Samaradorlikni tekshirish bo'yicha ziddiyatlar


Boshqaruvda rahbarlik uslublari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə6/56
tarix01.12.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#71677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
100-200

Boshqaruvda rahbarlik uslublari

Boshqaruv tizimining murakkabligi shundaki, u hammaga birdek yoqmaydi. Chunki barcha sohada fidoyi va boqibeg‘am, mahoratli va mahoratsiz kishilar bo‘ladi. Uni faqat qonun va talab ustuvorligi barqaror ushlab turadi. Rahbarlikka kelayotgan kishida, avvalo, unga o‘zining tayyorligiga ishonch bo‘lsin. Egallagan lavozimidan ketishi ham mumkinligini his qilsin.


Boshqaruv tizimining asosiy talabi har kimning vazifasini aniqlab berish va uning ijrosi uchun har kimda mas’uliyatni oshirish. Mas’uliyat esa baholash lozim bo‘lsagina oshadi. Ya’ni, har kim o‘z ishini qilsin. Vaholanki, bizda yillar davomida noma’qul an’ana shakllandi: maktab direktori hasharga, rektorlar paxtaga, tashkilot rahbarlari g‘allaga javob berishdi. Sal xatosi uchun ishdan ham ketishdi.
Boshqaruv - jamoaviy jarayon. Uning har bir uchastkasi birdek ishlashi lozim. Mexanizm shunday yaratilishi kerakki, har bir uchastkaga baho berish me’zoni bo‘lsin. Aks holda... biz tashkilot rahbari va hokimni, tarmoq rahbarini ishdan olamiz, lekin xatoga imkon yaratgan o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i yoki xodim joyida qolaveradi. Ehtimol, bunday paytda demokratik uslub - faqat hokimga emas, balki yetakchi tarmoqlar rahbarlariga ham iste’fo berish kerakdir. Aytaylik, barcha o‘rinbosarlar, moliya, soliq idoralari rahbarlariga ham.
Binobarin, bu usul sektorlar misolida sinab ko‘rildi va yomon natija bermadi. To‘rtta sektor rahbari bir-birini qo‘llab kelayotgan joylar yo‘q emas.
Sektorlar boshqaruvga nima berdi?
Bundan maqsad boshqaruv tizimini quyi bo‘g‘inga tushirish, muammolarni qishloqma-qishloq, mahallama-mahalla o‘rganish va hal qilish edi. Bunga muayyan darajada erishildi. Sektor shtablari qishloqda hokimiyatdan kichik, mahalladan katta, odamlar boradigan idoraga aylandi.
Asosiysi, yillar davomida shakllangan illat - hokimiyat, prokuratura, soliq idoralarining bir-birini tan olmaslik, aybni bir-biriga to‘nkash amaliyotiga chek qo‘yildi. Ular viloyat, shahar, tuman, aniqrog‘i, xalq taqdiri uchun, muammo yechimi uchun barchasi birgalikda mas’ul ekanini tushunib yetdilar, bir-biriga xalaqit berishdan tiyildilar. Bu bor gap.
Lekin nazarimda, bu tizimning turmushimizga singib ketishi mushkulga o‘xshaydi. Bu fikrni amaliyotdan kelib chiqib aytyapman. Birinchidan, to‘rtta idoraning ham an’anaga aylangan, shuurimizga singib ketgan konstitutsion vazifasi bor. Boshqa funksiyani ular jamoatchilik ishi deb tushunadi. Ikkinchidan, odamlarni murojaat qilishga mahalladan sektor shtabiga o‘rgatish uchun ancha vaqt kerak. Uchinchidan, sektor shtabiga jalb etilgan mutaxassislar hamon sektordagi faoliyati emas, balki asosiy ish joyidagi xizmat hajmi uchun hisobot topshiradi va maosh oladi. Boshqacha norma ishlab chiqilgan emas. Shuning uchun sektor shtabi a’zolari mahalla oqsoqoli bergan ma’lumotnoma asosida hisobot berishdan nariga o‘tmayapti. Bundan tashqari, sektor shtabiga jalb etilgan xodim ko‘pincha o‘z mutaxassisligiga xos bo‘lmagan ishlarni bajaryapti. Misol uchun, soliqchi - gaz balloni yetkazib berish, veterinar - yo‘lga shag‘al to‘kishni tashkil etish, bandlik vakili - obodonchilik bilan shug‘ullanadi. Oylik olmagan joyiga xizmat qo‘l uchida bo‘lish kayfiyatini ham unutmaylik.
Xulosa qilib aytganda, hokimdan boshqa sektor rahbarlarining zo‘riqib ishlayotgani sezilib qolyapti. Demak, bu borada qonunchilarimiz, xususan, adliya vazirligi o‘z so‘zini aytishi kerakka o‘xshaydi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin