Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə215/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Raqamli prodyuser – ko’p platformali murakkab medialoyihalarni boshqaradi, hamda ishlab chiqarishdagi raqamli imkoniyatlarni amalga oshiradi, mobil ilovalar, mul’timedia adabiyotlar, videoo’yinlar, onlayn kurslar va web-seriallar yaratadi.
Raqamli iqtisodiyotning asosiy ko’rsatgichlari va rivojlanishining o’ziga hos hususiyatlari:
Internet paydo bo’lmasdan avval mumkin bo’lmagan yangi turdagi hizmatlarning yuzaga kelishi.1990 yildan hozirgi davrgacha qadar internet tarmog’i va information texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan bir qancha yangi mahsulotlar va hizmatlar bozorlari paydo bo’ldi. Masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet qidiruv tizimlari, internet reklama, elektron couching, elektron ta’lim va boshqalar. Yangi turdagi hizmatlarning paydo bo’lishiga yaqqol misol bo’lib, elektron savdoni keltirishimiz mumkin. 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdo Angliyada 13.6% ini, Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng 4,2% ni va Xitoyda 9.6% ni tashkil qilgan. Xitoy internet savdosining 2015 yildagi aylanmasi esa 400 millard dollar atrofida bo’lganligi qayd etilgan. Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning ham ommaviyligi borgan sari ortib bormoqda. Jamiyatning rivojlanishi elektronbiznesning rivojlanishi va boshqarilishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. Masalan, ma’lumotlarni bulutli usulda saqlash va ularni boshqarish hizmatlari biznes uchun misli ko’rilmagan imkoniyatalar yaratib bermoqda.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Endi firma va tashkilotlar ish yuritish uchun ofis maydonlari, data-markazlar talab qilmaydilar, information tizimlar yaratishga esa katta miqdordagi investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi.
Elektron biznes sohasidagi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko’payishiga bog’liq bo’lib qoladi. Bu esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishlariga sabab bo’ladi. Masalan, YouTube bir kunda 100 million so’rov oladi, Facebookda esa 2 milliarddan ko’p ishtirokchilar mavjud. Huddi shu juda katta foydalanuvchilar guruhini qamrab olish nafaqat kapitalizatsiyani ko’paytiradi, balki reklamada ham katta miqdordagi mablag’ ishlab olishga sabab bo’ladi. Masalan, 2015 yilda Facebook reklamaning o’zidan 26,9 milliard dollardan ortiq mablag’ ishlab oldi. 2016 yil natijalari bo’yicha Facebookning yillik daromadi 27,6 milliard dollarni tashkil qilib, sof foyda 10,2 milliard dollarni tashkil etgan. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot – yangi iqtisodiy muhit bo’lib, u biznes uchun yangi va juda katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Raqamli iqtisodioyt sharoitlarida raqobat kurashining tuzilishi va harakteri ham butkul o’zgarib ketadi. Aniq va ravshan qilib ta’kidlash mumkinki, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning yangi texnologiyalari ta’sirida biznes-modellar ham o’zgarib ketadi. Masalan, yo’lovchilar tashish bozoridagi agregator-kompaniyalar (GettTaxi, Yandex.Taxi kabilar) transport kompaniyalaring ish faoliyatiga ko’pgina o’zgarishlar kiritib, ularni iste’molchilarga ancha yaqinlashtirishga erishdilar. Oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyalari ham sotuvchilarni iste’molchilarga yaqinlashtirb berdilar va raqobatli bozorda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bularning natijasida an’anaviy off-layn kompaniyalar o’z bizneslarini transformatsiya qilishga yohud on-laynga o’tishga majbur bo’ladilar. Bu holat esa tadbirkorlarga internetda o’z bizneslarini tashkil qilishga undaydi. Hozirgi davrda elektron tijorat kanallarining qandayligiga bog’liq ravishda AMAZON yoki OZON singari to’la on-layn
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, eBay, AVITOlar yohud an’anaviy of-line biznesga o’z elektron tijorat kanallarini joylashtirgan savdo tarmoqlari, internet magazinlar va logistik kompaniyalar mavjud.
Raqamli iqtisodiyot tezkor biznes-analitika tahlili asosida biznes uchun yangi g’oyalar qidirish hamda mijozlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini yaratib berdi. Bu esa potentsial mijozlarning innovatsion kutishlariga nisbatan reaktiv ravishda ta’sir qilish imkonini yaratdi. Bunday ishlar natijasida Google Analitics va Яндекс.Метрика kabi bepul servislar hosil bo’ldi.
Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalarning hayotiy tsikli ancha kamayishi bilan ham tavsiflanadi. Bu esa ko’plab yangi smartfonlar modellarining, kompyuterlarning, mobil ilovalarning, komp’yuter o’yinlarining yangi versiyalarining tezkorlik bilan paydo bo’lishiga turtki bo’ladi. Bir qancha olimlar va mutahassislarning fikrlaricha, transportda ham yangi innovatsion transport tizimlari paydo bo’lishi kutilmoqda. Masalan, magnit-levitatsion vositalar, vakuumli transport vositalari, Hyperloop tizimlar va boshqalar bularga yaqqol misol bo’lishi mumkin.
Kollektiv bilimlardan foydalangan holda innovatsion g’oyalarni generatsiya qilish (mass collaboration, kraudsorsing), mahsulot va hizmatlar ishlab chiqarish, yangi innvovatsion loyihalarni moliyalashtirsh (kraudfunding).
Internet tizimi tufayli va biznes uchun yangi imkoniyatlar hosil bo’lishi rivojlangan mamlakatlar YIM da hizmatlar ulushining ancha oshib ketishiga olib keladi. Komp’yuterlar paydo bo’lishi bilan informatsion inqilob boshlandi va insonlar information texnologiyalarga asoslangan ko’plab hizmatlarni faol ravishda iste’mol qila boshladilar. Masalan, 1992 yilda tarmoqqa bir million komp’yuter ulangan bo’lsa, 1996 yilda bu miqdor 10 millionga yetdi, 2009 yilda esa bir milliard inson internetga ulandi. 2015 yilda internet foydalanuvchilari soni 3 milliardga yetdi. Informatsion texnologiyalar borgan sari ko’proq yangi hizmatlar turlarining paydo

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin