Demografik segmentatsiya – bunda iste’molchilar yoshi, jinsi va ma’lumot darajasi bo’yicha bo’lib chiqiladilar. Bunda marketologlar turli xildagi usullar yordamida potentsial va real mijozlarning qiziqisharini o’rganadilar.
Psixografik segmantatsiya – iste’molchilari shxslar turi bo’yicha va iste’mol modellari bo;yicha guruxlantiriladi.
Bozorlarni segmentlashtirishning ahamiyati shundaki, bu orqali marketologlar kerakli guruhdagi iste’molchilarga nisbatan ularga mos bolgan reklama tadbirlarini amalga oshiradilar.
Internetda ma’lumot tarqatishning quyidagi kanallarini farqlash mumkin:
To’g’ridan-tog’ri kanal (direct channel) – bunda ma’lumotlar ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga bevosita jo‘natiladi;
Bilvosita kanal – ishlab-chiqaruvchi va iste’molchi orasidagi munosabat amalga oshirilganda orada vositachining mavjudligi;
Aralash kanal – bir qancha ishlab chiqaruvchilar va ularning vositachilarining birgalikdagi say’i-harakatlari asosida ma’lumot tarqatilishi.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Kompaniyalar internetda ko’p kanalli usuldan foydalanadilar va bunda vositachilar ham ishtirok etadilar. Bunda an’anaviy ma’lumot tarqatish usullari ham, elaktron kanallar ham birgalikda ishlatiladi. Offlayn kompaniyalar ham sotuv hajmini oshirish uchun onlayn kanallardan foydalanadilar. Keyingi yillarda vositachi-kompaniyalarning agregator deb atalgan yangi turlari paydo bo’lgan va ular iste’molchilarga tez va arzon hizmat ko’rsatish uchun ishlab chiqaruvchi hamda hizmat ko’rsatuvchi kompaniyalarni birlashtiradilar. Zamonaviy biznesda agregatorlar muhim rol o’ynaydilar va ular ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar orasidagi aloqalarni yaxshilaydilar, narxlarni pasaytiradilar va bozordagi raqobatni mukammallashtiradilar. Misol sifatida on-line travel transport bozoridagi quyidagi agregatorlarni keltirishimiz mumkin: Uber, Yandex.Taxi, GettTaxi, booking.com, TripAdvisor, parter.ru va boshqalar.
Internetdagi eng ommabop reklama turiga kontekst axtaruv reklamasini kiritish mumkin. Statista.com ma’lumotlariga ko’ra, internet reklamaga AQSH kompaniyalari byudjetida eng katta mablag‘ qidiruv reklamalariga ajratiladi. Videoreklamaham huddi mobil reklamaga o’xshab, reklama bozori rivojlanishining jahon trendi bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham YouTube kanalida reklamani amalga oshirish bo’yicha yangi mutaxassislik paydo bo’ldi, Videoservislarning rivojlanishi tufayli uni monetizatsiya qilish va daromad olish undan daromad olish imkoniyati hosil bo’ldi. Bannerli elektron reklamaham bir qancha usullarda internetga joylashtirilishi mumkin, shu jumladan, saytning to’liq yoki mobil versuyalari orqali ko’riladigan, videoreklamaga joylashtirilgan hamda videorolik ko’satilishi jarayonida namoyish etiladigan. Ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar ham hozirgi davrda keng tarqalgan. Ular boshqalaridan ijtimoiy tarmoqlarda bir qancha parametrlar yordamida aniq targetlashtirish qobiliyati bilan farqlanadilar.
Potentsiyal mijozga ta’sir qilish usuliga nisbatan elektron reklama uch turga bo’linadi:
Passiv reklama – bunda reklama beruvchi reklama ma’lumoti bilan kontaktga kirishni taklif qilmaydi. Ammo reklamadagi vizual banner-kliplar vositasida foydalanuvchilarga ta’sir ko’ratadi.
