Sahifa: 199 Mavlono Lutfiy lirikasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#186615
1   2   3   4   5   6   7   8
199-206

www.pedagoglar.uz
 
44-son 7–to’plam may 2023
Sahifa: 203 
Barcha topilur, bizga kerak yor topilsa. 
Men kezguchi qulnung tururin siz ne so‘rarsiz! 
Istang meni ul yerdaki, dildor topilsa. 
Shoir lirikasida hayot zavqi, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish, shodlik 
ohanglari bilan birga inson qadriyati va uning orzu-umidlarini oyoqosti qiluvchi 
“kajraftor charx”, “sergina falak”, “jaholatpesha odamlar”dan ozurdahollik kayfiyatlari 
ham yuz ko‘rsatadi. Bunday tasvirlarda shoir o‘zini o‘rab turgan hayotga har jihatdan 
yaqinlashib boradi. Lutfiyning hamisha yaxshilikka umidvor bo‘lgan oshiq nidolarini 
o‘z ichiga olgan baytlarida quyidagi talqinga ko‘zimiz tushadi. 
Yo‘q turur yolg‘uz bu Lutfiy joniga javri raqib, 
Qayda bir dono durur ul javri nodon tortadur.[5] 
Lutfiyning o‘ziga xos katta mahorati ham dastlab, bir tomondan qalamga 
olinayotgan barcha mavzularni qulay ochib beradigan poetik obrazlar vositasida 
tasvirlash bilan kitobxonlar qalbiga yo‘l topishidadir. Uslub soddaligi, ifodalarning 
xalqonaligi, she’r vaznining xalq qo‘shiqlariga yaqinligi Lutfiy lirikasining 
muvaffaqiyatini ta’min etgan ikkinchi muhim omildir. 
Lutfiyning nazmiyatda xalq maqollaridan istifoda etish bobidagi san’atkorligi 
ayniqsa yuksakdir. Uning ruboiy, qit’a, tuyuq va fardlarida kishi ruhiy olamining rang-
barang lahzalari, axloq-odob mavzularining talqinlari asosiy o‘rin tutadi. Shoirning 
to‘rtliklari haqida so‘z borar ekan, uning tuyuqlari alohida diqqatga sazovor. Ko‘proq 
turkiy tildagi she’riyatga taalluqli tajnisli (zulma’nayn) so‘zlar vositasida tuyuq 
yaratish san’ati Lutfiy she’riyatida yorqin ifodalangan. Uning devonidan o‘rin olgan 
ko‘plab tuyuqlardagi nafis ma’no tovlanishlari kitobxonni ona tilimizning boy 
imkoniyatlari qatlamlariga olib kiradi, estetik zavq beradi. 
Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen, 
Vah, qachon yetkayman ul dilbanda men, 
Bevafolarg‘a meni qilding asir, 
Sen manga sultonsan, ey dil, bandamen.[4] 



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin