Samarqand davlat chet tillar instituti


Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə54/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   139
Majmua 2023 yangi

Bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li.
Davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgach, O'zbekiston umumbashariy, jahon svilizatsiyasining katta yo'liga tushib oldi. O'zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirishni, milliy an'analarga asoslangan o'z yo'lini tanlab oldi. O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li ishlab chiqildi. Bu yo'lning asosiy qoidalari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O'zbekiston - Bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli asarida, ma'ruza va nutqlarida asoslab berildi (besh tamoyil). Bu yo'lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo'jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo'lib qolgan muammolar hisobga olindi.
Ijtimoiy yo'naltirilgan Bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
• kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;
• ko'p ukladli iqtisodiyotni yaratish;.
• xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash;
• korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;
• iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;
• jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilib borish;
• kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish.
Islohotlaring huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat. Shuning uchun islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga alohida e'tibor berildi.
Iqtisodiy sohaga tegishli bo'lgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarni mazmun-mohiyati jihatidan bir qator yo'nalishlarga bo'lish mumkin.
1. Mulkchilik munosabatlari va ko'p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo'nalish doirasida mulkchilik to'g'risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida, ijara to'g'risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to'g'risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Xo'jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya'ni xususiylashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo'jaligi, dehqon xo'jaligi, shirkat xo'jaligi to'g'risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sug'urta, birjalar va birja faoliyati to'g'risida, qimmatli qog'o’zlar va fond birjasi to'g'risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o'rtasidagi, korxonalar o'rtasidagi munosabatlarni yo'lga qo'yuvchi, soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo'lishi haqida qonunlar qabul qilindi, xo'jalik protsessual kodeksi ishlab chiqildi, xo'jalik sudi tuzildi.
3. O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risi”da,”Chet el investitsiyalari to'g'risi”da,” O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risida” qabul qilingan qonunlar mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.Xususiylashtirish. 1991—yil 18-noyabrda qabul qilingan “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida”gi qonunga muvofiq, davlat mol-mulkni xususiylashtirish masalalari bo'yicha 20 dan ortiq maxsus dasturlar ishlab chiqildi va ularni amalga oshirishga davlat boshchilik qildi. Xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonalarini, qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xo'jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu jarayon «kichik xususiylashtirish» deb nom oldi. Kichik xususiylashtirish 1994— yildayoq tugallandi. Davlat ixtiyorida bo'lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog'i fuqarolarning xususiy mulki bo'lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002—yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi.
Davlatga qarashli mulkni, korxonalarni xususiylashtirishga davlatning o'zi tashabbuskor bo’ldi va boshchilik qildi. Davlat mulkini xususiylashtirish boshlangandan keyin to 1994— yil oxirigacha 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi.
1994-yil 21-yanvarda e'lon qilingan «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda e'lon qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yo'nalishlari to'g'risida»gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayoniga yangi turtki bo’ldi.. O‘rta va yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyat-lariga, ijara korxonalariga aylantira boshlandi, bu jarayonga aholi va chet ellik investorlar kengroq jalb qilindi. Davlat mulkini sotish bo'yicha kim oshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2000-2005— yillarda jami 4660 ta davlat korxonasi va ob‘yekti xususiy mulkdorlarga sotildi. 2004-yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritdi, 1,2 mln.dan ortiq fuqaro aksiyalarga ega bo’ldi. va ulardan daromad oldi.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin