Salom Do’stlar


Axborotning reprezentativligi



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə22/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Axborotning reprezentativligi – ob’ekt xususiyatini adekvat ifoda etish maq- sadida axborotni to’g’ri tanlash va shakllantirish bilan bog’liqdir.
Axborotning mazmundorligi – semantik hajmini ifoda etadi. Axborot mazmundorligi ortishi bilan axborot tizimining semantik o’tkazish quvvati ortadi, chunki bir xildagi ma’lumotlarni olish uchun kamroq hajmda ma’lumotlarni o’z- gartirish talab etiladi.
Axborotning yetarliligi (to’laligi) – qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga ega ekanligini bildiradi. Axborotning to’laligi tushunchasi uning ma’nosi mazmuni (semantikasi) va pragmatikasi bilan bog’liqdir. To’g’ri qaror qabul qilish uchun yetarli bo’lmagan, xuddi shuningdek ortiqcha bo’lgan axborot ham foydalanuvchining qaror qabul qilish samaradorligini kamaytiradi.
Axborotning dolzarbligi axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o’zga- rish dinamikasiga hamda ushbu axborot paydo bo’lgan vaqtdan buyon o’tgan davr oralig’iga bog’liq bo’ladi.
Axborotning vaqtidaligi axborotning avvaldan belgilab qo’yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
Axborotning aniqligi olinayotgan axborotning, ob’ekt, jarayon, hodisa va hokazolarning aniq holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
Axborotning ochiqligi foydalanuvchi axborotni idroklash uchun uni olish va o’zgartirish jarayonlarini bajarish yo’llari bilan amalga oshiradi. Masalan, axborot tizimida axborot foydalanuvchini o’zgartirishi uchun ochiq va qulay shaklga ay- naltirib beriladi. Bu axborotning semantik shakli va foydalanuvchining tezaurusini moslashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Axborotning ishonarliligi axborotning ob’ektlarini kerakli aniqlikda aks et- tirish xususiyati bilan belgilanadi. Axborot ishonarliligi zarur aniqlikda ehtimollar nazariyasi bilan o’lchanadi, ya’ni axborot aks ettirgan ko’rsatkich uning haqiqiy qiymatidan kerakli aniqlikda bo’lish ehtimolini bildiradi.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin