Tekin mobil aloqa firibgarligi Internetdagi mobil telefonlarda gaplashishi bilan bog’liq yana bir firibgarlikning nomi tekin mobil aloqa deb nomlanadi va bunda bir martagina to’lovqilib, istalgancha gaplashish mumkin degan afsonaga ishontirishga xarakat qilinadi. Bunda firibgarlar mobil telefonga qandaydir o’zgartirish kiritib, bu o’zgarish telefondan tekin qungiroq qilishga imkon beradi deb ishontirishga xarakat qiladilar. Buning bir qancha usullari taklif etiladi. Bunday ishni sizga noma’lum bo’lgan bir “dohiy” injener telefonga maxfiy kodlarni o’rnatish, unda maxsus dasturiy ta’minotni ishga tushirish yoki mobil telefonga qo’shimcha chiplar o’rnatishlar sifatida taklif qiladi. Ammo agar siz buning qanday qilinishini bilmoqchi bo’lsangiz, bu usulni bilishingiz uchun ma’lum miqdorda pul so’raladi. Ular o’z takliflarini sizga murakkab elektron sxemalar, dasturlar yoki chiplarning tuzilishi ko’rinishida taqdim etadilar. Bu takliflar bilan tanishib chiqqan malakali mutaxassislarning fikricha, bunday ishlarni qilish mumkin emas va bunday takliflarning ijodkorlari internetdagi pixini yorgan oddiygina firibgarlardir.
Internetda mahsulot va hizmatlar sotib olishdagi firibgarliklar Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Oddiy magazinlarda turli xil maxsulotlar sotib olishdagi singari, internet-magazinlarda xam turli xildagi firibgarliklar va aldovlarga duch kelish mumkin. Bunda aldov xaridorga juda katta foyda keltiruvchi reklama taklifi sifatida boshlanadi. Bunda juda sarxil maxsulot, juda past narx, katta miqdordagi chegirma, qisqa vaqt davom etadigan maxsus taklif orqali ishonuvchan va laqma xaridorlar aldanishlari mumkin. Sotuvga qo’yilgan maxsulot soxta, originalning nusxasi, brak maxsulot bo’lishi mumkin (yoki umuman bo’lmasligi xam mumkin). Ba’zi vaqtlarda bunday firibgarliklar bilan internetdagi kim-oshdi savdolari yoki soxta magazinlar xam shugullanishlari mumkin. Bunday soxta takliflar forumlarda va internetdagi elektron e’lonlar doskalarida xam uchrashi mumkin. Qanday qilib bunday firibgarlarni aniqlash mumkin? Buning uchun tovar sotayotgan saytni yaxshilab o’rganish, tegishli xujjatlar, kontakt ma’lumotlar, bu sayt xaqidagi taqrizlar va unda taklif qilinayotgan narxlar bilan yaxshilab tanishish, juda arzon narxlarga ishonmaslik va ularni boshqa saytlardagi shunga o’xshash ma’lumotlar bilan solishtirish kerak. Agar internetdagi taklif juda xam foydali bo’lsa, demak bu yuz foiz firibgarlarning ishi deyish mumkin. Firibgarlar makriga uchmaslik uchun yaxshi tekshirilgan xamda obruli internet-magazin va auktsionlardan foydalanish tavsiya etiladi.