Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə157/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
O’z-o’ziga hizmat ko’rsatish – kompaniya elektron platforma va mahsulotni yaratadi, iste’molchi esa mahsulot yoki xizmatni o’zi tanlagan usulda sotib oladi. Misol sifatida onlayn-bankingni, elektron ta’limni yoki internet-savdoni keltirishimiz mumkin;  Kraudsorsing – bunda kompaniya internet-pletformani tashkil qiladi, mahsulot yoki xizmatni esa iste’molchilarning o’zlari yaratadilar (ya’ni kraudsorsing mahsulotini). Xozirgi paytda kompaniyalar iloji boricha shu usulni tanlamoqdalar. Misol sifatida ijtimoiy tarmoqlarni, blokcheynlarni, YouTube bideoservisini, fotoservislarni keltirishimiz mumkin. Elektron biznes tashkil qilayotganda iste’molchining portretini hisobga olish va uning iste’molchi sifatidagi xususiyatlarini o’rganish yaxshi natijalarga olib keladi. Internet magazinlarning biznes-modellari Ilk internet-magazinlar tashkil qilishda talablar asosan telefon yoki elektron pochta orqali qabul qilinar va mahsulotni yetkazin berish kur’er xizmatlari vositasida amalga oshirlar edi. Xozirgi vaqtda esa xaridorlar barcha ishlarni onlayn usulda amalga oshirishni afzal ko’radilar, ammo o’tmishdan qolgan call-centertushunchasi zamonaviy internet-magazinlar tuzilmasida xaligacha ishlatiladi. Infratuzilma bo’yicha barcha internet-magazinlar ikkita asosiy tarkibiy qismdan iborat bo’ladilar: 1. Front-ofis – web-sayt korinishidagi elektron vitrina; 2. Bek-ofis – kontentni boshqarish tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va boshqalar. Internet-magazinlar ishini tashkil qilish xususiyatlariga bog’liq ravishda ular infratuzilmaviy modellarining quyidagi turlari mavjud:  Elektron vitrina yoki front-ofis – bu faqat web-sayt ko’rinishida bo’ladi va unda tovarlar haqidagi ma’lumot web-saytda johlashtiriladi, zakaz esa telefon yoki e-mail orqali qabul qilinadi;  Avtomatlashtirilgan magazin yoki front-ofis plyus bek-ofis –ma’lumotlar bazalariga ega bo’lgan web-sayt ko’rinishidagi yagona tizim ko’rinishida
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bo’ladi. Web-saytga ma’lumot bazalari ulangan bo’ladi va saytga kiruvchi unda ombordagi tovarlarning joriy xolatini ko’ra oladi;  Savdo internet-tizimi–bunda yagona tizim internet-magazinni va oflayn savdoni sinxronizatsiya qilib turadi. Amaliyotda shaxsiy internet-magazin tashkil qilishning bir qancha usullari mavjud: 1. Eng oddiy funktsiyalarni bajara oladigan internet-magazinni o’z imkoniyatlari doirasida amalga ishirish; 2. Tayyor internet-magazinni ijaraga olish–hozirgi davrda ijara shartlarida hizmat ko’rsatishning to’la tsiklini ta’minlab bera oladigan hamda tegishli servislarni tanlashga imkon beradigan turli xildagi ommabop platformalar – internet-magazinlar konstruktorlari bu ishni uddalashga imkon beradi. Misol sifatida InSales.ru konstruktorini keltrishimiz mumkin (http://www.insales.ru/all_features). Ushbu platforma tizimga bir qancha servislarni va ilovalarni qo’shishga imkon beradi, shu jumladan:  Yetkazib berish xizmati Pick Point, Shop-Logistics, InPost, B2CPL va CDEK.  Yetkazib berish xizmatlari agregatorlari – Sheepla, DDelivery, Checkout, InSales.Dostavka.  Hisob-kitob tizimlari – 1C, Moy Sklad, Bolshaya Ptitsa, Comerando EKAM).  To’lov tizimlari – Qiwi, Robokassa, PayMaster, Yandex.kassa.  Marketing uskunalari – Giftd, Sale Online Reputation, Roistat, ByteHand, Unisender, Mailchimp.  