Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə27/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   139
Majmua 2023 yangi

Xiva xonligi Xorazm XV asr oxiri - XVI asr boshida temuriy Sulton Husayn Boyqaro boshliq davlatning bir qismi edi. 1505 yilda Muhammad Shayboniyxon qo’shinlari Xorazmni egalladi va qo’ng’irot urug’idan Kepakbiy Xorazmga hokim etib tayinlanadi. Eron shohi Ismoil bilan jangda Muhammad Shayboniyxon halok bo’lgandan keyin Xorazm Ismoilshoh tomonidan zabt etiladi. Ismoilshoh Xorazmni o’z davlati tasarrufiga kiritgach, Vazir, Urganch va Xiva shaharlarini boshqarish uchun 3 ta dorug’a (hokim) tayinladi.
Xorazmda Ismoilshoh hukmronligi uzoqqa bormadi. Xorazmda Ismoilshoh hukmronligiga qarshi harakat boshlandi. Bu harakatga Vazir shahri qozisi Umar qori va Sayid Hisamiddin yetakchilik qildi. Ular Shaybon avlodidan bo’lgan Berka sultonning o’g’li Elbarsxonga murojaat qilib, xon bo’lishni taklif qildilar. Elbarsxon 1511 yilda qo’shin bilan kelib Vazir, Urganch, Xiva, Xazoraspni Ismoilshoh qo’shinlaridan tozaladi, Xorazmda Elbarsxon hokimiyati o’rnatildi. Shunday qilib, 1511 yilda mustaqil Xiva xonligi tashkil topdi, Elbarsxon uning birinchi xoni bo’ldi. Xivada shayboniylar sulolasi xukmronligi 1770 yilgacha davom etdi. Xiva xonligi poytaxti Urganch edi. XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida Amudaryo o’zanining o’zgarishi munosabati bilan Urganchning mavqyei pasaydi, aholisi qulayroq joyga ko’chib borib joylashadi va bu yerda Yangi Urganch shahri paydo bo’ladi. Bu orada Xiva shahrining mavqyei ko’tariladi. 1556 yilda Avaneshxon Xivani davlat poytaxti deb e’lon qiladi, biroq u o’z hukmronligini faqat Xivadagina o’tkaza olar edi. Arab Muhammadxon (1602-1623) davrida Xivaning mavqyei kuchayib, xonlikning rasmiy poytaxtiga aylandi. Xiva xonligi tasarrufiga Amudaryo quyi oqimidagi vohalar, Mang’ishloq, Dahiston (Mashhad) va O’zboy atrofidagi ko’chmanchi turkman hududlari kirardi. Biroq, xonlikda tinchlik bo’lmadi. Uzoq yillar davomida xonlik tepasida turgan o’zbek qabilalari bilan turkman qabilalari o’rtasida, shuningdek, shahzodalar o’rtasida tinimsiz urushlar bo’lib turdi. Xiva va Buxoro hukmdorlari o’rtasida Murg’ob daryosi bo’ylari uchun, Marv uchun qirg’inborot urushlar bo’lib turar, bu hududlar qo’ldan-qo’lga o’tardi Xonlikka shimoldan qalmoqlar, qozoqlar, Ural kazaklari tez-tez xujum qilib falokatlar keltirardi.
XVIII asr o’rtalarida Eron shohi Nodirshoh, uning o’g’li Nasrullo Xiva xonligini bosib olib, o’z boshqaruvini o’rnatdi, turkman qabilalarini Xorazmdan Xurosonga ko’chirdi. Biroq Xiva xonligida tinchlik bo’lmadi. Eron hukmdorlariga qarshi tez-tez g’alayonlar bo’lar, aholi boshi oqqan tomonga ketardi. Shunday vaziyatda xonlikdagi o’zbek qabilalaridan Qo’ng’irot urug’ining boshlig’i Muhammad Amin inoq 1770 yilda hokimiyatni qo’lga oldi va Xiva xonligida yangi sulola - Qo’ng’irot sulolasiga asos soldi (bu sulola 1920 yilgacha hukm surdi). Muhammad Amin Inoq turkmanlar qo’zg’olonini bostirdi, Buxoro hukmdorining hujumini daf etdi va Xiva xonligidagi viloyat hokimlarini markaziy
hokimiyatga bo’ysundirdi.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin