www.pedagoglar.uz 44-son 7–to’plam may 2023
Sahifa: 202
saqlanadi.Lutfiy qalamiga mansub manzumalarning umumiy miqdori 2774 bayt yoki
5548 misradan ortiq. [6]Ularning katta qismi (2086 bayti) g‘azal janrida yozilgan.
Lutfiyning “Sensan sevarim” nomli to‘plami G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at
nashriyotida 1987-yilda chop etilgan devonidir. Devon Sharq she’riyatining yetakchi
janrlaridan bo‘lgan g‘azal, ruboiy, tuyuq, qit’a va fardlarni o‘z ichiga oladi. U,
odatdagidek, hamd va na’t she’rlari bilan boshlanadi. Devonning deyarli ko‘p
nusxalarida Shohrux Mirzo nomiga yozilgan qasidaga ko‘zimiz tushadi. Ayrim
nusxalarda esa temuriy shahzodalar: Boysung‘ur Mirzo, Iskandar Mirzo nomiga
bag‘ishlangan qasidalar ham uchraydi.Lutfiy devonidan o‘rin olgan lirik asarlarning
yetakchi mavzusi – ishqdir. Shu ishq insonning zohiriy va botiniy olamini oyna bo‘lib
aks ettiradi. Biz bu asarlarda ishqning dunyoviy talqinlarini ham yuksak san’at bilan
aks ettirilganini kuzatamiz.Navoiy o‘zining “Manoqibi Pahlavon Muhammad” asarida
Lutfiyni “zohir ahli shuarosi”, ya’ni dunyoviy mavzular talqinida mahorat ko‘rsatgan
shoir sifatida alohida ta’kidlaydi. Shoir lirikasida keng o‘rin tutgan dunyoviy
mavzular, ayni paytda, diniy-tasavvufiy mavzular bilan uyg‘unlashib, biri-birini
to‘ldirib keladi. Shu tarzda ular majoz va haqiqat birligini tashkil qiladi.Alloh o‘zi
yaratgan mavjudot va maxluqotlar orasida insonni eng mo‘tabar pog‘onaga ko‘tardi.
Unga o‘z nurini berdi. Inson shuning uchun ham azizdir. U husn bobida ham “mazhari
sun’i ilohdir”. Lutfiyning quyidagi baytida shu mazmunga ishora qiluvchi teran bir fikr
o‘zining go‘zal badiiy ifodasini topgan:
Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg‘ali,
Ko‘zgudek qildi seni o‘zini paydo qilg‘ali.
Lutfiy g‘azallari markazida turgan qahramon hayotining Alloh in’om etgan
barcha go‘zalliklari-yu, ne’matlaridan bahramandlik tuyg‘usi bilan yashaydi. “Bari
aysh birla kechsa kerak ushbu umri foni”, deb xitob qiladi. Shoir lirik qahramonini
navbahor kelishi bilan chamanlarning gurkirab ketishi, gul faslining tarovati maftun
etadi. U shu chamanda “sarviqad guli xandoni”ni izlaydi.
Yoz bo‘ldi, kerak ul buti ayyor topilsa,