6.4. Integrasiyalashuviga ko'ra axborot tizimining sinflari Axborot tizimi integrasiyasi quyidagi jadvalda keltirilgan. Mahsuldorlik Samaradorlik Ishga oid integrasiya Ichki
fokus
Ma’lumotlarni an’-
anaviy qayta ishlash
(hisob-kitob, to’lov
vedomostlari)
Eng asosiy operasion tizim-
lar (on-line, aniq vaqt, MIS)
Ichki integrasiya
(end- to end aloqasi)
Tashqi
fokus
Ma’lumotlarni elek-
tron usulda almash-
tirish (to’g’ridan-
to’g’ri kodlash)
Jarayonlarni rasionalizasiya-
lash. Axborotlarni bo’lish
Tashqi integrasiya
(taklif maqsadini
optimizasiyalash)
Joriy biznes shaklini qabul qiladi
Biznes shaklini
o’zgartiradi.
Kompyuter axborot tizimlarining korxonalar boshqaruv jarayonlariga joriy etilishi uning
barcha boshqaruv pog’onalarini axborot ta’minoti bilan yuqori darajada ta’minlanishiga olib
kelmoqda. Korxonalar boshqaruvida bo’layotgan o’zgarishlar avvalom bor zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga bo’lib, boshqaruv jarayonlari ham ularga
nisbatan parallel o’zgarmoqda. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, korxonalarning axborot
arxitekturasi undagi biznes-arxitekturaga to’liq mos kelishi kerak, aks holda ularni harid qilish
uchun qilingan harajatlar foyda keltirmaydi. Shuning uchun ham axborot tizimlarini
loyihalashtirish, ishlab chiqish va joriy qilish bo’yicha korxonaning axborotlashtirish strategiyasi
bo’lishi kerak. Ushbu strategiya korxonaning ixtisoslashishini, maqsadlari va yutuqlarga erishish
omillarini e’tiborga olib, ular axborot tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Nazorat savollari 1. Avtomalashtirilgan axborot tizimlarining hayotiy sikli deganda nimani tushunasiz?
2. Loyiha oldi bosqichi nima?
3. Texnik loyihalashtirish bosqichini izohlang?
4. Tadbiq etish bosqichi nima?
5. Ekspluatatsiya bosqichini izohlang?
6. Axborot tizimlari evolyutsiyasining bosqichlarini izohlang?
7. Axborot tizimlarini boshqaruvda qo’llash.
8. Axborot tizimlarini korxona darajasida qo’llash
9. Axborot tizimi integrasiyasini izohlab bering?