Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə12/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Elektron hujjat - Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikasiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan axborot elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Elektron hujjatning rekvizitlari - Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:

    • elektron raqamli imzo;

    • elektron hujjatni jo’natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo’natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

    • elektron hujjatni jo’natuvchining pochta va elektron manzili;

    • hujjat yaratilgan sana.

Qonun hujjatlarida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining elektron tijorat to’g’risidagi qonuni 2004 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 14 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
Elektron tijorat - axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiri- ladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatishga doir tadbir- korlik faoliyatini amalgo oshiruvchi elektron tijoratdir.
Elektron tijorat ishtirokchilari - elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuri- dik va jismoniy shaxslar, shuningdek tegishli tovarlarning (ishlarning, xizmatlar- ning) xaridorlari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchi- laridir.
Elektron tijoratda axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. Elek- tron hujjat aylanishi bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar axborot vositachilaridir.
O’zbekiston Respublikasining elektron to’lovlar to’g’risidagi qonuni 2005 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 23 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi elektron to’lovlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu qonunda qo’llaniladigan asosiy tushunchalar:

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin