S xolmuratov korxonada kadrlar


 Malaka oshirishga ehtiyojingiz bormi?  1) ha;  2) yo‘q;  3) javob berishga qiynalaman.  10



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/90
tarix03.12.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#72168
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
Кадрлар сиёсати (2)

9. Malaka oshirishga ehtiyojingiz bormi? 
1) ha; 
2) yo‘q; 
3) javob berishga qiynalaman. 
10. Fikringizcha, siz uchun mos keluvchi uchta omilni tanlang: 
1) men uchun eng muhimi – pul daromadidir; 
2) men uchun eng asosiysi - lavozimda o‘sishga intilaman; 


26 
3) men doim rahbar va hamkasblarimning tanqidini yoqtirmay-
man; 
4) men doim mehnatim tufayli oladigan jazo va ko‘ngilsiz
voqealar bo‘lmasligini xohlayman;
5) men jamoada hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lishni istayman;
6) men avvalo yaxshi bajargan ishimdan mamnunman;
7) men uchun ishim jamoaga foydali ekanligini bilish juda 
muhim. 
 
2-savolnoma 
 
1. Siz o‘z vazifalaringiz doirasini aniq bilasizmi? 
1) ha; 
2) yo‘q; 
3) taxminan. 
2. Sizning mehnat faoliyatingizga nima to‘sqinlik qiladi? 
1) noto‘g‘ri tanlangan mutaxassislik; 
2) ta’limning yetarli darajada emasligi; 
3) malakaning yetarli darajada emasligi; 
4) ish sharoitining nomunosibligi; 
5) ishdagi hamkasblarimning past malakasi; 
6) rahbariyat tomonidan talabchanlik yo‘qligi; 
7) hech narsa xalaqit bermaydi; 
8) boshqa ko‘rsating. 
3. Sizni egallab turgan lavozimingiz yo‘riqnomasi bilan 
tanishtirishdimi? 
1) ha; 
2) yo‘q. 
4. Sizningcha Shu korxonada lavozimingiz bo‘yicha o‘sish
istiqboli bormi? 
1) ha; 
2) yo‘q; 
3) bu mavzu haqida hech kim gapirmadi; 
4) javob berishga qiynalaman. 
5. Siz o‘z ish joyingizda mehnatni tashkil etilganlik holatini 
qanday baholaysiz? 


27 
1) ish joyi belgilangan vazifalarni bajarish uchun munosib 
jihozlanmagan; 
2) xonaning tugallanmagan dizayni; 
3) kompaniya joylashgan hududda ekologik sharoit noqulay; 
4) og‘ir mehnat sharoitlari (shovqin va hokazo); 
5) tegishli kompyuter texnikasining mavjud emasligi; 
6) boshqa ko‘rsating. 
6.Korxonada ishingizning asosiy maqsadlariga ta’rif bering 
1) o‘zingiz va oilangizning turmush xarajatlari uchun pul 
bo‘lishi kerak; 
2) menga munosib ish haqi darajasi miqdorini belgilash zarur; 
3) mening kasbim (mutaxassisligim) bo‘yicha boshqa yerda 
ishga joylashish imkoni yo‘q bo‘lgani uchun shu yerda 
ishlamoqdaman; 
4) kasbim bo‘yicha yaxshi ish hali beri topilmasligi uchun; 
5) ishsiz bo‘lishdan qo‘rqish; 
6) ishimning istiqomat qilayotgan joyimga yaqinligi;
7) kasbiy mahorat va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyati; 
8) mehnat faoliyatidan ma’naviy qoniqish; 
9) boshqasini ko‘rsating. 
6. Sizning ishingiz samaradorligiga eng ko‘p darajada ijobiy 
ta’sir qiluvchi sabab? (Muhimlik darajasini raqamlar bilan 
belgilab qo‘ying, 1- eng muhim va hokazo) 
1) yuqori ish haqi; 
2) kelajakka ishonch, mavjud ijtimoiy kafolatlar; 
3) korxonadagi ishbilarmonlik muhiti, bilimdon va tashabbus-
kor rahbariyat; 
4) rahbariyat tomonidan faoliyatimning tan olinishi, ma’naviy 
rag‘batlantirish; 
5) mening mehnatim natijalari jamoa va odamlarga kerak; 
6) kasbim bo‘yicha professional mahoratim va ko‘nikmalarim 
oshib borish imkoniyatlari;
7) jamoadagi o‘zaro hurmat va sog‘lom ruhiy munosabatlar; 
8) mustahkam sog‘liq; 
9) mamlakatimizning iqtisodiy va siyosiy barqarorligi; 
10) korxonadagi lavozimda o‘sish iqtiqbollari; 


28 
11) rahbariyat tomonidan e’tibor va g‘amxo‘rlik; 
12) qulay axloqiy-ruhiy muhit; 
13) munosib mehnat sharoitlari mavjudligi 
14) muntazam o‘qish, kasbiy mahorat va malakani oshirib 
borish imkoniyatlari; 
15) boshqa ko‘rsating. 
7. Korxonangizda quyidagi xususiyatlar qanday namoyon 
bo‘ladi? (Fikringizcha, haqiqatga to‘g‘ri keladigan baholarni doira 
qilib chizib oling.)
Baholar: 3 – qat’iy fikr; 
2 – ustunlik qiluvchi fikr; 
1 – fikr ba’zan bildiriladi; 
0 – boshqa fikr bildiriladi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin