Samariddin Ergash o’g’li



Yüklə 144,78 Kb.
səhifə2/6
tarix03.02.2023
ölçüsü144,78 Kb.
#82574
1   2   3   4   5   6
Ibroximov Samariddin

1-METOD: KLASTER METODI.
Ushbu metod o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga, fikrlash doirasini kengaytirishga, mustaqil ravishda turli adabiyotlardan foydalanishni tajribasini oshirishni o’rgatishga qaratilgan. Biror-bir mavzuni chuquroq o’rganishdan oldin o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi.
Klasterlarga ajratish- o’quvchilarga biror-bir mavzu to’g’risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu usul ko’p variantli fikrlashni, o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o’rtasida aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi. «Klaster» so’zi “g’ujm”, “bog’lam” ma`nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da`vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga yetib borish strategiyasi bo’lib, muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi.
Biror mavzu bo’yicha klasterlar tuzishda mazkur mavzuni mukammal o’rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofikdir.
Klaster tuzish ketma-ketligi:
1. Katta o’lchamdagi qog’ozning o’rtasiga yoki sinf doskasiga yoki yozish uchun foydalanish mumkin bo’lgan istalgan sohaga «kalit» so’z yoki gap yoziladi;
2. Shu mavzuga tegishli deb hisoblangan va hayolga kelgan fikrlar yoziladi;
3. Fikrlar paydo bo’lganda va ularni yozganda fikrlar o’rtasida o’zaro bog’lanishlarni belgilash;
4. Fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo’lgunicha xayolga kelgan barcha fikrlar yoziladi;
5. Keltirilgan so’z va fikrlar mazmuni va yaqinligiga qarab toifalarga ajratib chiqiladi.
Klaster tuzishda guruhdagi barcha o’quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh uchun g’oyalar o’zagi bo’lib xizmat qiladi.
Klaster metodi. Klaster (g’ujum, bog’lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
“Klaster” metodi puxta o’ylangan strategiya hisoblanadi. Bu metoddan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan g’oyalar majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtrish va ular o’rtasidaga aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
Metod bayoni: Kompyuter grafikasi, uning turlari, qo’llanilish sohalari mavzusiniga Klaster metodini qo’llaymiz. Bunda o’rtaga Kompyuter grafikasi, uning turlari, qo’llanilish sohalari kalit jumlasini yozamiz. Uning boshqa tarmoqlarini mazkur mavzuga aloqador ma’lumotlar bilan to’ldiramiz. Bunda kiritiladigan ma’lumotlarning aniq bir soni cheklanmagan.

Yüklə 144,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin