Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakulteti


IIBob KOREYS TILIDA ORTTIRMA NISBATNDA ISTAK MAYLI IFODALANISHI



Yüklə 64,5 Kb.
səhifə3/13
tarix25.04.2023
ölçüsü64,5 Kb.
#102117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ISTAK MAYLI

IIBob KOREYS TILIDA ORTTIRMA NISBATNDA ISTAK MAYLI IFODALANISHI
사동사 o’zbek tilidagi orttirma nisbat bilan o’xshash bo’lib, so’zma-so’z ma’nosi { 시키다} buyurmoq ma’nosiga to’g’ri keladi. Bu nisbat qo’shimchalari majhul nisbat qo’shimchalari bilan bir xildir. Ikki holatda ham fe’l qaysi nisbat qo’shimchalarini olishi aniq qoida bilan belgilanmagan. Shuning uchun nisbat qo’shimchasini olgan fe’llarni yodlab olish zarur.

2.1 Orttirma nisbatda istak mayli yasalish usullari
1. (1) 가: 아이가 우유를 먹었다. (Bola sutni ichdi.)
(2) 나: 어머니가 아이에게 우유를 먹였다. (Ona bolasiga sutni ichirdi.)
Bu ikki misolda “우유를 먹는” (sutni ichgan) harakatni bajargan shaxs faqat boladir. Ammo bu gaplarda harakat va eganing munosabatini ko’rsak bu ikki gapda farq bor. (1)가- da ega “ 아이” (bola) bevosita “우유를 먹는 ” (sutni ichgan) harakatini bajargan shaxs ammo, (1)나-da esa ega “엄마” (ona) bevosita “우유를 먹는” (sutni ichgan) harakatini bajargan shaxs emas, balki “엄마” (ona) ya’ni ega bolaga sutni ichdirgan shaxsdir. Agar (가) dagidek ega ish-harakatni bevosita o’zi bajarsa bosh nisbat bo’lib, (나) dagidek ega ish-harakatni boshqa shaxsga qoldirsa unda orttirma nisbat ishlatiladi. Bu misollar orqali biz bosh nisbatga “히” qo’shimchasi qo’shilib orttirma nisbat yasalishini ko’rdik. Orttirma nisbat fe’llariga faqat bu kabi qo’shimcha qo’shilib yasalmaydi. Masalan:
(2) 가:아이가 밥을 먹는다. (Bola ovqatni yedi.)
나:어머니게서 아이에게 밥을 먹이신다. (Ona bolasiga ovqatni yedirdi.)
다: 어머니게서 아이에게 밥을 먹게 하신다. (Ona bolasiga ovqatni yedirdi.)
(3) 가:아이가 옷을 입는다. (Bola kiyimni kiydi.)
나: 어머니게서 아이에게 옷을 입히셨다. (Ona bolasiga kiyimni kiydirdi.)
다: 어머니게서 아이에게 옷을 입게 하셨다. (Ona bolasiga kiyimni kiydirdi.)
Bu misollarda (2가), (3가) dagi ‘먹다’(yemoq) ‘입다’ (kiymoq) fe’llari bosh nisbat bo’lib, (2나), (3나) dagi ‘먹이다’(yedirmoq) ‘입히다’ (kiydirmoq) fellari orttirma nisbatdir.
Ammo (2다),(3다) dagidek qo’shimcha “-게” va yordamchi fe’l “하다” bilan ishlatiladagan “-게 하다” dan foydalanib ham orttirma nisbat yasaladi.

Yüklə 64,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin