27
Kompyuterlashtirilgan tushuntirish - tushuntirish turi, aniqlik va
ravshanlikdan fodalanish, savollarga induktiv aqllilik va shakllantirilgan
tushunchalar yo’li bilan “ha” yoki “yo’q” tipidagi javoblardir.
Kompyuterlashtirilgan echim - echim metodi, oddiy va yagona yo’l bilan
bajariladi, kompyutersiz qabul qilib bo’lmaydi va shuning bilan yuqori tezlik va
hisoblash talab qilinadi.
Vizuallik - rasm, garfik va harakatlarning aniq shaklidagi ko’rinishi.
Elektron o’quv qo’llanmaga ta'rif. Zamonaviy ta'lim taraqqiyoti shunday
imkoniyatlarga yaratilgan kompyuter paketlaridan tashkil topishi mumkin, uyda
shaxsiy kompyuterlarda, mustaqil ishlash uchun jihozlangan oliygohlarda,
kompyuter
sinflarida,
yotoqxonalarda,
maxsuslashtirilgan
malakaviy
auditoriyalarda foydalanishimiz mumkin.
Elektron o’quv qo’llanma — o’quv adabiyotining yangi janri. Elektron
o’quv qo’llanma (hatto eng zo’r) kitob shakliga almashtirish shart ham, kerak ham
emas. Ekranlashtirilgan o’quv adabiyotining bu janri mutloqo yangidir. Kitobni
xuddi film tomosha qilgandek tushunish mumkin. Bu janrni yangilash ham oson,
ham qulay bo’lib, qidirish tizimiga ega. U o’zida boy ma'lumotlar video, kartinka,
ma'lumotnomalar, matnlar joy olgan.
Elektron o’quv qo’llanma maksimal darajada tushunish va tushuntirilishga
ega bo’lishi, inson miyasi, ongiga nafaqat eshitish balki ko’rish orqali etib borishi,
kompyuter tushuntirishidan foydalanish kerak.Tashkil qiluvchi matnlar hajmi
chegaralangan bo’lishi kerak.