4-bosqich (90-yillar boshlaridan) – tashkilotlararo aloqalar va axborot tizimlarining
zamonaviy texnologiyasini yaratishdan iborat. Mazkur bosqich biznesdagi strategik afzalliklarni
tahlil qilish tushunchasi bilan bog’liq va telekommunikatsiya texnologiyalari yutuqlari hamda
axborotlarni qayta taqsimlashga asoslangan edi. Axborot tizimlari o’z oldiga ma’lumotlarni
qayta ishlash samaradorligini oshirishnigina emas, balki boshqaruvga ham yordam berishni
maqsad qilib qo’ygan edi. Tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari raqobatchilik
kurashiga dosh berishni tashkil qilishga va ustunlikka erishishga yordam berishi lozim. Bu
bosqichdagi muammolar juda ko’p. Ulardan asosiylari quyidagilar:
- Kompyuter tarmog’i uchun protokollar, standartlarni belgilash va kelishuvlarni ishlab chiqish;
- Strategik axborotlarga kirishni tashkil etish;
- Axborotlarni himoya qilish va uning havfsizligini tashkil qilish.
Dostları ilə paylaş: