§. Qurilishda axborot texnologiyalarining tasnifi.
Axborotvama’lumotlarningtavsifi
Ma’lumot-bu data so’zidan olingan bo’lib, dalil(fakt) degan ma’noni bildiradi.
Asos bu sonli, matnli yoki boshqa turdagi yozuv bo’lishi mumkin.
Ma’lumotlarni ifodalanish shakllariga qarab quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin:
sonli(butun va haqiqiy tiplarda),
matnli,
grafikli,
tovushli,
signalli,
to’lqinli.
Ma’lumotlarni ko’rinishiga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
baytli tip;
butunsonli tip(oddiy va ikkilamchi aniqlikda);
haqiqiy(oddiy va ikkilamchi aniqlikda);
satrli;
mantiqiy;
ob’ekt tipidagi. Ma’lumotlar tuzilishi bo’yicha:
chiziqli,
jadvalli,
uerarxik.
Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy ob’ektlar, shuningdek, ular o’rtasidagi o’zaro aloqa ta’sirlaridan, ya’ni jarayonlardan tashkil topadi. Sezish a’zolari, turli asboblar va hakozolar yordamida qayd etilgan tashqi dunyo dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa – axborotga aylanadi. Demak ma’lumotlar biror hodisa yoki jarayonni aniq aks ettirsa ya’ni ma’lumotlar harakatga kelsa u inson faoliyati uchun zarur axborotga aylanadi
Bugungi kunda axborot texnologiyalarida eng murakkab savol, «axborot bu o’zi nima?» degan savolga javob berishdir. Aytishimiz mumkinki bu savolga yagona javob mavjud emas. Bunday tushunchalar kontekstli(ob’ekt holatiga qarab tarkibning o’zgarishi) deb atalib, uning harakat darajasiga qarab shakli o’zgarib turadi. Axborot dinamik xarakterga ega bo’lib, u faqatgina ma’lumotlar va usullar o’zaro harakati paytida mavjud bo’ladi. Qolgan barcha vaqt oralig’ida(harakatsiz holatda) u ma’lumot holatida namayon bo’ladi. Shunday qilib axborot faqatgina axborotli jarayonlar amalga oshirilayotgan vaqtda mavjud bo’ladi.
Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: Falsafada axborot inson ongiga ta’sir etib, ob’ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlan- tiruvchi kategoriya sifatida ishlatiladi.
Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisa to‘g‘risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mezoni sifatida qo‘llaniladi.
Axborot texnologiyalari fanida esa axborot jamiyat hayotida quyidagi an’anaviy qimmatli ashyolar neft, taabiy gaz va foydali qazilmalar qatorida u ham jamiyatning qimmatli resursi bo’lib hisoblanadi. Axborot va axborot nazariyasi tushunchalarining paydo bo’lishi 70 yillik tarixga borib taqaladi. Axborot olamdagi butun borliq, undagi ro’y beradigan hodisalar va jarayonlar haqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborotlar inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida, reklamalarda, yorliqlarda, taqdimotlarda, muloqatlarda va boshqalarda mavjuddir.
«Axborot» so‘zi lotincha “information” so‘zidan olingan bo‘lib, biror ish holati yoki kishi faoliyati haqida ma’lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma’lumot, degan ma’noni anglatadi. Yana bir ta’rifda esa quyidagicha izohlanadi. Axborot(informatsiya) so’zi lotincha “informatio” so’zidan olingan bo’lib, tu- shuntirish, tavsiflash, bayon etish degan ma’noni anglatadi. Inson axborotni uni o’rab turgan tabiatdan, tevarak atrofdan oladi. Shu bois, insonlar axborotlarni qidi- rish, to’plash va qayta ishlash uchun turli xil uskuna va vositalardan foydalangan- lar. Demak umumiy holda axborotga ko’plab ta’riflarnini keltirish mumkin: