Rekvizit belgi - axborotning sifat tomonini xarakterlaydi, so’zlar yordamida ifodalanadi va mantiqiy amallarni bajaradi. Masalan: tovarning nomi, operatsiya turi.
Rekvizit asos - axborotning miqdor tomonlarini xarakterlaydi, raqamlar yor- damida ifodalanadi va arifmetik amallarni bajaradi. Masalan: 10, 250, 1000.
Inson qabul qiladigan va uzatadigan axborotlarning quyidagi turlari mavjud:
Matnli, grafikli, turli sxemalar va maketlar ko’rinishida;
Tovushli, to’lqinli va asab impulslari ko’rinishida;
Yorug’liq va elektr nurlari ko’rinishida;
Turli hidlar va taamlar ko’rinishida;
Turli belgilar ko’rinishida;
Imo-ishoralar va ta’sirlar ko’rinishida;
Qarorlar, fikrlar va bayonlar ko’rinishida.
Hozirgi kunga qadar axborot turkumlanishining yagona tizimi yaratilgan emas.
ko’p maqsadli axborotlar, ya’ni ko’p muammolarni echishga mo’ljallangan axborotlar
10.
Mustahkamlash va saqlash imkoniyatiga qarab
og’zaki axborotlar
yozma axborotlar
ovozli axborotlar
tasvirli axborotlar va h.k.
11.
Muhimligiga qarab
o’ta muhim axborot (ko’rsatma, qo’llanma)
muhim bo’lmagan axborotlar va h.k.
12.
To’liqligiga qarab
to’liq, kompleks axborotlar
to’liq bo’lmagan axborotlar
13.
Xarakteriga qarab
individual axborotlar
funksional axborotlar
universal axborotlar
14.
Ishonchliligiga qarab
ishonchli axborotlar
ehtimolli axborotlar
Axborotlarni o’lchash
Axborotni o’lchash uchun ikki ko’rsatkich kiritilgan: axborot miqdori I va qiymatlar hajmi V. Bu ko’rsatkichlar axborot adekvatlik shakllarida turli ifoda va talqinga ega. Har bir shakl o’ziga xos axborot miqdoriga va qiymatlar hajmiga ega.
Axborotning sintaktik o’lchovi. Qiymatlar hajmi V xabarda belgilar (razryad) soni bilan o’lchanadi. Turli sanoq tizimlarida bir razryad turlicha uzunlikka ega bo’lganligi sababli ularning qiymat o’lchov birliklari ham o’zgaradi:
ikkilik sanoq tizimida o’lchov birligi – bit (bitta ikkilik razryad) (axborotni o’lchov birligi sifatida, ya’ni 8 bitdan iborat bo’lgan «bayt» o’lchov birligi ham ishlatiladi);
o’nlik sanoq tizimida o’lchov birligi – dit (o’nlik razryad).
Axborot miqdori I ni tizim holatining noaniqlik tushunchasi (tizim entropiyasi) ni ko’rib chiqmasdan aniqlab bo’lmaydi.
Xabarning ixchamlik koeffitsiyenti (darajasi) quyidagi ifoda bilan ko’rsatiladi: