Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Elektron tijoratmuammolari va amaliy modellari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə160/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

11.3. Elektron tijoratmuammolari va amaliy modellari Ushbu bo’limda ko’rib chiqiladigan hamda elektron biznes bilan bog’liq tavakkalchiliklar yoki risklar elektron tijorat tashkil qilishda tadbirkorlar tomonidan alohida ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan masala va muammolar tavsifidir. Bunda benchmarkingdan, ya’ni, biznes jarayonlarni rivojlantirish va uning ko’rsatgichlarini hamda tovar sorib olish jarayonini boshqarish; yaxshilash maqsadida jahondagi eng ilg’or kompaniyalar foydalanadigan mexanizmlarni o’rganish va ularni mahalliy sharoitlarga tadbiq qilish usulidan foydalaniladi.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Bizning nazarimizda hozirgi davrda elektron tijorat tashkil qilish va uni yurgizish bilan bog’liq quyidagi tavakkalchiliklar mavjud:  Tovar yetkazib beruvchilarni topish va ular orasidan ishonchlilarini tanlash hamda tovarlar sotib olish va sotishni boshqarish bilan bog’liq tavakkalchilik;  Hizmat ko’rsatish vaqti imkon darajasida qisqartirilishi lozim, aks xolda sekin xizmat ko’rsatish mijozlarning ketib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday muammodan qutulish uchu OZON elektron savdo tizimida internet-magazinda sotilgan tovarlarni yetkazib berish turli usullar yordamida amalga oshiriladi, shu jumladan, zakazlarni topshirish punktlari orqali, „O-Kur’er“ deb nomlangan o’z hizmati orqali, DHL Express vositasida, EMS va Pochta Rossiya orqali;  Internet-magazinlardagi oldindan to’lov miqdorining juda past miqdordaligi – buning natijasida ombordagi tovarlaning aylanmasi kamayib ketadi. Masalan, Rossiyada oldindan to’lov miqdori 26% atrofidaligi (Rossiyada 2014 yil internet-savdosi. Yillik hisobot, DATAinsight, InSales, PayU, s.13) kuzatilgan. Demak, agarda kompaniya elektron savdo bilan shug’ullanmoqchi bo’lsa, unga juda katta miqdordagi aylanma kapital kerak bo’ladi;  Elektron to’lovlarga bo’lgan ishonchning ancha pastligi, bu o’z navbatida bank kartalari orqali to’lovlarning kamligiga olib keladi;  Firibgarlik bilan bog’liq bo’lgan muammolar – tovarni sotib olgandan so’ng, har xil bahonalar bilan uni qaytib berish, o’g’irlangan yoki boshqa insonlarning plastik kartalaridan foydalanish;  Informatsion tizim ishonchliligi bilan bog’liq bo’lgan muammolar;  Kompaniya o’z logistik tizimiga ega bo’lmagan xolda vujudga keladigan tovarni yetkazib berish bo’yicha muammolar. Haqiqatan ham, agar mamlakatda tovarlarni yetkazib berish bo’yicha tizim yaxshi rivojlanmagan bo’lsa, elektron savdo ham risoladagiday faoliyat ko’rsata olmaydi;  Tashqi muhitda ro’y beradigan o’zgarishlar bilan bog’liq muammolar, shu jumladan, muhitning juda chalkash va murakkabligi, elektron tijorat bilan
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bog’liq normativ-huquqiy bazaning mukammal emasligi va noaniqlik biznes yuritish uchun katta havflar tug’dirishi mumkin;  Kadrlarning qo’nimsizligi yoki ularning tezda boshqa ishga ketib qolishi ham asosiy muammolardan biridir;  Moliyaviy tavakkalchiliklar – masalan, Everpix startapi qarz majburiyatini bajarmaganligi uchun foydalanuvchilarning Amazon Web Services dagi 400 million fotografiyasidan mahrum bo‘lgan va bu uning biznesi batamom tugashiga sabab bo’lgan. Elektron savdo maydonining samaradorligi OCR (order conversion ratio) ko‘rsatgichi orqali aniqlanadi. OCR – saytga tashrif buyurganlar sonining undan nimadir sotib olganlar sonida nisbatidir;  „Klon“(o’xshash) –kompaniyalarning paydo bo’lishi muammosi–elektron tijorat kompaniyalarini programma kodini osonlik bilan nusxalash va xuddi shunga o’xshash ishlarni bajaradigan boshqa kompaniyalarga aylantirish mumkin. Bu esa original elektron tijorat kompaniyasining ishi yomonlashishiga va savdo hajmining kamayishiga olib keladi;  Xamkor kompaniyalarning xizmatlari sifati past bo’lgani uchun asosiy kompaniyaning xam obru-e’tibori pasayib ketishi;  Tovar yetkazib beruvchilarning o’z majburiyatlarini bajarmasligi muammosi, kompaniyaning obrusiga ham putur yetkazadi. Misol sifatiga Groupon kompaniyasining mahsulot yetkazib beruvchisi o’z majburiyatlarini bajarmagan va bu kompaniyaning obrusiga salbiy ta’sir etgan. Mijozlardagi salbiy yondoshuvdan qutulish uchun kompaniya o’z majburiyatlarini bajarmagan kompaniya mijozlariga Groupon kompaniyasining 15 xodimi ko’tarib turgan va „Bizni kechiring!!! – Groupondagi do’stlaringizdan“ deb yozilgan plakat suratini jo’natgan. Bu tadbir esa mijozlarga ijobiy ta’sir qilgan;  Vijdonsiz mijozlar tomonidan turli xildagi firibgarliklarning amalga oshirilishi – shu jumladan, pul to’lashdan voz kechish, pulni qaytarib berishni so’rash, mahsulotni biroz ishlatib, so’ng uning pulini qaytarishi talab qilsh va boshqa shunga o’xshash bir qancha boshqa xolatlar;
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Hamkor kompaniyalarning o’tkazuvchanlik qobiliyati pastligi – chunki agar tovarlar o’z vaqtiga yetkazib berilmasa, hamkor kompaniyalar qilgan mas’uliyatsizlikka asosiy kompaniya javob beradi. Shuning uchun ham hamkor kompaniyalarning real imkoniyatlariga qarab, zakazlar qabul qilish yaxshi natijalarga olib keladi;  Kuchli raqobatchilarning paydo bo’lishi kompaniya ishining sustlashishiga olib kelishi mumkin. Masalan, Amazon kompaniyasi Groupon ga raqobatchi sifatida LivingSocial servisini tashkil qildi va unga a’zo bo’lganlarga Amazonning $20 dollarli sovg’a kartasini $10 dollardan taklif qildi va bu juda katta sho-shuvlarga sabab bo’ldi. Amaliyot biznes modellar tavsifi Elektron biznesning rivovlanishi jarayonida internetda faoliyat yurgizadigan kompaniyalar biznes-modellarining bir qancha turlari vujudga keldi va rivojlandi, shu jumladan, Freemium, Free-to-Play, Full-Crowdsourcing, Donation, Print-on-Demand, Video-on-Demand va boshqalar. Ular orasidagi farq monetizatsiya modellarida hamda narx belgilash strategiyalaridadir. Quyida ularning ba’zilarining ko’rsatgichlarini va ishlatilish imkoniyatlarini ko’rib chiqishga harakat qilamiz: Freemiummodeli (Free – tekin, premium – yaxshilangan, mukammallashgan)– ushbu model bo’yicha asosiy funktsional yoki demonstratsion versiya tekinga taklif qilinadi, foydalanuvchi uchun kerakli bo‘lgan qo’shimcha imkoniyatlar esa alohida to’lovga taqdim etiladi. Yoki boshqa variantdan ham foydalanish mumkin – sun’iy ravishda yaratilgan kamchiliklardan qutulish uchun qandaydir miqdorda pul to’lash kerak bo‘ladi. Freemium modeli ko\pchilik komp’yuter o’yinlarida, mobil xizmatlarda va ilovalarda, onlayn-kouchingda va elektron ta’limda juda ommabop hisoblanadi. Misol sifatida Skype, Flickr, Fruit Ninja, Angry Birds, Angry Birds Space HD larni keltirish mumkin. Bu modelning kamchiligi foydaga chiqishning katta muddatliligidir, chunki statistika bo’yicha, bor-yo’g’i 0,5-1% gina foydalanuvchilar qo’shimcha funktsionallarni sotib olar ekanlar.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin