www.pedagoglar.uz
44-son 7–to’plam may 2023
Sahifa: 206
insoniy munosabatlarni ichki bir iftixor bilan tilga oladi. Navoiy Lutfiydan
nazmiyatning sir-sinoatlari bobida ko‘p narsa o‘rgandi. Ustoz she’riyatiga bo‘lgan
katta e’tiqod bilan uning “Laylatul me’rojning sharhi sochi tobindadur”, “Ko‘kdadur
har dam fig‘onim ko‘rgali sen mohni”, “Ey soching shaydo ko‘ngullarning savodi
a’zami” misralari bilan boshlanuvchi g‘azallariga muxammaslar bog‘ladi. Uning
ustozni “Ey jamoling lahzolu bebadal husnung jamil”, “Ey qading to‘biyi jannat haddi
gulgun ustina” muqaddimasiga ega g‘azallariga musaddaslari ham mavjud. Ta’kidlash
kerakki, Navoiy o‘zigacha va o‘ziga zamondosh bo‘lib yashagan turkiygo‘y
shoirlardan faqat Lutfiy g‘azallarigagina muxammas va musaddaslar bog‘lagan. Lutfiy
g‘azallariga muxammaslar bog‘lash Munis, Ogahiy, Ravnaq va Amiriy ijodlarida ham
uchraydi. Bizga zamondosh bo‘lib yashagan Charxiyning ham shu yo‘nalishda
muxammaslari bor. Shoir g‘azallari maqom va xalq kuylari bilan ijro etiladi.Lutfiy
g‘azalnavis sifatida Sharq adabiyotida barqarorlashgan adabiy-estetik an’analar bilan
xalq og‘zaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini nihoyatda mohirlik bilan
muvofiqlashtirgan. Uning g‘azallarida insoniy dard, armon, qayg‘u va shodlik tasviri
betakror bir ta’sirchanlik kasb etgan. Lutfiy nainki g‘azallarida, ruboiy, tuyuq, qit’a,
fardlarida ham nafosat hissi shakllangan, did va saviyasi baland kishilarning-zukko va
hayotsevar xalq vakillarining fikr-u tuyg‘ularini tarannum etgan.Mavlono Lutfiy 1465-
yilda Hirot yaqinidagi Dehikanorda vafot etgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.E.Rustamov. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine 15 veka. —Moskva
1963.[1]
2.S.Erkinov. Lutfiy. Hayoti va ijodi. — Toshkent 1965.[2]
3.X.Zarif. Lutfiy va Navoiy. Kitobda: Ulugʻ oʻzbek shoiri. — Toshkent 1948[3].
4.S. Erkinov, H. Muhammadxoʻjaev. Turkiyda yagonai davron. „Til va adabiyot
taʼlimi“ jurn.-1996, № 4.[4]
5. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 16-jild. -Toshkent, 2000. 35-36-
betlar.[5]
6. Berdak Yusuf. Mumtoz adabiy asarlar lug'ati. Toshkent, 2010[6]
Dostları ilə paylaş: |