ABB – Activity Based Budgeting – byufjetlash asosidagi faoliyat
ABC – Avtivity Based Costing – ish yo’nalishlari bo’yicha harajatlar tahlili ACSI – American Custoner Satisfaction Index – iste’molchilarning qoniqish indeksi AMEX –American Stock Exchange – Amerika fond birjasi AR – Augmented reality – to’ldirilgan voqe’lik ARPU – Average Revenuy Per User – xar bir iste’molchi tomonidan keltiriladigan o’zrtacha daromad miqdori AIaaS-hizmatlar (Artificial Intelligence as a service) –sun\iy intellect hizmat sifatida. AD frequency – unikal foydalanuvchuga reklamaning urtacha ko’rsatish soni. AD impressions–reklamaning foydalanuvchilar ko’rgan soni. AD reach – unikal foydalanuvchilarning reklamani ko’rgani soni. AD exposure – reklamaning umumiy ko’rsatilgan soni. AIDMA-tsikl–diqqat-qiziqish-hoxish-motiv-harakat ARPU (Average revenue per user) - Anonimlilik1 - pul mablag’lariga anonim jihatdan (egasi ko’rsatilmagan xolda) egalik qilish va ulardan foydalanishning anonimliligi (bunga tranzaktsiyalar ham kiradi) Anonimlilik2 – blokcheyn ishtirokchisining elektron hamyoni telefon raqamiga ham, nomga ham, manzilga ham bog’liq bo’lmaydi. Unda faqatgina blokcheynda qayd qilingan hamyon nomeri va unga bog’liq bo’lgan hamda egasi biladigan parol bo’ladi holos. Blokcheynning shaffofligidan foydalangan xolda transaktsiyalar haqidagi ma’lumotlarni ko’rganda hamyonlar qancha bitkoin olganini bilish mumkin, uning egasini aniqlab bo’lmaydi (albatta uning o’zi buni aytmasa). Agarda kriptovalyuta egasi hamyon nomeri yoki parolni yo’qotib qo’ysa, u xolda uning o’zi ham tizimga kira olmaydi. alpari.com – Xalqaro miqyosdagi moliyaviy kompaniya sayti Asimetriyali axborot – bozordagi vaziyatni bildirish uchun foydalaniladigan atama. Sotuvchi va xaridorning mahsulot sifati haqidagi xabardorligi turlicha Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva bo‘ladi. Masalan, mehnat bozorida ishchi o‘zi haqida ish beruvchiga nisbatan ko‘proq xabardordir. Ishchi kuchini ishga yollayotgan ish beruvchi esa u haqida dastavval to‘liq ma’lumotga ega bo‘la olmaydi. Agar axborot simmetrik tarzda tarqalishi mumkin bo‘lganda, alohida bozorlar, ya’ni turli mahsulotlarga nisbatan sifatli va sifatsiz tovar yoki hizmatlar bozorini tashkil etish mumkin bo‘lar edi. Bozorlarda esa tovar va hizmatlar bo‘yicha assimetriyali axborot mavjud. Assimetriyali axborot bozorlari “limon” bozori deb ataladi. Bunday bozorlarni 1970-yilda Nobel mukofoti laureati (2001-yil) Jorj Akerlof “Limonlar” bozori: sifat noaniqligi va bozor mexanizmi” deb nomlangan o‘z asarida yoritib bergan. Axborot– insonning yuqori faoliyati mahsulidir. Axborot shaxsga oid, u tug‘ilish vaqtida yaratuvchisining nomini ajralmas element sifatida saqlaydi. Axborot so‘zli, raqamli, vizual va harfli shaklga ega bo‘ladi. Axborot almashuvi– mahsulot almashinuvi o‘rniga keluvchi ijtimoiy o‘zaro harakat shakli. Axborot mahsulotlari bilan almashuv mahsulotlarning ikki xususiyati tufayli nobozor xususiyatiga egadir. Birinchidan, xaridorning xarid qilish vaqtida axborot mazmuni bilan tanishuvi uni bepul sotib olishni bildiradi. Ikkinchidan, sotuvchi ko‘p marta ko‘p karrali axborot mahsulotini o‘z ixtiyoriga qarab foydalanishi mumkin. Axborotning depersonifikatsiyasi–axborotlashgan mahsulotni yaratuvchining nomi va mahsulot mazmuni bu mahsulotning sabab va undan kelib chiqadigan aloqani yo‘qotish. Depersonifikatsiya kutilmagan va aniq maqsadga qaratilgan bo‘lishi mumkin, oxirgisiga plagiat kiradi. Axborotlashgan iste’mol – insonning yuqori faoliyatiga bevosita yordam beradigan mahsulot va hizmatlarning iste’molidir. Axborotlashgan iqtisodiyot – bujamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron (axborot-kommunikatsiya) texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir. Axborotlashgan iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, axborotlashgan iqtisodiyot Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva – burivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, axborotlashgan iqtisodiyot – bunazariya bo‘lib, uning o‘rganish obyekti birinchi ma’nodagi axborotlashgan iqtisodiyot hisoblanadi. Bu holda axborotlashgan iqtisodiyot axborotlashgan jamiyatning iqtisodiyot nazariyasini yoki axborotlashgan iqtisodiyot nazariyasini tashkil qiladi. Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni.