Xonliklarning iqtisodiy va madaniy hayoti
• Mulki sultoniy – davlatga qarashli yerlar;
• Mulki xolis – xususiy yer mulklari (Xon va uning yaqinlari, harbiy-ma’muriy amaldorlar, yirik din peshvolariga iqto’, suyurg’ol va tanxo kabi shakllarda berilgan yerlar);
• Vaqf – diniy mahkamalar, xonaqohlar, madrasa va masjidlarga qarashli yerlar;
• Qishloq jamoalari va dehqonlari egalik qiladigan yerlar.
Yerda mehnat qiladiganlarning ko’pchilik qismi o’z yer maydoniga ega bo’lmay, ijaraga olingan yerda ishlovchi kambag’al qishloq aholisi edi.
Dehqonchilik. Bug’doy, arpa, sholi, jo’xori, makkajo’xori, mosh, no’xat, loviya, kunjut, suli, beda ekinlari yetishtirilgan. Shuningdek, qovun, torvuz, qovoq, bodring, piyoz, qalampir, sarimsoq ekilib hosil qilingan. Paxta, ipak maxsulotlari, bog’dorchilik ham rivojlanib, olma, gilos, o’rik, uzum, shaftoli, anjir, olxo’ri kabi mevalar yetishtirilgan.
Chorvachilik. Yaylovlarda qo’y, echki, yirik shoxli mollar (sigir, ho’kiz), ot va tuyalar boqilib, go’sht-sut, jun, teri va boshqa mahsulotlar olingan. Hunarmandchilik. Xonliklarning yirik shaharlari hunarmandchilik markazlari bo’lib, ularda 60 dan ortiq turdagi hunarmandchilik buyumlari tayyorlangan. Paxta, ipak, jun, teri kabi mahalliy xom ashyolardan ip yigirish, gazlamalar to’qish, tayyor kiyimlar tikish, kigiz va gilamlar tayyorlash, ko’nchilik rivojlangan. Metall va yog’ochga ishlov berish, miskarlik, temirchilik, ganch o’ymakorligi, duradgorlik, kulolchilik, qandolatchilik, oshpazlik, novvoylik va boshqa hunarmandchilik tarmoqlari ancha kengaydi.
Savdo-sotiq. Xonliklarda savdo-sotiq iqtisodiyotning muhim tarmog’i edi. Shaharlarda, yirik qishloqlardagi bozorlarda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlari sotilgan yoki ayirbosh qilingan. Yirik mablag’larga ega bo’lgan badavlat kishilar, kichikroq do’konlar soni kengaygan. Tashqi savdo ham o’sib borgan, chet mamlakatlar bilan savdo karvonlariga ega bo’lgan xon, saroy amaldorlari va viloyat hokimlarining ishonchli vakillari, badavlat kishilar savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanganlar. Turkiya, Eron, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan savdo-sotiq yo’lga qo’yilgan. Rossiyadan mis, cho’yan, temir, qo’rg’oshin kabi metallar keltirilgan.
Soliq. Xonliklarda raiyat (dehqon, chorvador, hunarmand, savdogar)ga turli-tuman soliqlar solingan, turli majburiyatlarni – kanal va ariqlar qazish, ularni tozalash, mudofaa inshootlarini qurish va boshqa ishlarga majbur etilgan.
Soliq turlari
Xiroj (yerdan olingan hosilning beshdan bir qismi)
Zakot (chorvador va savdogarlar uchun molning qirqdan bir miqdorida)
Tamg’a (hunarmandlar va do’konlar maxsus soliq to’lagan)
Taxti joy - tagjoy (o’z mahsulotlarini ijaraga olingan do’konda sotuvchilar uchun)
Juzya (boshqa dinga mansub savdogarlar o’z mahsulotining beshdan bir qismini to’lagan)
Ixrojot (saroy harajatlarini ta’minlash uchun yig’iladigan soliq)
Qo’nalg’a (elchilar, amaldorlar, choparlarni tekinga mehmon qilish)
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, xonliklarda 60 dan 90 gacha turdagi soliqlar undirilgan.
Dostları ilə paylaş: |