Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Statista ning ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilda elektron tijoratning B2B



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə163/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Statista ning ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilda elektron tijoratning B2B sektorida tranzaktsiyalarning umumiy miqdori $7,66 trillionga yetdi va uning hajmi B2C sektorga nisbatan ($2,143 trillion) uch martadan ko’proq ortdi. So’rovlar natijasida B2B internet savdosida konversiyaning o’rtacha koeffitsienti 10% bo’lsa, B2C-sektorda bu ko’rsatgich 3% lar atrofida ekanligi aniqlangan. Bir martagina Amazon da haridni amalga oshirgan tadbirkorlar uning juda qulayligiga qoyil qolib, o’zlarining bizneslarida ham bunday usullarni qo’llashni istab qoladilar. Natijada tadbirkorlar endi haridlarni sotuv bo’limining mas’ul hodimidan emas, balki web-sayt orqali amaliga oshirishni istab qoladilar. Masalan, Laird Superfood kompaniyasi internet-kanal orqali ko’tara tovar yetkazib berishga o’tib, sotuv hajmini 550% ga oshirishga erishdi. Kompaniyalararo raqobat kuchayishi hamda inqiroz natijasida ko’pchilik firmalar mijozlarga hizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan harajatlarni kamaytirishga intilib, internet vositasida jarayonlarni avtomatlashtirish orqali bozordan dilerlarni, subdilerlarni va boshqa hamkorlarni yo’qolish taraddudidalar. Yaqin yillarda B2B-loyihalarning rivojlanishi ancha
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
tezlanishi kutilmoqda. Ammo buni sekinlanshtiradigan faktorlardan biri – talabgorlarning va bunday tizimlarni ishlab chiqaruvchilarning bilim va tajribalari yetarli emasligidar. Ayniqsa, ishlab chiqarish sohasi raqamlashtirish jarayonlarini amalga oshirish bo’yicha eng oxirgi o’rinlardan birini egallaydi (http://prntscr.com/ibl086).
Forrester Research tashkiloti ekspertlari fikriga ko’ra, 2020 yilga kelib, B2B segmentida bir milliondan ortiq sotuvchilar o’z ish joylarini yo’qotadilar. Bu esa mavjud mijozlar uchun shaxsiy kabinet yoki ko’tara platformalarni ishga tushirush kerakligini anglatadi. Ko’pchilik ko’tarachilar o’z faoliyatlariga onlayn kanallarni tadbiq qilishga tayyorlar, chunki bu haqda internetda ma’lumot o’qiganlar yoki raqobatchilar shunday qilayotganlarini ko’rganlar. Lekin onlayn kanal biznesning ma’lum darajada shaffofligini, ya’ni, narxlash va logistikaning tushunarli bo’lishini talab qiladi. Shubhasiz, kichik B2C internet-magazinlar regional rivojlanish bo’yicha katta kompaniyalarga tenglasha boshlaydilar. Ammo bunda o’rta va kichik kompaniyalar professional yetishmovchilikka duchor bo’ladilar, chunki ular uchun boshqa xududlarda ish olib borish katta muammoga aylana boshlaydi. Elektron tijorat rivojlanishi bilan birga bu sohada mustaqil ekspertlar, mutaxassislar, freelancerlar, biznes-blogerlar va boshqa bir qancha turdagi xizmat ko’rsatuvchilar ham ko’paya boradi. Rossiya ishlab chiqaruvchilari uchun B2B-Export.com deb nomlangan onlayn-platformaning asoschisi Yekaterina D’yachenkoning fikricha, B2B segmentidagi elektron tijorat ichki, tashqi va transchegaraviy savdoni ham ancha rivojlantirish uchun hizmat qilishi hamda mahsulotlarning yangi bozorlarini topish uchun hizmat qilishi mumkin. Bunda onlayn-savdo mahsulot va xizmatlarni sotishning eng samarador usuli bo’lib qoladi. Ammo bu jarayonni ancha sekinlashtirishga sabab bo’ladigan faktorlar chet tillarni yaxshi bilmaslik, halqaro marketing qonun-qoidalarnini yaxshi tusuhmaslik hamda bu soxada professional tajriba kamligidir. B2B-Export.com eksport sotuvlar onlayn-platformasida bir qancha jarayonlar, shu jumladan, pul o’tkazish, hisob-kitob, logistika kabi jarayonlar avtomatlashtirilgan, ammo bu tizimda savdoni boshlash uchun unga o’z mahsulotingizni
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
joylashtirgandan so’ng, uning xossalarini rus tilida savodli ravishda tavsiflab berish kerak bo’ladi – bu esa o’z navbatida rus tilini yaxshi bilishni talab qiladi. Agarda elektron savdo platformasi boshqa tillarda bo’lsa, shu platforma talab qiladigan tilni yaxshi bilish kerak bo’ladi, albatta. Shunihamaytishkerakki, elektrontijoratniavtomatlashtirishhozirgikundagibiznesuchunrealvoqe’likdir. Kelajakelektrontijoratiningsirlaridanbiri – uni avtomatlashtirishjarayoniqandayamalgaoshirilganligidir, deyishimiz mumkin. O’n yillar avval marketingni avtomatlashtirish tijorat siri bo’lgan edi. Katta miqyosdagi ilmiy izlanishlar va ishlanmalar asosida yaratilganAmazon, Walmarthamda Costco larga o’xshash gigantlar huddi shu tijorat siri tufayli dunyoga mashxur bo’lgan o’z tijorat imperiyalarini tashkil qila olganlar. Hozirgi kunda esa elektron tijoratning asosiy siri barcha jarayonlarni avtomatlashtirishdir. Shuning uchun ham tijoratchilar bu haqda ko’p ham gapirmaydilar. Agarda Google Trends da qidiruv qilib ko’rsangiz, bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Tijorat jarayonlarini to’liq avtomatlashtirish muammosini Shopify Plus ning uchta imkoniyati ma’lum darajada hal qilib bera oladi. Birinchi imkoniyat uch bosqichli vizual konstruktor Shopify Flow bo’lib, u saytlardagi yoki ilovalardagi mijozlar bilan har qanday turdagi muloqotni avtomatlashtirishga imkon beradi. Shartlar, harakatlar va triggerlarni moslab turgan xolda tayyor ishchi jarayonlarning modullaridan foydalanib, siz o’zingizning mustaqil jarayonlaringizni yaratishingiz mumkin. Ikkinchi imkoniyat Launchpad bo’lib, u katta miqyosdagi tijorat tadbirlarining boshqaruv markazidir. Bunga misol sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: flesh-sotuv tadbirlari, yangi mahsulotlar chiqarish va mahsus tantanali tadbirlar o’tkazish. Bu bilan bog’liq bo’lgan ishlarni tadbirlar o’tkazilishidan ancha avval rejalashtirib qo’yib, sarf-harajatlarni ham foydaga uncha ta’sir qilmaydigan qilib aniq hisoblab qo’yish mumkin. Uchinchi imkoniyat Shopify Scripts esa har bir mijozga individual yondoshishni ta’minlovchi avtomatik ravishda chegirmalar qo’shish, turli to’lov usullaridan foydalanish va yetkazib berishning turli xil variantlaridan foydalanishga imkon beradi. Skriptlarxaridorning ko’rzinasini aniq nazorat qilishni nazarda tutadi va pul

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin