Samarqand davlat chet tillar instituti


Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniy hayot



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə17/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   139
Majmua 2023 yangi

4. Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniy hayot. Amir Temur vatemuriylar davrida (XIV asr ikkinchi yarmi-XV asr) Movarounnahr va Xuroson-O’rta Osiyo madaniy hayotida juda katta yuksalish ro’y berdi. Bu davr o’z mohiyati bilan Sharq renessansining, uyg’onish davrining o’ziga xos bosqichi bo’ldi. Bu davrda madaniy hayotning kuchayish darajasi IX-XII asrlar orasidaga ilk musulmon renessansidan qolishmaydi.
Moddiy madaniyat. Amir Temur va temuriylar mamlakat mustaqilligi, el-yurt osoyishtaligi, uni obod etishda bunyodkorlik ishlariga katta ahamiyat berdilar. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham me’morlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat bo’lgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur usta-hunarmandlari mamlakatda hashamdor imoratu inshootlar bino qilganlar. Bu davrda Chingizxon hujumi va mo’g’ullarning beto’xtov bosqinlari oqibatida vayronaga aylangan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Banokat (Shohruxiya) kabi qadimgi shaharlar, qal’a va istehkomlar qayta tiklandi, ya’ni shaharlar va qishloqlar qad ko’tardi. Sohibqironning buyrug’iga asosan 1365 yilda Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda Kesh shaharlari atrofida mudofaa devorlari barpo etiladi.
Keshda otasining qabri ustiga maqbara, o’g’li Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida bo’lib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad ko’tardi. Amir Temur Keshni Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar «Qubbat ul-ilm val adab», ya’ni «Ilm va ta’lim gumbazi» degan sifat bilan shuhrat topgan. Amir Temur va Temuriylar davrida Shahrisabzda ulkan saltanatning yirik shahriga, barlos beklarining yozga qarorgohiga aylantirilgan. Shahar atrofi qal’a devori bilan o’rab olingan.
Shahrisabzda Amir Temur tomonidan «Dor us-Siyodat» («Sayyidlar uyi») maqbarasi va Oqsaroyqurilgan.
Samarqand saltanat poytaxtiga aylantirilgach, unda Isfahon, Sheroz, Xalab, Xorazm, Buxoro, Nasaf va Keshning me’moru binokorlari qo’li bilan saroylar masjidlar, maqbara va xonaqohlar qurildi. 1403-1404 yillarda Samarqandda bo’lgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo (?-1412.2.4) Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan hayratda qolgan.
Jumladan, mo’g’ullar bosqinida butunlay vayron etilgan va aksari aholisi qirib tashlangan va qisman qul qilingan Samarqand shahri Amir Temur hukmronligi davrida o’zining qadimgi o’rni Afrosiyobdan birmuncha janubroqda butunlay yangidan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qal’a devori bilan o’ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza o’rnatildi. Shahar arkida Amir Temurning qarorgohi Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar bino kilindi. Ko’ksaroy 4 qavatli bo’lib, gumbazlari va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun u Shunday atalgan. Ko’ksaroyda xonlarni podsholik taxtiga chiqarish marosimi vaqtida ularni oq kigiz ustiga olib o’tqazadigan toshdan taxtkursi-Ko’ktosh qo’yilgan edi. Bulardan tashqari arkda davlat devonxonasi, qurol-yarog’lar ustaxonasi va aslahaxona, tangalar chekiladigan zarbxona kabi imoratlar joylashgan.
Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Afrosiyob tepaligi janubida joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl.
Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi bo’lib, xalq orasida Shohizinda («Tirik shoh») nomi bilann mashhur. Ansambl bir-biri bilan yo’lak orqali bog’langan 3 guruh binolardan iborat.
XIII asrda mo’g’ullar istilosi davrida Afrosiyob vayron bo’lgach, xalq bu yerni tark qilgan. Amir Temur va Ulug’bek davrida bu yerda qurilish ishlariga ahamiyat berilgan. Arxeologik qazishlardan aniqlanishicha, Afrosiyobning qadimiy qal’a devori yon bag’rida qilingan zina XVIII asrda vayron bo’lgan, keyinchalik 40 pog’onali g’ishtin yangi zina va Chortoq qurilgan, bular hozirgacha saqlangan. Shohizinda ansamblidagi inshootlarning ko’pchiligi XIV asrga taalluqli. Ansamblning bosh darvozasi janubda ko’chaga qaratib qurilgan. Darvozaxonani Ulug’bek hijriy 838 (milodiy 1434-1435) yidda o’g’li Abdulazizga atab qurdirgan. Unda qo’yidagi so’zlar bitilgan: «Abdulaziz Baxodir ibn Ulug’bek ibn Shohrux ibn Temur».

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin