Sahifa: 199 Mavlono Lutfiy lirikasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix19.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#186615
1   2   3   4   5   6   7   8
199-206

www.pedagoglar.uz
 
44-son 7–to’plam may 2023
Sahifa: 201 
devoni mashhur”. Shoirning forsiy tildagi asarlarini to‘plab devon tuzgani bizga 
ma’lum bo‘lmasa-da, uning bu tilda ham katta mahorat bilan ijod qilganini 
zamondoshlari e’tirof etgan edi.Alloma adabiy merosi orasida dostonlar alohida o‘rin 
egallaydi. Shulardan biri 1411-yilga yaratilgan “Gul va Navro‘z” dostonidir. Alisher 
Navoiy “Majolis un-nafois”da Lutfiyning bizgacha yetib kelmagan “Zafarnoma” deb 
nomlangan dostoni to‘g‘risida ma’lumot beradi va yozadi: “Mavlononing 
“Zafarnoma” tarjimasida o‘n ming baytdan ortiqroq masnaviysi bor. Bayozg‘a 
yozmog‘oni uchun shuhrat tutmadi”. Tadqiqotchilar “Zafarnoma” tarjimasining 
manbayi Sharafiddin Ali Yazdiyning fors tilida yaratilgan Amir Temur hayotiga oid 
“Zafarnoma” asari ekanligini qayd etadi. Shunday ekan, Lutfiy o‘z davrida avlodlar 
uchun g‘oyat ahamiyatli bo‘lgan bir mavzuga qo‘l urgan va Ali Yazdiyning tarix va 
xotira uslubida yozilgan asarining turkiy tildagi poetik namunasini yaratgan. Professor 
Y. E. Bertels shoir bu masnaviyni Firdavsiyning “Shohnoma”si uslubidagi 
qahramonlik asari sifatida rejalashtirgan bo‘lishi kerak, deb aytadi. Lekin qandaydir 
sabablarga ko‘ra uni oqqa ko‘chirmagan. Navoiy ham “oqqa ko‘chirmagani 
(“bayozg‘a yozmog‘oni uchun”) uchun shuhrat tutmadi” deb aytadi.Manbalarda 
Lutfiyning axloq-odob mavzusida “Mashqun ul-haqoyiq” nomli asar yaratgani ham 
eslanadi. Xo‘tanlik Mulla Ismatullaning “Tarixi musiqiyun” asarida Lutfiyning musiqa 
tarixi bilan ham shug‘ullangani, kuylar bastalagani qayd etiladi. Qariyb yuz yil umr 
ko‘rgan daho shoirning ijod qamrovi ham rang-barang bo‘lgani, xususan, badiiy 
adabiyot sohasida ko‘p ishlarga ulgurgani shubhasizdir.Shoirning ona tilidagi lirik 
asarlaridan iborat devoni o‘z davridayoq Xuroson va Movarounnahrdan tashqari turkiy 
tilda so‘zlashuvchi ko‘pgina o‘lkalarga ham kirib borgan edi. Keyin bu hudud yanada 
kengayib bordi. Mavlono Lutfiy XVI–XX asrlar mobaynida ko‘chirilgan turkiy 
devonining 33 ta qo‘lyozma nusxasi yetib kelgan bo‘lib, ular Toshkent, Dushanbe
Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qo‘lyozma 
fondlarida saqlanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik 
instituti, Qo‘lyozmalar instituti fondlarida Lutfiy devonining o‘nlab nodir nusxalari 



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin