Free-to-Play modeli (free – tekin, play – o’ynash) – bu modelda barcha funktsional tekinga taqdim etiladi. O’yinnji bemalol tekinga o’ynash mumkin, lekin o’yinga juda ham qiziqib ketsangiz, qo’shimcha funktsionallarni sotib olishingiz mumkin. Misol sifatida Jetpack Joyride va Veselaya ferma komp’yuter o‘yinllarini keltirishimiz mumkin. Bu model hit-mahsulotlar uchun foydalanuvchilarning soni juda ko’p bo‘lganda foydali bo‘ladi, aks xolda u foyda keltirmaydi. Full-Crowdsourcing modeli(100% kraudsorsing) – endigina ommabop bo’lib borayotgan bu model asosidagi mahsulot ko’ngillilar (kraudsorserlar) tomonidan tekin kraudsorsing platformasida yaratiladi. Foydalanuvchilar nafaqat kontentni yaratadilar, balki ular uning iste’molchilari bo’lib qolishlari ham mumkin. Donation modeli(kraudfonding modeli) - qandayidr kraudfonding platformasida biror bir loyihani moliyaviy qo’llab-quvvatlash uchun ishtirokchilarning o’z ihtiyorlari bilan beriladigan moliyaviy mablag’larni yig’ish uchun foydalaniladi. Bu modelni vaqticha va asosiy biznes-modelga qo’shimcha ravishda ishlatish mumkin hamda u doimiy pul mablag’lari oqimini ta’minlab bera olmaydi. Print-on-Demand va Video-on-Demand modellari– on demand – talab bo’yicha deb nom olgan bu modellar internet tizimi paydo bo’lgandan so’ng, alohida ahamiyatga ega bo’la boshladi. Masalan, biror bir kitobni unga qancha real zakaz bo’lsa, shuncha chop qilish, raqamli ko’rinishdagi kitoblarni sotish, mul‘timediya mahsulotlarini sotish, onlayn kinoteatrlarda tamoshabinlar uchun filmlar namoyish qilish bularga misol bo’la oladi. Apple TV ham huddi shu model asosida ishlaydi. Yuqoridagi modellarning barchasida reklamadan olinadigan daromad qo’shimcha model sifatida hizmat qilishi mumkin. Tarmoq hamjamiyatlari monetizatsiyasi manba‘lariJahondagi eng ommabop Facebook ijtimoiy tarmog’ining foydalanuvchilari soni bir necha milliardga yetib, uning sof foydasi ham bir necha milliard dollardan oshib ketgan. Bu kompaniyaning mobil qurilmalardagi reklamadan oladigan daromadi miqdori ham ancha katta mablag‘ni tashkil etadi. Agar ko’pchilik
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ijtimoiy saytlarni daromad manba’larini tahlil qilsak, quyidagi holatni ko’ramiz (http://top.rbc.ru/technology_and_media/08/04/2015/55252f8c9a794724452cff8f): Reklamadan keladigan daromad; Onlayn o’yinlardan daromad; Virtual sovg’alardan keladigan daromad; Qayd qilinishdan daromad; Ilovalar va o’yinlarga bo’lgan to’lovlardan keladigan daronad; Katta hajmdagi fotografiyalar va videolarni saqlash uchun to’lovlardan keladigan daromad; Kreditdan olinadigan daromad.