Reklama servislari –Shopberry, Seopult, Get4click, Seopult. Yuqoridagilardan tashqari, tizimda pochta tarqatuvi tashkil qilish imkoniyatlari, xamkorlik tarmog’iga ulanish, onlayn-cha tashkil qilish va onlayn maslaxatchiga ega bo’lish imkoniyatlari ham mavjud. Elektron savdo maydonchasinitashkil qilishning bunday usuli iqtisodiy jihatdan eng foydali hisoblanadi. Internet-magazinning tayyor shablonini tekinga olish mumkin hamda tizimda hisobga olinish shartlarida har oylik yordamlar va maslahatlar uchun to’lovlar to’lab
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
turiladi, holos. Tizmni ishga tushirishning to’liq narxi mobil versiya ishlab chiqarish zarurligidan, funktsiyalar soni bo’yicha, assortiment kattaligidan, mul’titillilikdan, SEO-fil’trlar bormi yoki yo’qligidan, himoya protokollari qandiligidan, SSL-sertifikatlar borligidan, baholar va qoldiqlarning avtosinronizatsiyasidan va1C bilan sinxronizatsiya qilinganligi bilan aniqlanadi. 3. Internet-magazinning tayyor dasturiy ta’minotini sotib olish – ushbu xolda internet-magazin tashkil qiluvchi o’zining shaxsiy va qimmat bo’lgan infratuzilmasini yaratishi va uni sozlab turishi talab etilmaydi, bunda unga faqatgina internet-vitrina ya’ni web-sayt kerak bo’ladi xolos. Bunda tayyor internet-magazin moduli o’z tarkibiga yagona platforma sifatida to’liv tizimini, vitrinani, korzinani va boshqa bir qancha servislarni qamrab oladi. 4. Zakaz bilan qilinadigan unikal internet-magazini tashkil qilish – Bu eng murakkab, qiyin va qimmat usul hisoblanadi, chunki bu xolda elektron savdo tizimini noldan boshlab ishab chiqish, uni tekshirish, testlashtirish va ishga tushurush talab etiladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan internet magazinlari biznes-modellari orasida eng muvavvaqiyatlilari sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:  Xamkorlik asosida tashkil etiladigan internet-magazinlarmodelida(Affiliate Model) da tadbirkor yaxshigina trafikka ega bo’lgan saytga ega bo’ladi va u front-ofis xizmatini bajarib, xamkor-kompaniyaning elektron mini vitrinasi vazifasini amalga oshiradi. Bunda internet-magazin o’z mahsulotlariga ham, omborlariga ham, yetkasib berish hizmatlriga ham ega bo’lmaydi. Ko’pincha kichik internet-magazinlar kattalari bilan hamkorlik dasturini tuzib, konversiya uchun pul oladilar, ya’ni, hamkorlik saytidan kelganlarning haridlaridan foyda oladilar. Bunda komission to’lov ko’pincha 5-15% atrofida bo’ladi. Bunday model yirik onlayn-riteylerlarga ham oydali, chunki bu ularga umumiy daromadning 10-15% ni keltirishi mukin.  Dropshipping modeli –mahsulotlarni sotuvchidan haridorga to’g’ridan-to’g’ri yetkazib berishga asoslangan. Bu model o’z omborlariga ega
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bo’lmagan internet magazinlar uchun juda qulaydir. Hozirgi paytga yirik riteylerlar (masalan, OZON ga o’xshash) shaxsiy infratuzilma sifatida o’zlarining yagona logistik tarmoqlarini, yetkazib berish markazlarini va o’z to’lov tizimlarini ham yaratmoqdalar. Masalan, eBay tizimi PayPal to’lov tizimiga ega, Alibaba kompaniyasi esa Alipay to’lov tizimi va B2B, C2C hamda B2C bozorlarida ishlash uchun mo’ljallangan servislarga ega. Kompaniya uchun qandaydir biznes-modelni tanlaganda uning samaradorligini chamalash kerak hamda sotuvlar ko’payishi bilan uning mashtablashtirish imkoniyatlarini borligini nazarda tutish lozim.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin