʻchisi bitta. Mevasi koʻpchiligida koʻsak. Yer yuzida 80 ga 
yaqin turkumi va 1500 turi bor. Koʻp tropik va subtropiklarda tarqalgan. 
Bulardan gulxayri,  gʻoʻza,  kanop, tugmachagul, paxtagul, gulhamishabahor keng 
tarqalgan. Oʻzbekistonda 6 turkumi va 17 turi oʻsadi. Ularning koʻpidan tola 
olinadi, dori tayyorlanadi. Manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. 


91 
Sistematikasi 
Bo‘lim.
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o ‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)
 
(Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) -Магнолиевые или
 
Двудольные
 
Ajdodcha (sinfcha)-
Magnoliyakabilar (M agnoliidae) Магнолиевые 
Qabila. 
Gulxayrinamolar (Malvales)- Мальвовые
 
Oila. 
Gulxayridoshlar (Malvaceae Juss.) - Мальвовые 
Turkum. 
Tugmachagul (Malva L.) - Мальва
Tur. Dorivor tugmachagul - Malva sylvestris.
bu dorivor va dekorativ o‘simlik, 
Gulxayridoshlar oilasining vakili. Olimlar Afrika va Shimoliy Amerikani 
o‘simlikning vatani deb hisoblashadi. Shuningdek, u Yevropada o‘sadi
. Poyasi yer 
bagʻirlab, baʼzan yerdan bir oz koʻtarilib oʻsadi. Shoxlangan, boʻyi 10-40 sm. Ildizi 
oʻq ildiz. Barglari uzun bandli, 5-7 boʻlakli. Gullari 3-4 tadan barg qoʻltigʻida 
joylashgan. Mevasi danakchali toʻpmeva. Aprel oyidan to okttabrgacha gullab 
mevalaydi. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin