Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə19/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Axborotlarning tuzilishi, shakllari va turkumlanishi

Axborot infratuzilmasi-bu:


  1. Axborot resurslari, jumladan axborot xizmatlari va ommaviy axborot vosita- larini shakllantirish, tarqatish va ulardan foydalanish tizimi.

  2. Mamlakatning axborot makoni hamda fuqarolar va tashkilotlarning axborot resurslaridan foydalanishni ta’minlovchi axboriy aloqada o’zaro ishlash vosita- larining faoliyati va rivojlanishini ta’minlovchi jami tashkiliy tuzilmalar.

  3. Axborot makoni tuzilmasining ushbu makonda axborotning yaratilishi va ayla- nishini ta’minlovchi qismi.

Axborot infratuzilmasining asosiy belgilari:

    • infratuzilma elementlarining sifatga oid va miqdoriy tarkibi;

    • elementlarning makonda joylashishi va o’zaro aloqasi;

    • elementlar va butun infratuzilmaning axborot samaradorligi va o’tkazish joylashishi.

Axborot infratuzilmasining asosiy elementlari:

    • telekommunikatsiyalar;

    • axborot tarmoqlari;

    • axborot resurslari;

    • axborot sohasida xizmat ko’rsatish tizimlari.

Qo’shimcha elementlari: axborot infratuzilmasining rivojlanishi va faoliyatini ta’minlash tizimlari.
Axborot tuzilish nuqtai nazaridan ikkiga bo’linadi:

  1. Fizik tuzilish.

  2. Mantiqiy tuzilish.

Fizik tuzilish axborotni turli xil tashuvchilarida joylashishini ifodalaydi.
Mantiqiy tuzilish esa axborot bo’laklari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini ifoda- laydi.
Fizik tuzilishni o’rganish uchun informatika sohasiga tegishli bo’lgan maxsus fanlarni o’rganish talab qilinadi. Shuning uchun ham biz mantiqiy tuzilishni o’r- ganish bilan chegaralanamiz.
Mantiqiy tuzilishga ko’ra axborot quyidagi bo’laklardan tashkil topadi:

  • Axborot tizimi.

  • Axborot massivi.

  • Ko’rsatkich.

  • Rekvizit.

Axborotning eng kichik bo’lagi rekvizit hisoblanib, u ikki qismga bo’linadi:

  1. Rekvizit belgi.

  2. Rekvizit asos.


Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin