Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva sifatidagi kontent iqtisodiy jihatdan foydali bo’lib, investitsiyalar rentabelligiga samarali ta’sir qiladi. Xuddi shuning uchun ham, marketing bo’limlarining ko’pchilik rahbarlari foydalanuvchilar kontentini kelajak rivojlanish garovi deb biladilar. Kontentlarga asoslangan brendlar har bir yangi mijozni jalb qilishda $14 dollargacha iqtisod qiladilar. Blogni ishga tushirish yoki katalog yaratish uchun minimal miqdordagi resurslar talab qilinadi. Ammo bunda yondoshuvingizning strategiyasini diqqat bilan ishlab chiqishingiz kerak bo’ladi, shu jumladan, foydalanuvchilarning diqqat-e’tibori istalgan paytda o’zgarib qolishini, har bir auditoriyaning o’z yuqori standartlari borligini, ularning xoxish-istaklarini, nimalarni ko’rishni yoki nimalarni eshitishni istayotganlarini va xakozolarni hisobga olgan xolda. Agarda to’g’ri strategiyani tanlay olsangiz, muvaffaqiyatga erishdim deyavering. Demand Metricning ma’lumotlariga ko’ra, qiziqarli content insonlarning ijtimoiy saytlardagi sahifalarga a’zo bo’lishlariga asosiy sabablardan biri ekan. Gartner kompaniyasining marketing izlanishlaridan ma'lum bo'ladiki, 64% iste’molchilarning brend tanlashida haridning ijobiy tajribasi mahsulotning bahosidan ko’ra muhimroqdir. HubSpot marketing servisining ma'lumotlariga ko'ra esa, bloglarga asosiy e’tibor qaratgan marketologlar boshqalarga nisbatan investitsiyalarning 13 marta ko’proq ijobiy rentabelligiga erishadilar. Kontent yaxshi bo’lsa, saytning konversiyasini ikki barobar oshirish mumkin ekan. Sotuv hajmini o’shirsh va haridorlarni jalb qilish uchunqanday strategiadan foydalanish mumkin? Buning uchun, masalan, tovarlar yoki xizmatlaringizni ishlatish bo’yicha tushuntiruvchi videoroliklar tayyorlashingiz mumkin. Bunga juda yaxshi misollar sifatida Luxy Hair’sva Reshoevn8r internet-magazinlarining video-kontentlarini kelrtirish mumkin. Yana bir maslahat - foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontentlarni saqlash, yig’ish va ularni iste’molchilar fikri sifatida ko’rsatishdir (taqrizlar). Masalan, Pura Vida Bracelets internet-magazini o’zining Yotpo taqriqlar saytida foydalanuvchilarning taqriz va maslahatlarini joylashtirib qo’yadi. Boshqa bir yondoshuv sifatida REI kompaniyasi singari o’zingizning YouTubekanalingizda foydalanuvchilarning video-roliklarini joylashtirishingiz ham mumkin. Facebook, Twitter, Pinterestva Instagram dagi
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva foydalanuvchilarning diqqatini tortish uchun ko’proq rasmlar ham chop etishingiz mumkin. Sizning tovaringiz yoki hizmatingizni ishlatayotgan insonlarning chiroyli fotolarini ham blogingizga qo’yishingiz foydadan holi bo’lmaydi. The Hundredskompaniyasi kabi o’z OAV ingizni tashkil qilishingiz ham mumkin.
Endi interfaol content haqida ham biroz to’xtalib o’tamiz. Demand Metric kompaniyasining bosh analitigi Djerri Reklining aytishicha, statik hamda passiv kontentga nisbatan interfaol kontent yaxshi ishlar ekan. Bular sifatida viktorinalarni, baholashlarni, kalkulyatsiyalarni va mahsus turdagi interaktiv videolarni keltirish mumkin. Bunday turdagi kontent ancha ko’proq insonlarni o’ziga jalbqilar va kattaroq konversiyani ta’minlab berar ekan. «Вашинтернет-магазинот Адо Я» dahamta’kidlanishicha, gipermarketlar va marketpleyslar faoliyat yuritayotgan sharoitda kontent-marketingmijozlarni jalb qilishning va internet-magazinning bozorda o’zini ko’rsatishining asosiy qurollaridan biri ekan. Lekin bunda asosiysi – o’z information materiallaringizni to’gri va maqsadga muvofiq xolda taqdim etishdir. CRMdaharbirmijozniko’rishvauningharidgachavaundankeyinbo’lganbarchakontentliharakatlarinitahlilqilishbo’yichamahsus keysniquyidagihttps://www.youtube.com/watch?v=RQ3jKr1-HLY saytda ko’rib chiqishingiz mumkin. Kontentnikompaniyauchunstrategikafzallikkaaylantirish uchun uni tegishli information arxitektura asosida, brending vositasida, integrallashgan IT-yechimlar asosida hamda kundalik faoliyat doirasida aql bilan yaratish kerak bo’ladi ( https://www.shopolog.ru/metodichka/analytics/ kakoy-stanet-elektronnaya-kommerciya-v-2018-godu-i-dalee/). Hulosalar 1. Kompaniya biznes-modelini tanlash va uni tashkil qilish murakkab jarayon bo’lib, bunda bir qamcha masalalar ko’rib chiqilishi lozim; 2. Internetda biznes-modellar yaratish bo’yicha bir qancha yondoshuvlar bo’lib, ulardan eng samaradorlari ushbu bobda yetarlicha tavsif etilgan; 3. U yoki bu biznes-modelni tanlash kompaniyaning xayotiy tsikli bilan, daromad qilish usuli bilan va monetizatsiya sxemasi bilan bog’liq ravishda amalga
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva oshiriladi. Bunda kompaniyaning qaysi bozor segmentida faoliyat ko’rsatayotgani ham ahamiyatga ega bo‘ladi; 4. Bozor haqidagi ma’lumotlarni olish va uni tahlil qilishga yordam beradigan yangi elektron servislar va usullarning paydo bo’lishi biznesga yangi hamda katta imkoniyatlar baxsh qildi; 5. Elektron tijoratni muvaffaqiyatli ravishda yuritish uchun sekinlashtiruvchi faktorlardan biri kerakli bo’lgan samarador infratuzilmani tashkil qilish bo‘lishi mumkin, chunki bu katta mablag‘ talab qiladi. Bu muammoni hal qilish uchun barcha funktsional modullarga ega bo’lgan konstruktor asosidagi tayyor internet-magazin ijaraga olinadi; 6. Biznesni „hamkorlik dasturi“ (Affiliate Model) va Dropshipping modellari asosida ishga tushuirub yuborish hozirgi paytda eng yaxshisi hisoblanadi; 7. Bozorda keng miqyosda ishlatiladigan boshqa biznes-modellarga Freemium, Free-to-Play, Full-Crowdsourcing, Donation, Print-on-Demand, Video-on-Demand larni misol qilib keltirish mumkin.