Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə216/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bo’lishiga sabab bo’layapti va huddi shuning uchun ham rivojlangan davlatlar YIM da hizmatlarning ulushi 70% dan ortib ketdi (AQSH, Angliya, Frantsiya, Germaniya va boshqalar).
Moddiy boyliklarni birgalikda iste’mol qilish imkoniyatlari (Sharing Economy) jamiyatning ko’pchilika’zolarida moddiy boyliklarga egalik qilishga bo’lgan munosabatni o’zgartirib yubordi. Masalan, rivojlangan mamlakatlardagi ko’pchlik yoshlar o’zlari uchun hususiy mulk sotib olish va unga egalik qilishga katta qiziqish bildirmayaptilar. Chunki ular uchun ko’proq hayotiy erkinlik, ma’naviy hatti-harakatlar erkinligi va hissiyotlarga berilish, dunyo mamlakatlariga sayohatlar, ekologik turizm tadbirlari ko’proq ahamiyatga ega bo’lib qoldi.
Iste’molchilarda mahsulot yoki hizmat haqida fikr hosil qilishda ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati tobora oshib borishi. Chunki hozirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ishlash va muloqot qilish barcha yoshlar hayotining ajralmas qismi bo’lib qolgani hech kimga sir emas.
Internet tizimida faoliyat olib boruvchi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi asossiz ravishda juda ham ko’payib ketishi hamda kriptoaktivlar bahosining “moliyaviy puffak” ko’rinishida haddan tashqari ortib ketishi;
Internet tarmog’ida reklama-biznesi bilan shug’ullanuvchi kompaniyalarning daromadlari sarf-harajatlaridan ko’ra ancha ko’proq kattalikka ega bo’lib ketishi;
Tarmoqdagi tadbirkorlar nafaqat moddiy boyliklar va hizmatlarni, balki raqamli va elektron tovarlarni ham sotish bilan shug’ullana boshladilar. Masalan, 2016 yilda internet savdoning umumiy hajmi bir trillion dollardan ham ortib ketdi. Elektron tijoratda esa eng katta ulushni avia- va temir yo’l chiptalari sotuvchi kompaniyalar egallab turibdi;
Intellektual mulkka egalikning yangi litsenziya turlari (halq litsenziyalari - Public Lisence) paydo bo’lishi. Bunda yaratilgan mahsulot yoki hizmatga ko’pchilikning egalik qilish qoidasi amal qiladi. Masalan, halq tomonidan
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
intellectual mulkka egalik qilishga imkon beradigan Creative Common (CC) turidagi litsenziyalar, ochiq dasturiy ta’minot uchun jamoaviy litsenziyani ko’zda tutadigan General Publik License (GPL, GNU);
Virtualizatsiya bo’yicha ko’rsatiladigan hizmat turlari asta-sekinlik bilan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni va komp’yuterchilarni bozordan siqib chiqara boshladi. Masalan, SONY korporatsiyasi ham noutbuklarni korporativ zakazga binoan ishlab chiqarishni boshladi, chunki mijozlar borgan sari talabchan bo’lib borayaptilar va shu tufayli sifatli tovar va hizmatlarni istab qoladiar.
Biznes-modellarning transformatsiyasi. Raqamli iqtisodiyot yangi biznes-modellarda namoyon bo’ladi va bu bozorning boshqa ishtirokchilarda o’ziga hos bo’lgan zanjirli reaktsiya hosil qiladi. Bular ichida eng ommaboplari – kastomlashtirilgan mahsulot va hizmatlarga bo’lgan intilish, personallashtirilgan hizmatlar olish istagi, kompaniyaning rivojlanish strategiyasiga elektron tijorat vositalarini jalb qilsh hamda Freemium-model, Tree-to-play, Print-on-demand, Full-Crowdsoursing, Donation kabi raqamli biznes arxitekturalaridan foydalanishdir. Ishlab chiqaruvchi firmalarning internet orqali bevosita sotuvlarni tashkil qilishi, elektron vitrinalardan foydalanish, tarmoq va tarmoqlararo virtual birjalarni tashkil qilish, omborlarsiz ishlash imkoniyati (drop shopping) va zahiralarni talabga binoan qondirish (on-demand).
Oliy ta’lim muassasalari tayyorlab bergan mutaxassislarning bilimini zamonaviy talablar darajasida oshirishga erishish. Chunki hozirgi davrda oliy ta’lim olgan mutaxassislarning bilim darajasi oliy maktabni tugatgandan so’ng, atigi ikki yildagina 50% ga eskirib qolmoqda.
Hozirgi vaqtda anchagina ommaviy bo’lib ketayotgan uy-ofislarda ishlash imkoniyati, ya’ni, raqamli iqtisodiyot ko’pchilikni uydan ketmagan holda, kompaniya, firma yoki tashkilotlarda to’laqonli ishlash imkonini yaratadi (gigeconomy, free lancing kabilar).
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin