www.pedagoglar.uz
44-son 7–to’plam may 2023
Sahifa: 199
Mavlono Lutfiy lirikasi.
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani 31-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi ona tili va
adabiyot fani o‘qituvchisi
Qodirova Rashida No‘monjonovna
Annotatsiya:
Lutfiy (1366 – Hirot – 1465), Mavlono Lutfiy — oʻzbek shoiri, orif
va mutafakkir. Oʻz zamonining „malik ul-kalomi“.Yaqin
vaqtlargacha Lutfiyning
tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Deqikanor mavzei deb koʻrsatib
kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab yozilgan „Funun
ul-balogʻa“ asari topilgach, undagi „maʼdan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy“
jumlalariga
asoslanib, Lutfiyning ona vatani Toshkent boʻlgan, degan fikr ham ilgari surildi.
Kalit so'zlar:
Lutfiy,„Funun ul-balogʻa“,“Mashqun ul-haqoyiq”, „Nasoyimul-
muhabbat“, Xondamirning „Makorimul-axloq“,„Harobot“
Lutfiyning hayot yoʻli singari, ijodiy taqdiri ham juda ibratli: u 99 yil yashagan.
Umrining asosiy qismi oʻqish, oʻrganish va badiiy ijod mehnati bilan oʻtgan. Shoir
hayotiga oid lavhalar Navoiyning „Majolisun-nafois“, „Holoti Sayid Hasan Ardasher“,
„Nasoyimul-muhabbat“, Xondamirning „Makorimul-axloq“ kabi asarlarida bor.
Navoiyning „Majolis unnafois“ tazkirasida maʼlumot berilishicha,
Lutfiy umrining
oxirlarida „oftob“ radifli bir sheʼr yozgan, oʻsha zamonning koʻp shoirlari unga
tatabbuʼ
qilganlar, ammo ulardan hech biri Lutfiyning „panjasiga panja“ ura
olmaganlar. Navoiyning yozishicha, Lutfiy 90 yoshdan oʻtganda, Abdurahmon Jomiy
otigʻa radifi „suxan“ sajʼ qasidaye aytib erdiki, zamon xushgoʻylari barcha xoʻbliqqa
musallam" tutmishlar („Nasoyim ul-muhabbat“).Lutfiy ham zohiriy-dunyoviy, ham
diniy tasavvufiy
ilmlarni chuqur egallagan, davr va zamoniga ochiq nazar bilan
qarashga qodir, haqiqat va maʼrifatga sodiq ijodkor edi.Alisher Navoiy “Majolis un-
nafois”
asarida guvohlik berishicha, Mavlono Lutfiy 99 yil umr ko‘rgan. U