Axborot iste’molchisi. O’z ehtiyojlarini qondirish (bilimlarni oshirish, ta’lim olish, qarorlarni qabul qilish va h.k.) maqsadida axborotga muhtoj, uni izlovchi va oluvchi shaxs yoki shaxslar.
Axborotmakoni. Axborot makoni tushunchalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Elektron tarmoqlardan foydalangan holda paydo bo’luvchi birlashgan elektron axborot makoni.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari dunyoning zamonaviy ijtimoiy hayo- tida yetakchi rol o’ynaydigan sohalaridandir. Ushbu ma’noda axborot makoni tushunchasi axborot muhiti tushunchasiga yaqinlashadi.
Axborotmanbai.Axborot yuzaga kelishini identifikasiyalovchi ob’ekt. Foydalanuvchi erkin olishi mumkin bo’lgan va odatda ba’zi muammoli aniqlikka ega bo’lgan u yoki bu axborot resurslari to’plamining yagona elementi.
Axborot mahsuloti:
Axborot jarayonlarining moddiylashtirilgan natijasi, hujjatlashtirilgan axborot. U davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun mo’ljallangan.
Bu - ayirboshlash yoki sotish uchun yaratilgan axborot mahsuloti:
sotuv predmeti sifatidagi axborot xizmati;
axborot faoliyatini ta’minlovchi mahsulot (sotish uchun ishlab chiqarilgan axborot vositalari va texnikasi).
Mahsulot shaklida taqdim etilgan barcha turdagi axborot resurslari, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazalari va banklari hamda boshqa axborot.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulot yoki xizmat sifatida moddiy yoki elektron shaklda keyinchalik tarqatilishi uchun tayyorlangan jami ma’lumotlar.
Ma’lum shaxsning faoliyati natijasi bo’lmish axborot. Axborot mahsuloti o’z ichiga quyidagilarni oladi:
Axborot mahsuloti tushunchasini berishdan oldin biz quyidagi savollarga javob beramiz:
axborot resurslari nima va u nimani aniqlaydi?
axborot mahsuloti o’zi nima?
axborot xizmati deganda nimani tushunasiz va uning qanday turlari mavjud?
Axborot resurslari axborot mahsulotlarini yaratishda asos bo’lib xizmat qiladi. Axborot resurslari deganda biz quyidagilarni tushunamiz.
Axborot resursi. Axborot resurslarini ham bir nechta manolarda ifodalash mumkin:
Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi. (qonun)
Alohida hujjatlar va hujjatlar massivlari, axborot tizimlaridagi (kutubxona, arxiv, jamg’arma va ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) hujjatlar va hujjatlar massivlari.
Axborot tizimlaridagi (kutubxona, arxiv, jamg’arma va ma’lumotlar banklari hamda depozitariy, muzey va boshqalar) hujjatlar va hujjatlar massivlari.
Ma’lumotlar va bilimlar bazalari, axborot tizimlaridagi boshqa axborot mas- sivlarini o’z ichiga oluvchi tashkillashtirilgan jami hujjatlashtirilgan axborot.