Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva o’tkazmasi vaqtida optimizatsiya qilishga imkon yaratadi. Ushbu uchta funktsiya birgalikda nafaqat vaqtni tejashga imkon beradi, balki jarayonni oddiy va tushunarli qilib ham beradi. Compo kompaniyasining B2B loyiha rahbarlarining aytishlaricha, elektron tijoratni to’liq avtomatlashtirish yetkazib beruvchi kompaniya bo’limlarining o’zaroaloqalariniavtomatizatsiyasini ham, zakazchik bilan munosabatlarning avtomatizatsiyasini ham o’ziga qamrab oladi. Biznes-jarayonlar konstruktori Shopify Flowham diqqatga sazovor, chunki u mavjud vositalar yordamida onlayn zakazlarni qayta ishlashga imkon beradi. Misol sifatida ko’tara eCommerce ning B2B-avtomatizatsiyasini keltirishimiz mumkin. Bunda ko’tara internet magazinlarning tarmog’i ishlab ketishi ucnun yetkazib beruvchilarning turli xildagi 200 dan ko’proq prays-listlarni sinxronizatsiya qilishga hamda 20 mingdan ko’proq tovarlarni yagona bazaga joylashtirishga to’g’ri kelgan (https://rb.ru/opinion/20-tysyach-tovarov-odin-servis). Shundan so’nggina tizimni 1C dasturi bilan ham sinxronizatsiya qilish mumkin bo’lgan. Ish jarayoni shunday tashkil qilinmaganda tub ma’nodagi internet-savdoni amalga oshirib bolmaydi. Tizim tashkil qilinganidan so’ng, yetkazib beruvchilr bilan ishlaydigan 12 nafar menejerlar o’rniga baza bilan ishlaydigan birgina mutaxassis qolgan, xolos. Bundan tashqari, tizimda narxlarning avtomatik monitoringi amalga oshadi, tovarlar bor-yo’qligi haqida operativ ma’lumotlar olish mumkin bo’ladi va ushbu yagona bazaning boshqa internet-magazinlarga ham tarqalishi amalga oshadi. Bizning bozorda elektron maneken deb nomlanadigan Mercauxservisi ko’p ishlatilmaydi, ammo uni Benetton, Loriblue va Kiko Milano kompaniyalari o’z brendlarini oflayn va onlayn sotishda faol tarzda ishlatadilar. Mobil ilova borligi tufayli oflayn magazinlarning sotuvchilari, dizaynerlari, modellar uylari va feshn-nashrlar istalgan paytda assortiment haqidagi, konkret tovarning omborda bor-yo’qligi haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo’ladilar. Servis orqali foydalanuvchilar turli magazinlardan eng modali tovarlarni ko’rishlari va sotib olishlari mumkin.
Internet magazinlarni to’laqonli avtomatlashtirish uchun maksimal sondagi ma’lumotlardan foydalanish kerak, shu jumladan, haridlar tarixi, mijozlarning
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva magazinlarga tashrifi va ular qancha vaqt bo’lgani, nimalarni chamalab ko’rgani, qaysi polkalar oldida ko’proq turib qolgani, internetdagi faolligi, layklari, repostlari, fotolari, qiziqishlari, yoshi, jinsi, qayerda ko’proq bo’lishligi - uydami yoki ishxonada hamda daromadi. Yuqori darajada moslashuvchan IT-infratuzilmasisiz bu ishlarni amalga oshirish ancha qiyin bo’ladi. Bunda bir qancha uskunalardan foydalanish talab etiladi, shu jumladan, wi-fi-analitika, ibeacon, chakana savdo punktida mijozning chexrasini tanigan xolda uning barcha harakatlarini tanib olish va fiksatsiya qilish, onlaynning barcha imkoniyalaridan foydalangan xolda ishlay oladigan mobil kassa, magazinlarning reklama imkoniyalaridan foydalana olish, talabni bashorat qilish maqsadida sun’iy intellektdan foydalna olish va boshqalar. Internet savdo maydonlaridan foydalanish tufayli, iste’molchilar tovarlar va xizmatlar harid qilish uchun oldin orzu ham qilib bo’lmaydigan imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Masalan, smartfondan foydalanishning o’zigina hisobsiz va unikal savdo takliflari bilan tanishishga yordam beradi. Web-saytlar, mobil ilovalar, ijtimoiy saytlardan to radio, televidenie hamda qog’oz kitoblargacha bo’lgan turli-tuman marketing kanallari elektron savdoga o’zlarining bir aniq auditoriyasini va mijozlarini jalb qiladilar. Shuning uchun ham, turli ommaviy axborot vositalaridagi turli kompaniyalar barcha iste’molchilar bilan samarador muloqot qilish uchun birgalikda ishlashlari kerak bo’ladi. RJMetrics ning izlanishlari shuni ko’ratdiki, o’z rivojlanishiga faol investitsiya qiluvchi elektron tijorat kompaniyalari o’z yangi mijozlarini oddiy kompaniyalarga nizbatan 3,5 barobar tezroq topadilar. Lekin kelajak mul’tikanal turidagi elektron savdoda ekanligi ko’pchilik uchun katta sir emas. Javelin Strategykompaniyasining bashoratiga ko’ra, hajmi 2016 yilda $161 milliard dollar bo’lgan mobil sotuvlar hajmi 2020 yilga kelib $319 milliard dollarga yetar ekan. Tovarlarni mul’tikanal usulida reklama qilish kim, qachonvanegauyoki bu tovarni sotib olishini tahlil qilishning fani va amaliyotidir. Ammo mul’tikanalli usulda savdo qilish zahiralarni boshqaruv tizimini to’g’ri sozlash va uni qo’llab-quvvatlab turishsiz mumkin bo’lmaydi. Agar siz kelajak elektron savdosida muvaffaqiyatga erishishni orzu qilsangiz, o’z imternet-magaziningiz infratuzilmasini shunday