Aktiv reklama – bunday reklamada reklama beruvchi foydalanuvchilarni interfaol rejimda qadam ba qadam muloqotga kirishga taklif etadi.
Nativ reklama–bu internetdagi bekiq reklama bo’lib, unda reklama ma’lumoti iste’molchiga kontentga yashiringan xolda, qiziqarli maqola yordamida yoki kommentariy vositasida yetkaziladi.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Videoroliklarda, ijtimoiy tarmoqlarda va bloglarda reklamaning yana bir g’aroyib turini ham uchratish mumkin. Buni shaxsiy mahsulotni joylashtirish (product-placement) deb nomlanadi. Bu usulda mahsulot yoki hizmat reklamasiga taniqli va obruli insonlar (celebrity) jalb qilinadilar. Yuqorida ko’rsatilgan reklama turlaridan boshqa yana quyidagilarni ham ko’rsatib o’tish mumkin: bular, elektron pochta orqali reklama, rich-media reklama, reklama qatori, xeshteglar, tizer reklamasi va boshqalardir. Rich-medianing turlaridan biriga pop-up reklama kiradi. Bunda reklama matni sayt sahifasining tepasida hosil bo’ladi, pop-under reklamada esa ma’lumot saytning pastida ko’rinadi. Tizer reklama yoki tizerlar to’rtburchak shaklidagi grafik reklama bo’lib, ko’pincha negativ ko’rinishda bo’ladi va saytga kiruvchilarga uni ko’rishga majbur qiladi. Elektron reklamani turli xildagi ekranlarda ko’rish mumkin, shu jumladan, statsionar komp’yuter ekranida, smart televizorda va mobil elektron qurilmalarda (mobil reklama). Bunday reklama turlari mavjud bo’lgani sababli, bir qancha turdagi yangi mutaxassisliklar ham paydo bo’ldi, shu jumladan, SEO-mutaxassis (axtaruv optimizatsiyasi bo’yicha mutaxassis), SEO-kopirayter, SEO-rerayter, content-meneger, visualizator, SMM-mutaxassis (ijtimoiy tarmoqlarda reklama bo’yicha mutaxassis), e-mail reklama bo’yicha mutaxassis, YouTube kanalidagi reklama bo’yicha mutaxassis, verstkachi (html-koder). Zamonaviy turdagi elektron reklamaga push-ma’lumot yetkazishni ham kiritish mumkin. Bunday reklamalar ekranning o’ng pastki tomonida paydo bo’ladilar va foydalanuvchiga unchalik halaqit bermaydilar.
Elektron reklamalarning quyidagi hususiyatlarini ko’ratib o’tish mumkin:
An’anaviy reklamaga nisbatan ancha kam mablag‘ talab qiladi, tezkorlik bilan tarqatiladi, aniq manzillarga yetkazilishi mumkin va foydalanuvchilarni keng miqyosda qamrab oladi.
Reklama faoliyatining samaradorligini chamalay olish imkoniyati;
Aniq targetlashtirish orqali reklamaning natijaviyligini va maqsadliligini oshirish;
Reklamaning interaktivliligi juda ko’p miqdordagi foydalanuvchilarni qamrab olishga imkon beradi;
Turli xildagi ekranlarda va mobil qurilmalarda reklamani namoyish qilish imkoniyati;
Reklamaning samaradorligini tezkorlik bilan baholash va kerak bo’lganda uni o’zgartira olish imkoniyati;
Foydalanuvchilar tomonidan ba’zi reklamalarni blokirovka qilish imkoniyati.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Zamonaviy reklama bozori rivojlanishining eng muhim yo’nalisharidan biri – programmatik jarayonidir. Bu avtomatik ravishda reklama maydonlarini zakaz qilish, sotib olish, to’lovni amalga oshirish va ishga tushirishni anglatadi. Interaktiv texnologiyalar ruxsat talab qiladigan marketingni (permission marketing) ham ishga tushirishga imkon berdi. Bunda foydalanuvchi u yoki bu reklamani o’zi mustaqil ravishda tanlaydi. Internet foydalanuvchilari talab qillayotgan ma’lumotlrni o’z ichiga olgan elektron pochta ma’lumotini Opt-inma’lumotlar deb nomlanadi. Hozirgi davrda permission marketing tufayli barcha reklama ma’lumotlari bir qancha fil’trlardan o’tib, foydalanuvchining unchalik jig’iga tegmaydi. Keyingi yillarda YouTube dagi videoreklama ancha ommabop bo’lib ketayapti. Shu tufayli faol bloggerlar o’z unikal va qiziarli kontentlarini yaratib, bundan yiliga $12 mlngacha daromad topmoqdalar.
Axtaruv marketingi (SEM – search engine marketing) kompaniyaning qidiruv tizimidagi reklamasini amalga oshirib beradi. Uning asosiy maqsadi – elektron resursga potentsial iste’molchilarni jalb qilib, trafikni oshirishdir. Odatda trafik (traffic) deb, vaqt birligida internet orqali jo’natilgan yoki qabul qilingan ma’lumotlar xajmiga tushuniladi. Axtaruv marketingida asosiy biznes ko’rsatgichlardan biri sifatida kontekst reklama uchun „klikning bahosi“ (cost for click) qo‘llaniladi. Reklama ma’lumotlarini joyashtirish uchun eng yaxshi joyni tanlash uchun saytning issiqlik kartasidan foydalaniladi. Google tizimida saytning issiqlik kartasida qaysi joyda ko’proq clik bo’lgan bo’lsa, shu joy kartada qoraroq bo’lib ko’rinadi. Kopchilik saytlarning issiqlik kartalarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, foydalanuvchilarning diqqat-e’tibori ko’proq kartaning chap tepa qismiga to’g’ri keladi. Xuddi shuning uchun ham eng qimmat reklama ma’lumotlarini va muhim ma’lumotlarni sayt chap burchagining tepa qismida joylashtiriladi. Saytning o’ng yuqori qismga esa foydalanuvchilar kamroq e’tibor qaratadilar. Kontekst reklama bozorida ishlash uchun yangi turdagi mutaxassisliklar paydo bo’ldi: SEO - mutaxassis (search engine optimayzer – qidiruv optimizatsiyasi bo’yicha mutaxassis), SEO – kopirayter (search engine copirayter), SEO-rerayter.
Konversiya korsatgichi CTR (Click-Throught Rate) reklamaga klik qilgan foydlanuvchilarning saytni ko’rib chiqqanlar umimiy soniga nisbati bilan aniqlanadi. Reklama ma’lumotiga klik qilib, sotuvni amalga oshirgan foydalanuvchilar sonining klik qilganlar umumiy soniga nisbati transaktsiya bo’yicha konversiya ko’rsatgichi TCR (Transmission Conversion Rate) deb ataladi. Elektron reklamalarni ko‘rsatish baholarining quyidagi modellari mavjud:
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva „Ko’rsatuv bo’yicha to’lov“ modeli– Cost Per Thousand, CPT, Cost For Mille, CPM va AD exposure.
„Aniq to’lov“ modeli – Flat Fee Advertising, FFA.
„Kliklar soni bo’yicha to’lov“ modeli – Cost Per Clik, CPC.
„Amal bo’yicha to’lov“ modeli – Cost Per Action, CPA.
„Jalb qilingan foydalanuvchilar uchun to’lov“ modeli– Cost Per Visitor, CPV.
„Sotuvlar uchun to’lov“ modeli–Cost Per Sale, CPS.
“Banner almashinuvi” modeli – Cost for Banner Exchange, CBE.
Elektron reklama va elektron marketingning samaradorligi ko’rsatgichlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: