Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə25/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   139
Majmua 2023 yangi

Buxoro xonligi XVI asr boshlarida zaiflashib borayotgan temuriylar saltanatiga Dashti Qipchoq tomondan ko’chmanchi o’zbeklar davlati hukmdori Muhammad Shohbaxt Shayboniy hujumi boshlandi. Shayboniyxon 1500-1501 yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yilda Hisor viloyatini, 1504-1505 yillarda Urganchni, 1506-1507 yillarda Xuroson poytaxti Hirot hamda Balxni, shuningdek, Marv, Astrobod va Nishopur shaharlarini zabt etdi. Toshkent, Farg’ona, Sirdaryo va Xorazm yerlari Afg’onistonning Qandahor, Zamindovur viloyatlari egallandi va Muhammad Shayboniyxonga qaram bo’lib qoldi. Shayboniyxonning Xurosondaligidan foydalangan qozoq sultonlari Movarounnahrga bir necha marta bostirib kirib, uni talon-taroj qiladilar. 1506-1509 yillarda Shayboniyxon Xurosondan qaytib kelib, qozoq sultonlariga zarba beradi va Dashti Qipchoq ichkarisiga quvib boradi. Bu yurishlar natijasida Sig’noq, Yassi, Sabron shaharlari qayta qo’lga kiritiladi. Shunday qilib, Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi va Shayboniylar sulolasi hukmronligi qaror topdi. Muhammad Shayboniyxon «Imom uz-zamon, xalifat ur- rahmon» unvonini olib o’z qo’lida dunyoviy va diniy hokimiyatni birlashtirdi.
Shayboniyxon janubda Eronning ichki viloyatlariga yurish qiladi. Mashhad va Tus shaharlarini egallab orqaga qaytadi. Eron shohi Ismoil Safoviy katta qo’shin bilan yetib keladi. Shayboniyxon Movarounnahrdan yordamchi qo’shinlar kelishini kutmasdan jangga kirishga majbur bo’ladi. 1510 yilda Marv yaqinida bo’lgan jangda Shayboniyxon qo’shinlari yengiladi, xonning o’zi ham halok bo’ladi. Taxtga Shayboniyxonning amakisi, Mirzo Ulug’bekning qizi Robiya Sulton begimning o’g’li Ko’chkunchixon (1510-1530) chiqdi. Biroq shayboniy sultonlar, beklar jipslashib Ismoilshohga qarshi kurashish o’rniga Shayboniyxon tirikligidayoq suyurg’al sifatida taqsimlab berilgan viloyatlar va yerlarga egalik qilish bilan o’ralashib qoldilar, ular o’rtasida o’zaro kelishmovchilik, ziddiyatlar avj oldi. Bundan foydalangan Ismoilshoh tez orada Xuroson va Xorazm o’lkalarini, Shimoliy Afg’onistonni bosib oldi. Poytaxti Samarqand bo’lgan Movarounnahrda esa shayboniylar xukmronligi saqlanib qoldi. Movarounnahrda 100 yilgacha davom etgan Shayboniylar davrida ham tinchlik bo’lmadi, qirg’inborot urushlar, o’zaro ichki kurashlar davom etdi. 1512 yildan boshlab Buxoro viloyati noibi bo’lib kelgan Ubaydullo sulton 1533 yilda Shayboniylar davlatining Oliy hukmdori etib ko’tarildi.Ubaydulla sulton Samarkanddagi Ko’chkunchixon avlodlari karshiligi sababli oliy hokimiyatni Buxoroda turib boshqaradi va Buxoroni davlat poytaxti deb e’lon qiladi. Shayboniy Ubaydullaxon (1533-1539) davrida Buxoroning mavqyei ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan kuchaydi. Ammo tarqoqlik davom etardi, Movarounnahr XVI asr o’rtalarida ham mustaqil hokimliklardan iborat edi. Buxoroda Abdulazizxon, Samarqandda Abdulatifxon hukmdor edilar.
Tarqoqlikka barham berish, mamlakatni birlashtirish dolzarb bo’lib turgan bir paytda Abdulla sulton maydonga chiqdi, uni katta mavqyega ega bo’lgan juybar shayxlari qo’llab-quvvatladi. Abdullaxon II Buxoro taxtini egallaydi. Abdullaxon II (1557-1561 yillarda amakisi Pirmuhammad, 1561-1583 yillarda otasi Iskandarxon oliy xukmdor deb e’lon kilingan bo’lsada, amalda xukmdor Abdullaxon II edi). 1557 yilda Buxoroni davlat poytaxti, mamlakatning siyosiy-ma’muriy markaziga aylantiradi. Shu boisdan davlatning o’zi ham Buxoro xonligi deb ataladigan bo’ldi. Abdullaxon II siyosiy tarqoqlikka qarshi uzoq yillar urush olib borib, 1573 yilda Farg’onani, 1574 yilda Shahrisabz, Qarshi, Hisor viloyatlarini, 1578 yilda Samarqandni, 1582 yilda Toshkent, Shohruhiya, Ohangaron va Sayramni, 1583 yilda Balxni, 1584 yilda Badaxshonni, 1588 yilda Hirotni, 1595 yilda Xorazmni zabt etib, mamlakatni birlashtirish ishini uddaladi, Buxoro xonligini kuchli va markazlashgan davlatga aylantirdi. Biroq ichki nizo, adovatni bartaraf etolmadi. G’animlar Abdullaxonga karshi uning o’g’li Abdulmuminni qayraydi, Abdullaxon II bilan uning o’g’li Abdulmo’min o’rtasida taxt masalasida kelishmovchilikdan foydalangan qozoq xonlaridan Tavakkalxon Toshkent viloyati yerlariga bostirib kiradi. Unga qarshi safarga otlangan Abdullaxon II Samarqandga yetganda vafot etadi. Abdullaxon II o’rniga taxtga ko’tarilgan Abdulmo’min 6 oycha hukmdor bo’ldi, u otasining amirlaridan biri - Abdulvose’ tomonidan otib o’ldirildi. Taxtga chiqqan so’nggi Shayboniy Pirmuhammad ham 1601 yilda Samarqandda Boqi Muhammad bilan bo’lgan jangda halok bo’ldi. Shayboniylar sulolasi barham topdi.
1601 yildan e’tiboran Buxoro xonligida hokimiyat ashtarxoniylar (Joniylar) sulolasi qo’liga o’tadi. 150 yilcha (1601-1753) hukmronlik qilgan Ashtarxoniylar sulolasi davrida Buxoro xonligida tinchlik, osoyishtalik bo’lmadi. Xonlik viloyatlarida hukmronlik qiluvchi amirlar va beklarning o’zboshimchaligi, markaziy hokimiyat amaldorlari o’rtasidagi o’zaro kelishmovchilik, ur-yiqit mamlakat tinkasini quritib borardi. Buni Ashtarxoniylar sulolasidan Buxoro taxtiga ko’tarilgan o’nta xondan ikkitasining taxtdan ag’darilgani, to’rttasining taxt ustida o’ldirilgani ham yaqqol ko’rsatadi.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin