Buyumlar interneti interfeyslari dizayneri – qurilmalarning turli-tumanligi va ularni boshqarish usullarining xilma-xilligini hisobga olgan holda buyumlar interneti tizimlarining interfeyslarini loyihalashtiradi.
Ma’lumotlar havfsizligi bo’yicha muhandislar – Ma’lumotlarni raqamlashtirish va shifrlashning havfsizligini hamda konfidentsiyalligini ta’minlab beradi, tashkilot ichidan va uning tashqarisidan ma’lumotlarga ruhsat berilmagan kirishlarga nisbatan himoyani amalga oshiradi. Robototexnika operator-muhandisi– ishlab chiqarishda va hizmat ko’rsatishda ishlatiladigan robototexnik komplekslarning boshqaruvini amalga oshiradi va ularning maqsadga muvofiq ravishda ishlashini ta’minlab turadi. Ma’lumotlar bilan ishlay oladigan mutaxassislar – katta ma’lumotlar massivlari bilan ishlay oladi, ularni qayta ishlash va analizi bilan shug’ullanadi, statistik analiz usullaridan foydalangan xolda jarayonlarni o’rgana oladi va ular asosida kerakli bo’lgan matematik modellar quradi. Matematik modellardan foydalangan holda qonuniyatlarni topadi hamda biznes va fan-texnika rivojlanishining bashoratlar qila oladi, jarayonlarning eng optimal rejimlarini hisob-kitoblar orqali aniqlay oladi. Informatsion texnologiyalar bo’yicha huquqshunos (IT-yurist)– raqamli iqtisodiyot sharoitlarida biznes yuritishning huquqiy ta’minotini amalga oshiradi. Mamlakat va chet ellardagi bu soha bo’yicha barcha qonunlarni yaxshi biladi va globalizatsiya sharoitlarida to’g’ri va aniq huquqiy hulosalar bera oladi. Komp’yuter lingvisti–Tabiiy til asosida turli algoritmlar va programmalar tuzadi, matnlarni, ovozni taniy oladigan dastur va uskunalar yaratadi, sun’iy intellektning rivojlanishida faol ishtirok etadi. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Robotlar etikasi bo’yicha maslahatchi– robotlar va insonlarning o’zaro muloqoti bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy, ahloqiy, etik va huquqiy masalalar bilan shug’ullanadi, tizim arxitektorlari, operatorlar va tizim egalarining javobgarligi chegaralarini aniqlab beradi, robototexnik tizimlarning huquqlari va erkinliklari darajasiga oydinlik kiritadi hamda robotlarning huquq sub’ekti sifatidagi rolini aniqlab beradi.