38
UMUMIY XULOSA.
Ingliz va o’zbek xalq maqollari xalq og’zaki ijodining paremiologiya sohasi
bo’yicha o’rganiladi va o’ziga xos bir qancha xususiyatlari bilan xalq o’g’zaki
ijodining boshqa janrlaridan farqlanib turadi. Ya’ni ularda fikr aniq, tugal xulosa,
lo’nda hukm tarzida ifodalanadi, muayyan hukmni mantiqiy izchillikda, keskin
qutbiylikda ifodalash yetakchilik qiladi va o’z va ko’chma ma’nolarda qo’llana
olish imkoniga ega. Bundan tashqari maqollarda ibratlilik, pand-nasihat kabi
jihatlar ustun turishi orqali o’zining umuminsoniy jihatlarini ko’rsatadi.
Asosan, o’zbek va ingliz tiliga maqollar qadimdan to’plovchilik orqali yetib
kelgan. Maqollar ustida qizg’in izlanishlar asosan 19-asrdan boshlangan bo’lib,
o’zbek folklorshunoligida Hodi Zarifov, Buyuk Karimov, G‘ozi Olim Yunusov,
G‘ulom Zafariy; keyinchalik Mansur Afzalov, Oxunjon Sobirov, Zubayda
Husainova, G‘ani Jahongirov, Rajab Jumaniyozov, To‘ra Mirzaev, Bahodir
Sarimsoqov, Malik Murodov, Ibrohim Haqqulov, Asqar Musaqulov, R. Zarifov
kabi olimlar asosan maqollarni yig’ib ularni to’plam holiga keltirish ishlarida o’z
hissalarini qo’shganlar. Keyinchalik maqollarning ichki strukturaviy tuzulishi va
boshqa tillar bilan qiyosiy o’rganish ya’ni maqollar bo’yich tarjimashunoslik
ishlari boshlangan. Bu o’rinda M. Abdurahimov, X. Abdurahmonov, M. Sodiqova,
G’.Salomov, H. Karomatov, K. Karomatova, H. Berdiyorov, R. Rasulovlarning
o’rni beqiyos. Ingliz maqollari ustida ko’plab izlanishlar olib borgan olimlar
sifatida Honek, Norik, Mayder, Teylor, Aroralarni ayta olamiz. Ular maqollarni
o’ziga xos eng muhim jihatlarini fanda isbotlab, asosan, ulardagi strukturaviy
tuzulish, qanday badiiy vositalarning ishlatilishi, ijtimoiy hayotdagi o’rni kabi
masalalarga e’tibor qaratganlar va ularni o’z asarlarida berib o’tganlar.
O’zbek va ingliz maqollarining folklorda o’rganilish tarixini qiyosiy
o’rganish orqali qaysi tilda ularning tadqiq qilish darajasi mukammal yoki sayoz
ekanligini ko’rib chiqdik. Bunga ko’ra maqollarni to’plam holatiga kelishi, badiiy
vositalarning ishlatilish o’rnini o’rganish va umuminsoniy jihatlarini ko’rsatish
kabi masalalar deyarli bir xil. Biroq maqollarning nazariyalariga bag’ishlangan
39
asarlarning ingliz tilida o’zbek tiliga nisbatan ko’pligi ingliz maqollarining nazariy
jihatlari o’zbek maqollariga nisbatan ko’proq o’rganilganligini ko’rsatadi. Ingliz
olimlari tomonidan ingliz va o’zbek maqollarining chog’ishtirma masalalari ko’rib
chiqilmagan. O’zbek tilida o’zbek olimlari tomonidan bu ishga ko’p marotaba qo’l
urilgan. Asosan o’zbek va ingliz maqollarini solishtirish uchun o’zbekcha
tarjimalarini berish, muqobil variantlarini keltirish va semantik xususiyatlarini
isbotlash ishlari qilingan. Shunga ko’ra, o’zbek va ingliz tillarida maqollarning
nazariy va amaliy jihatlari o’rganilgan. Maqollarning semantik xususiyatlariga
ko’proq to’xtalingan. Ammo o’zbek va ingliz maqollarining lingvokulturologik
jihatlari haqida uncha ko’p ishlar qilinmagan.
O’zbek va ingliz maqollarining lingvokulturologik jihatlarini tahlil qilish
jarayonida har ikkala xalqning tili va madaniyatining bir – biriga bo’gliq ekanligi
juda muhimdir. Shunga ko’ra, lingvokulturologik jihatdan tahlil qilingan ayrim
maqollar ba’zan ikki xalq tomonidan bir xil, ba’zan umuman boshqacha ifoda bilan
o’zining xususiyatlarini ochib beradi. Shu o’rinda ingliz va o’zbek maqollarida
xalqning o’tmishidan bugungi kunigacha bo’lgan barcha o’zbek va ingliz millatiga
xos urf-odatlar o’z aksini topgan va xalq o’g’zaki ijodining namunalari sifatida
maqollar bu vazifani bajarishda yetakchilik qiladi. O’zbek va ingliz xalqining
mentalitetiga xos jihatlarni o’rganishda o’zbek va ingliz maqollari bu ikki xalqning
o’ziga yarasha o’xshash va farqli tomonlarini ko’rasatib bera oladi.
O’zbek va ingliz xalq maqollarini mavzu jihatdan tahlil qilib, o’zbek tilida
mavjud bo’lgan maqollardagi mavzularning barchasi ingliz xalq maqollarida ham
uchrashi mumkin degan xulosaga keldik. Har ikkala tildagi maqollarning bir xil
mavzudagi bir-biriga o’xshash ekvivalentlarini topish mumkin. Natijada har
qanday mavzudagi maqolni olmang, u har ikkala tilda o’z muqobil variantiga
egadir. Xullas, ingliz va o’zbek maqollarining mavzu doirasi rang-barang va har
ikki tilda deyarli bir xil mavzular mavjud. Biroq ayrim mavzudagi maqollar bir
tilda ikkinchi tilga nisbatan ko’proq uchrashi mumkin. Buning sababi ko’p sonli
40
maqollarni qamrab oluvchi mavzular xalq hayotining asosiy bo’g’inini tashkil
qilishidadir.
Har ikki tildagi maqollarni qiyosiy tahlil qilish jarayonida xalqning
mentaliteti va milliy xarakteri asosiy yetakchi hisoblanadi. Shu o’rinda ingliz va
o’zbek xalqining o’ziga xos mentaliteti va urf-odatlaridan kelib chiqqan holda
tildagi maqollar ixcham va ifodali tarzda xalqlarning milliy o’zligini ko’rsata oladi.
Oila va qarindosh urug’chilik munosabatlariga jiddiy qaralishi o’zbek maqollarida
yaqqol tus olgan bo’lsa, uy hayvonlariga bo’lgan mehrning kuchliligi ingliz xalq
maqollarida ko’proq gavdalanadi. Bundan tashqari, xalqlarning milliy taomlari,
milliy kiyimlari ham xalq maqollarida uchraydi. Ana shu xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda, bu ikki xalqning o’zaro o’xshash va farqlil jihatlarini o’rgana
olamiz.
Bir so’z bilan aytganda, ingliz va o’zbek xalq maqollari bu xalqlarningning
madaniy merosidir. Ularda ingliz va o’zbek xalqning barcha o’y – fikrlari,
dunyoqarashi, turmush tarzi, fe’l – atvori va e’tiqodi aks etadi. Har bir millat
o’ziga xos tavsiflarga ega ekan, bu ularning maqollariga ham ta’sir etmay
qolmaydi. Hatto ayrim ingliz va o’zbek maqollardagi mavzular o’xshash bo’lsada,
ulardagi obrazlar takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Aynan ana shu tasvirlar
maqollardagi milliy bo’yoqdorlikni ta’minlaydi.
Ingliz va o’zbek maqollarining semantik xususiyatlarini o’rganish
jarayonida, ayrim mavzudagi maqollarning o’zaro o’xshash va farqli jihatlarini
ko’rib chiqdik va quyidagicha xulosalarga keldik. Ya’ni:
• Ingliz maqollarini o’zbek tiliga yoki o’zbek maqollarini ingliz tiliga tarjima
qilish va maqollarning muqobil variantlarini keltirish jarayonida aynan ma’no
mazmunini saqlab qolish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham maqollar
bilan ishlash avvalo ularning semantik xususiyatlarini, har bir maqolning asl
ma’no-mazmunini chuqur o’rganib chiqishni talab qiladi. Aks holda xato tahlil
qilingan maqol boshqa tilda o’zining asl ma’nosi butunlay yetkaza olmasligi
mumkin;
41
• Ingliz va o’zbek tilidagi mehnatsevarlik mavzusidagi maqollarning katta
ko’pchligi semantik jihatdan bir-birini ta’minlaydi. Har ikki tildagi mehnatsevarlik
mavzusidagi maqollarda insonni mehnatkash bo’lishga undash, dangasalik va
ishyoqmaslik insonning eng jirkanch illati sifatida qaraladi;
• O’zbek va ingliz tillaridagi ko’pchilik yaxshilik va yomonlik mavzusiga
oid maqollar ham deyarli bir xil ma’no- mazmunga maqollarining barchasida
yaxshilik eng buyuk ezgu ish sifatida baholangan bo’lsa, yomonlik insoniyatning
eng razil va jirkanch tomoni ekanligi ko’rsatiladi;
• Ingliz va o’zbek xalq maqollarining ko’pchilik qismida hayvon obrazlari
ifodalangan bo’lib, ularning asosiy funksiyasi inson xarakterini ifodalashdir va
hayvon obrazlari qatnashgan maqollar insonlarning asosan ijobiy va salbiy
xarakterlarini tavsiflaydi;
• Hayvon obrazlari keltirilgan ingliz tilidagi maqollarning o’zbekcha
muqobil variantlarida aynan bir xil hayvonning nomi ishlatilmasligi yoki umuman
hayvon nomi qatnashmasligi maqolning har ikki tildagi umumiy ma’nosiga ta’sir
ko’rsatmaydi. Xullas, keltirib o’tgan mavzulardagi maqollarning har ikkala tilda
unchalik katta farqlari topilmadi. Biroq asosiy manba sifatida foydalanayotgan
kitobimiz K.M.Karamatova va H.S.Karamatovlarning “Proverbs. Maqollar.
Пословицы” da ayrim maqollarning variantlari bir-biriga aynan to’g’ri kelmaydi.
Shuning uchun ham, maqollarning semantik lingvokulturologik jihatlarini chuqur
o’rganish va ularni semantik tahlil qilish orqali ingliz va o’zbek tillaridagi
ekvivalentlarni to’g’ri tanlay olamiz.
Dostları ilə paylaş: |